Badoyiu-l-lug‘at


Download 54.5 Kb.
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1774386
1   2
Bog'liq
“Badoyiu-l-lug‘at”

Yalbarmaq iltimās kardan; yalbardïm iltimās kardam; yalbarïŋ amr ba jamāa-i muxātibin; yalbarmïš xabar az muğāyib-i vāhid, ba ma’ni iltimās karda ast.
(Ma’nosi: Yalbarmaq iltimos qilmoq; yalbardïm yolbordim; yalbarïŋ tinglovchi jamoaga buyruq; yalbarmïš o‘zganing eshitganligi to‘g‘risida xabar, “iltimos qilgandir” ma’nosida).
Fe’lning masdardan yasalgan boshqa ko‘rinishlari ham bosh so‘z bo‘lib kelishi mumkin.
Fonetik va grammatik qaydlar lug‘at maqolalar ichida izohlar bilan birga aralash keladi. Ba’zi so‘zlarning ma’nosi forscha ekvivalentlar bilan ham beriladi. Masalan, sayaq tanhā, günäš āftāb singari. Ayrim o‘rinlarda so‘zning arabcha tarjimasi va o‘zbekcha sinonimi ham ko‘rsatiladi: Tulum - ... mastona ashula aytish va eshitish. Bu turklarning mashhur odati. “Hayratu-l-
abror”da keladi: ”
Türk surudï bilän salïp qolum, Qïlsa adā-yi ölüm vay tulum. Yoki:
Šaq – bi-alif-i maqsura; nāvdān ke dar luğat-i ’arab mezāb goyad (qisqa alif bilan, “nov”, arab tilida uni “mezob” deydilar).
“Badoyiu-l-lug‘at” “chig‘atoy turkchasi”, xususan, Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan esa-da, ayrim o‘rinlarda o‘g‘uz lahjasiga xos xususiyatlar ham uchrab turadi. Muallif buni o‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tadi ham. Masalan, o‘sha lahjalarda at o‘rnida ad, tar o‘rnida dar, taŋ o‘rnida daŋ talaffuz qilinadi, deya ta’kilaydi olim.
Tole Imoniy ushbu lug‘ati bilan leksikografiya tarixida eski o‘zbek tili lug‘atini yig‘ish, birinchi galda, Navoiy asarlarida qo‘llangan so‘z boyligini jamlash, ularning ma’nosini yoritish ishini boshlab berdi. Mazkur lug‘at keyingi davr o‘zbek leksikografiyasi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling