Badoyiu-l-lug‘at


Download 54.5 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1774386
  1   2
Bog'liq
“Badoyiu-l-lug‘at”


Badoyiu-l-lug‘at”

Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan birinchi lug‘atdir. Uni taxminan 1500 yili Husayn Boyqaro farmoniga ko‘ra Tole Imoniy Hiraviy tuzgan. Husayn Boyqaro ushbu lug‘atni tuzishni boshqa birovga emas, aynan shu olimga topshirganligi bejiz emas. Bu uning iqtidoridan, kuchli olim, bu sohani o‘ta darajada yaxshi bilganidan dalolatdir. Navoiy “Majolisu-n-nafois”ning birinchi majlisida Tole Imoniy Hiraviyni o‘ziga zamondosh, to‘g‘rirog‘i, u yosh ekanligi chog‘ida yashab o‘tgan shoirlar qatorida tilga olgan edi; uni Mavlono Toleiy degan. Tazkirada hatto uning bir forsiy baytidan misol ham keltiradi. Tole Imoniyning yoshi Novoiydan bir oz ulug‘ bo‘lgani uchun uni shu turkumga kiritgan ko‘rinadi (qarang: Щerbak 1962,53).


“Badoyiu-l-lug‘at”ning hijriy 1117 (melodiy 17051706) yili ko‘chirilgan qo‘lyozmasi Sankt- Peterburgdagi M.Ye. Saltikov-Shchedrin nomidagi davlat kutubxonasida saqlanmoqda (Xanikov kolleksiyasi, 35- sonli qo‘lyozma). Asarni A.K. Borovkov faksimili bilan birga chop ettirgan (qarang: Borovkov 1961).
Lug‘atda Navoiy asarlarida qo‘llangan 854 ta asosan kelib chiqishi turkiy, oz sonli arabcha so‘zlar fors tilida izohlangan (qarang: Hasanov 1989(1),4-16). Har bir so‘zning tovush tuzilishi, uning ma’nosi, grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Lug‘atda so‘zlarning ma’nosini ochiqlash maqsadida Navoiyning “Xamsa”, “Lisonu-t-tayr” dostonlari, “Mahbubu-l-qulub”, “Majolisu-n-nafois” asarlari, “Xazoyinu-l-maoniy” devonidan misollar keltiriladi. Misollar keltirilganda, ayniqsa, she’riy baytlarning mazmuni forschada izohlanadi.
Lug‘atda Lutfiy, Husayn Boyqaro she’rlaridan, Mir Haydarning “Maxzanu-l-asror” asarlaridan ham misollar berilgan. Suhayliy va Azraqiydan esa bittadan misol berilgan.
Har bir so‘zning ma’nolari va ma’nolar tasdig‘i uchun keltirilgan misollar birgalikda lug‘at maqolani tashkil qiladi. Bosh so‘z matnda boshqalaridan ajratilib qizilda bitilgan, ba’zan ustiga chiziq tortib ham qo‘yilgan.
Lug‘atda so‘zlar birinchi harfi bo‘yicha arab alifbosi tartibida keladi. Har bir harf bilan boshlangan so‘zlar birgalikda bab deb ataladi. Turkiy so‘zlar ichida arab tiliga xos ayrim tovushlar bilan boshlanuvchi so‘zlarning uchramasligi sababli boblarning soni ham ozroq – ular yigirma to‘rtta.
Lug‘atdagi fonetik va grammatik izohlar o‘ta ahamiyatli. Bu izohlar turkiy tilni yaxshi bilmagan kishilarga asqotadi. Qolaversa, hozirgi fan uchun ham Navoiy asarlari, qolaversa, klassik asarlar tilini o‘rganishda ishonchli dalildir.
Tole Imoniy unlilar uchun واالشباع (val-išba’) (ya’ni “išba’ bilan”) hamda باالشباع (bil-išba’) (“išba’siz”) atamalarini qo‘llagan. A.K. Borovkov val-išba’ atamasini “s nasыщeniyam”, bil- išba’ atamasini esa “bez nasыщeniya” deya talqin qiladi. Uningcha, Tole Imoniy val-išba’ atamasi ostida tor i, ï, ü, u unlilarini, bil-išba’ atamasi ostida esa o‘rtator e, ö, o unlilarini ko‘zda tutgan. Masalan, يش ا dagi “alif” išbali kasra bilan (“s nasыщeniyam”) talaffuz qilinsa - “ish”(delo); agar “alif” išba’ siz kasra bilan (“bez nasыщeniya”) o‘qilsa – “eshmak” (“vit”, “pryast”) so‘zi anglashiladi (Borovkov 1961,12).
Lug‘atda muallif so‘zlarni ko‘proq yozilishiga ko‘ra turkumlashtiradi: birinchi yozilishini berib, so‘ng ularning talaffuzi va ma’nosini izohlaydi. Shuning uchun ham hozirgi izlanuvchi bunday so‘zlarning talaffuzini aniqlashda o‘ta hushyor bo‘lmog‘i kerak. Masalan, يالا (35b) so‘zi äylä (ya’ni “shunday”) ma’nosini anglatadi, agar undagi “alif” kasra bilan o‘qilsa – ilä (ya’ni “bilan”) so‘zi kelib chiqadi. بيل (42a) ham ikki xil o‘qiladi va ikki so‘z anglashiladi: bel va bil-. Yoki: قين (71b) ni išba’ bilan o‘qilsa – qïyïn (ya’ni “qiyin”), agar išba’ siz o‘qilsa – qïn (ya’ni “qin, pichoqning qini”) anglashiladi; اون ni išba’ li zamma bilan o‘qilsa – “nido” (“sas, ovoz, un”); agar bu so‘z išba’ siz o‘qilsa – “o‘n” raqami anglashiladi (22b).
So‘zning birinchi harfini undan keyingi unli bilan birga to‘g‘ri o‘qish uchun bi-fath (a-ä bilan), bi-zamm (u-ü-o-ö bilan), bi-kasr (ï-i bilan) singari fonetik ishoratlar ham keltiriladi. Aslida bunday fonetik qaydlar keltirilmasa ham bo‘lardi. Chunki lug‘atda qabul qilingan prinsip bo‘yicha, so‘zlarning harfini ham ularning qaysi bobga kirganligiga qarab to‘g‘ri o‘qish mumkin. Lekin bob ichida so‘zlar ko‘p, ayniqsa, birinchi harfdan keyin unli yozilmagan bo‘lsa, uni xato o‘qish mumkin. Shuning oldini olish uchun ham shunday qaydlar beriladi. Masalan: قراقچي so‘zining birinchi harfidan keyingi unli yozilmagan, biroq izohda bi-fath ishorasi borligi uchun o‘quvchi uni qaraqčï (ya’ni “qaroqchi”) deb o‘qiydi. Aks holda uni qïraqčï yoki quraqčï deb ham o‘qishi mumkin edi (Hasanov 1989(1),8).
Lug‘atda fe’llar -maq, -mäk qo‘shimchali infinitiv ko‘rinishda berilgan. Muallif ularni masdar
deb ataydi.

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling