2-b sinf rahbari Davatova Oysifatning 2022-2023
Download 18.01 Kb.
|
YUNUSOV RUSTAM HISOBOTI 2023-yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bilimlar kuni”
- “Til dil kaliti” d eb nomlangan tadbir o’tkazdik. Tadbirda o’quvchilar vatanni, ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar va she’rlar aytishdi. 2-B sinf o’quvchilari
Qashqadaryo viloyati Nishon tuman XTB ga qarashli 33-umumiy o’rta ta’lim maktabi 2-B sinf rahbari Davatova Oysifatning 2022-2023 o’quv yili yakuni bo’yicha bajargan ishlar HISOBOTI 2022-2023 o’quv yilida 2-B sinf rahbarligi bilan boshladim. 2-B sinfda 33 nafar o’quvchilardan iborat. O’quv yili boshlanishdan oldin belgilangan reja asosida DTS ga mos keladigan ish rejani direktorga tasdiqlatib ish boshladim. 2022-yil 2-sentyabrda o’quvchilarim bilan “Bilimlar kuni” tadbiriga ishtirok etdim. O’quvchilar o’quv darsliklari bilan to’liq ta’minlandi. 1 -oktabr Ustozlar va murabbiylar kuniga bag’ishlab “Ustozlarga hurmat-ehtirom” deb nomlangan bayram tadbirini o’tkazdim. Ushbu tadbir orqali o’quvchilar qalbida ustozlarga yanada mehr-muhabbat uyg’ondi. 21-oktyabr o’zbek tilining 34 yilligiga bag’ishlab “Til dil kaliti” d eb nomlangan tadbir o’tkazdik. Tadbirda o’quvchilar vatanni, ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar va she’rlar aytishdi. 2-B sinf o’quvchilari tomonidan 9-fevral “Navoiy bobomizning 582-yilligi”ga bag’shlangan tadbir o’tkazildi. Tadbirda sahna ko’rinishlari tashkil qilindi va shulardan lavhalar Assalom-u alaykum, ustoz! Vaalaykum assalom, Vo ajab, nesababdan bu yosh mullabachchalar bizning mashvaratimizni ixtiyor qilubdur. Ustoz, biz tavoze’ ahlimiz. Tavoze’, qanday go’zal lutf,bu so’zning ma’nisini chuqur anglaysizmi? Mullabachchalar birin-ketin: Xokisorlik Kamtarlik Hurmat Izzat Ehtirom Itoatgo’ylik Bo’ysunish, insonga xos mana shu yeti fazilatni o’zida mujassamlashtirgan bu birgina sifat tavoze’dir. Barcha mullabachchalar birgalikda: “Ham tavoze’li bo’lib, ham boadab, Yaxshilarning suhbatin qildik talab”. Ustoz:Barakallo, bugungi suhbatimiz esa rostgo’ylik va tog’rilik haqidadir. Dunyo shu tog’rilik tufayli barqaror, uning qorong’u go’shalari, yig’inlari shu sham nuri bilan beangandir va egrilik inkoridankim,agar egri kishi kumushbadan go’zallar yuzidan zulfdek joy olsa ham boshi kesilgulik. Kishining o’zi to’g’ri bo’lsa, dunyoning teskari aylanishidan uning ne ishi bor. 1-shogird: To’g’ri aytasiz ustoz, mana qarang, nay to’g’ri bo’lgani uchun so’fiylar uni yaxshi ko’radi, egri bo’lganida tanbeh olar, qulog’I buralar edi. 2-shogird: Nayza to’g’riligi tufayli doim balandda turadi, arqon egriligi uchun doim bog’langan. 3-shogird: Sozlangan torning qili to’g’ri bo’ladi, egri bo’ldimi sozlanmagani (qo’lidagi tordan kuy chaladi.) Navoiyxonlik tadbiri qiziqarli tashkil qilindi. O’quvchilar tadbirga faol qatnashdilar. Tadbir davomida o’quvchilar o’zlari yodlagan sh’erlarini , kuy-qo’shiqlarini tamoshabinlarga namoyish qildilar. Kuzatuvchilarga yaxshi t a’surot qoldirdi. Shu tariqa tadbir o’z nihoyasiga yetdi . Bayram ta`dbiri ko`tarinki ruhda o`tdi. Download 18.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling