"MA'rifat" gazetasida e'lon qilingan dtm savollari ona tili va adabiyot “yog`DU” ona tilidan tayyorlov


Download 51.5 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1485622
  1   2
Bog'liq
DTM 2020. MA`RIFAT


LATOFAT CHO`LLIYEVA +998 91 922 49 34

"MA'RIFAT" GAZETASIDA E'LON QILINGAN DTM SAVOLLARI
ONA TILI VA ADABIYOT
YOG`DU” ona tilidan tayyorlov
1. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo'l qo'yilgan?
A) Bugun yumushlarim ko'payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim.
B) O'g'il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar.
C) Sap-sariq qovunlarning xushbo'y hidi anqib turardi.
D) Onam qo'y go'shtini o'z yog'iga qovurib berdilar.


2. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi shaklidagi so'zga qo'shilib kelgan ko'makchi qatnashgan?
A) Axir baliq ham suvga intiladi, ko'kat yorug'lik sari bo'y cho'zadi.
B) Kozimbek mashinani yo'lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
C) Dard ila g'amdan qiz bechoraning rangi somon yanglig' sarg'aygan edi.
D) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach hammamiz yo'lga otlandik.


3. Qaysi ijodkor hukmdorlardan biriga jo'natgan maktubida adolatning qadrini ham, may ichmaylikning foydasini ham Muhammad payg'ambar (s.a.v) ning so'zlari bilan mustahkamlab, "Bir soatlik adolat ikki dunyo- insonlar va jinlari dunyosi ibodatidan yaxshiroqdir, chog'ir esa yaramasliklar onasidir, jami yomonliklar undan tug'iladi, barcha yaxshilik va yomonlik bu ikki narsa ichiga kiradi", - deya tushuntiradi?
A) Ogahiy
B) Alisher Navoiy
C) Nosiriddin Rabg'uziy
D) Imom al-Buxoriy


4. Ko'p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo'lishdir.
Ushbu gap tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so'zlar qaysi turkumga oid?
A) ravish, fe`l, ot
B) ravish, ot
C) fe'l, ot, olmosh
D) ot, olmosh


5. Yaxshi kitoblarni o'qish o'tmish zamonlarning dono kishilari bilan hamsuhbat bo'lishdir.
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma'lumot to'g'ri emas?
A) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan aniqlovchili so'z birikmalari qatnashgan.
B) Gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to'ldiruvchili so'z birikmasi qatnashgan.
C) Gapda hokim qismi to'ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so'z birikmalari qatnashgan.
D) Gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan to'ldiruvchili so'z birikmasi qatnashgan.


6. Qaysi gapda hokim qismlari ega va to'ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so'z birikmalari qatnashgan?
A) Kimdir shunday kichkina teshikdan ho'kiz sig'ishiga aql ishonmasligi to'g'risida kishilarga gap ma'qullaydi.
B) Shiroq shohning ishonchsizlik ko'zi bilan qarayotganini fahmlab, o'z so'zining to'g'riligini isbotlashga kirishdi.
C) Ora-chora uzoqdan kelgan bola yig'isi bu tinchlikni buzar edi.
D) So'z- inson qudratining qo'mondoni, u- hayotning buyuk quroli.


7. Tarkibida sifat, ot va fe'l turkumiga oid yasam so'zlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A)Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo'lga otlandik.
B) Shoirning qalbi samimiy va beg'ubor tuyg'ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo'y cho'zadi.
C) Tal'at shimining cho'ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tag'in jilmaydi.
D) Endi uni harbiy mashq va ta'limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi do'stlar kutmoqda edi.


8. Faqat hokim qismigina yasama so'z bilan ifodalangan boshqaruvli so'z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Kitob bilan do'stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi.
B) Mevali daraxtga tosh otadilar.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof tuyg'ulardan oziqlanadi.
D) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham darrov fahmlaydi.


9. Shunchaki sevilmoq- baxtiqarolik,
To'la tole uchun bu kemtik, bu kam.
Mening qalbim shunday sevgiga molik:
Bir charsillab yonay, so'ngra so'nsam ham.
Ushbu she'riy parchada qatnashgan yasama fe'l qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?
A) ega
B) kesim
C) aniqlovchi
D) hol
10. Quyidagi berilgan so'zlardan qaysilari to'g'ri yozilgan?
1) chehra; 2) saxna; 3) xovuz;
4) tuhfa; 5) muxtoj; 6) suhbat
A) 1,4,6
B) 2,3,5
C) 1,2,5
D) 1,3,6


11. Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o'qish va o'rganishdadir.
Ushbu gapdagi yordamchi so'zlar haqidagi qaysi ma'lumot to'g'ri?
A) Gapda faqat bog'lovchilar ishtirok etgan
B) Gapda 2 ta ko'makchi ishtirok etgan
C) Gapda ko'makchi va bo'g'lovchilar ishtirok etgan
D) Gapda 2 ta vazifadosh bog'lovchi ishtirok etgan


12. Qaysi gapda holatga taqlidni bildirgan so'z qatnashgan?
A) Olisda yilt-yilt nur sochayotgan chiroqlar tunga o'zgacha shukuh berardi.
B) Tongda ari gulga so'zlar g'uv-g'uv-g'uv,
Guljonim, asaling ber, sog'indim-ku!
C) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotgandek bo'lardi.
D) Jimirlab oqayotgan suvga tikilib xayollarga berildi.


13. Qaysi javobda sof zidlov bog'lovchisi ishtirok etgan?
A) Bir kuni kechasi bir hiyla o'ylab chiqdim-da, erta turgach eski maktab sari jo'nadim.
B) Biz o'sha o'yinlarda faqat jismonan emas, balki ma'naviy jihatdan ham chiniqar ekanmiz.
C) Nega endi natijalarga baho berishadi- yu, sababini tekshirib ko'rishmaydi?
D) Yosh Farhodning fikri quyosh kabi yorug', lekin ko'ngildagi ravshanlik undan ham ortiq.


14. Quyidagi qaysi ma'lumot Musa Jalil hayoti va ijodiga oid?

A) Derjavin uning she'rlarini eshitib buyuk shoir bo'lajagini bashorat qiladi.


B) Uning asirlikda va tutqunlikda yozgan she'rlaridan iborat "Moabit daftadi" to'plami mavjud.
C) Jukovskiy unga "G'olib shogirtga mag'lub ustozdan", -- degan yozuv bilan o'z portretini sovg'a qilgan.
D) Oq podshoh sharafiga she'r yozishdan bosh tortganligi sababli intizomiy batalyonga jo‘natilgan.


15. Abayning "Naqliya so'zlar" ("Nasihatlar") asari kim tomonidan o'zbekchag tarjima qilingan?

A) Nosir Fozilov


B) Asil Rashidov
C) Usmon Qo'chqorov
D) Nizom Komil


16. Qaysi qatorda Ibroyim Yusupovning o'zbek tilida nashr etilgan kitoblari berilgan?

A) "Kun chiqish yo'lovchisiga", "Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha", "Naqliya so'zlar"


B) "Qirq qiz", "Aktrisaning iqboli", "Umribek laqqi", "Nasihatlar"
C) "Akatsiya gullagan joyda", "Gilamchi xotin haqida haqiqat", "Turnalar", "Azim rivoyati"
D) "Buloqlar qaynaydi", "Oltin qirg‘oq", "Dala armonlari", "Cho‘l to'rg'ayi”


17. O'tkir Hoshimovning hikoyalari qaysi javobda berilgan?

A) "Urushning so‘ngi qurboni", "Muhabbat"


B) "Dunyoning ishlari", "Oltin zanglamas"
C) "Nur borki, soya bor", "Tushda kechgan umrlar"
D) "Odamlar nima derkin?", "Odam bo'lish qiyin"



Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling