"MA'rifat" gazetasida e'lon qilingan dtm savollari ona tili va adabiyot “yog`DU” ona tilidan tayyorlov


Qaysi gapdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so'zlar o‘zaro shakldosh so'zlar hisoblanmaydi? A) Maktabda "O'tkir


Download 51.5 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1485622
1   2
Bog'liq
DTM 2020. MA`RIFAT

18. Qaysi gapdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so'zlar o‘zaro shakldosh so'zlar hisoblanmaydi?

A) Maktabda "O'tkir zehnlilar" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Uning o'tkir boltasi bo'lsa-yu, shu qarigan daraxtni chopib tashlasa.


B) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
C) Raqib darvozasiga ketma-ket to‘p kiritildi. Ayol stoldagi bir to‘p xatni olib, ko‘z yugurtirdi.
D) Bir yil ichida yigitning bo'yi ancha o'sdi. Bog‘dagi gullarning muattar bo'yi " kishiga huzur bag'shlaydi.


19. Qaysi gapda uchta yasama fe'l qatnashgan?

A) Dunyoda pok odamlar ko‘paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi.


B) Usta temirni cho‘g'ga solib bolg'alaydi, cho‘zadi, yassilaydi.
C) Qiz cholga yaqinlashib salom berdi, u loqaydgina alik oldi.
D) Izg'irindan ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g'ichirlaydi.


20. U Farhodning Otabegi, ya'ni tarbiyachi-ustozi edi. U qasr qurilishiga ma'mur etib tayinlanadi.Ushbu ma'lumot "Farhod va Shirin" dostonidagi qaysi qahramon haqida?

A) Bahrom


B)Suqrot
C)Buzurg Ummid
D) Mulkoro


21.Tugangan fahm etib umri baqosin,
Sovug' oh urdi yod aylab asosin.
Anosi ham ko'zi oldiga keldi,
Ko'zidin ikki qonlig' rud ochildi.
Ushbu misralarda Navoiy "Xamsa"sidagi umri tugab boryotganini fahm etib,ota-onasini yod etgan qaysi qahramon holati ifoda etilgan?

A)Farhod
B)Suhayl


C)Shirin
D)Mehr


22.Qaysi she'rda Zavqiyning " Ajab ermas" she'ri haqida ma'lumot berilgan?

A) Ushbu she'rning birinchi bandida shoir o'zini bo'stondan adashgan sho'ridabulbulga o'xshatadi. Maqta'da ham o'z taxallusiga izoh berib o'tadi.


B)Ushbu she'rda dunyo omonat binoga, bo'yi, vafosi yo'q gulshanga, jafokor tuban ayyorga o'xshatiladi va insonni unga ko'ngil berib aldanib qolmaslikka chaqiradi.
C) Ushbu she'rdan shoirning O'zbekiston gerbidagi tasvirini yodga soluvchi "boshlar uzra soyalar solsun,Humo yetkur" kabi shoirona bashorati o'rin olgan.
D)Ushbu she'r g'azal shaklida yozilgan bo'lib tabiat lirikasining yorqin namunasi sanaladi. Unda shoir navro'zni madh etadi. Ko'klam go'zalligi islomiy tushunchalar vositada tasvirlanadi.


23. Quyidagi qaysi she'r Ogahiy qalamiga mansub?

A) "Dahr uyi bunyodkim, suv uzradir, mahkam emas" tarji'bandi


B) "Manam shurida bulbul" muxammasi
C) "Ajab emas" muxammasi
D) " Surmadin ko‘zlari qaro" g‘azali


24. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari haqida berilgan ma'lumotni toping.

A) Ushbu asar uch qismga bo‘linadi. Uning uchinchi qismi turli foydali kuzatishlar va misollar haqidadir.


B) Ushbu asarda mavzu biror voqeani hikoya qilish asosida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoritiladi va har bir maqola so‘ngida hikoya yoki masal keltiriladi.
C) Asarda "Agar arslon itlarga bosh bo‘lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo‘lib qoladi" mazmunidagi misralar o‘rin olgan.
D) Ushbu asar payg‘ambarlar hayotini hikoya qiluvchi nasriy-ditaktik asardir.


25. Majhul nisbatdagi fe'l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni toping.

A) Bayram arafasida mahallamizda yangi to'yxona ochildi.


B) U qilgan ishlarini o'ylab, vijdon azobida qiynaldi.
C) O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketishadi.
D) Yuk orqalagan, og'ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi.


Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling