O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
12-Mavzu; KOSMOSDAN OLINGAN SURATLAR ASOSIDA KARTALAR TUZISH
Термиз - 2022
AGROBIOLOGIYA FAKULTETI
KARTOGRAFIYA FANIDAN
O’qituvchi: PSUEAITI tayanch-doktoranti: Assistenti
|
J.Abdinazarov
|
11-MAVZU KOSMOSDAN OLINGAN SURATLAR ASOSIDA KARTALAR TUZISH
REJA:
1.Kartalarni yaratishda aerokosmik metodlar
2. Topografik kartalarni tuzish
3. Mavzuli kartalar tuzish
4. Topografik va mavzuli kartalarni yangilash 5.Tezkor (operativ) kartalarni tuzish
Kartalarni yaratishda aerokosmik metodlar
Masofadan turib olingan aerosurat, kosmik surat va raqamli ma’lumotlarning eng katta afzalliklaridan biri, ularni bir vaqtning o‘zida bir xil tabiiy sharoitda juda katta maydonlarni qamrab olishidadir. Geografik karta va kosmosurat o‘zlarining metriklik (o‘lchami) xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanishni asosiy sabablaridan biri tasvirni loyihalashtirish qonun-qoidalaridar. Ayniqsa fotografik va televizion suratlarda bu farq sezilarlidir, chunki fotosurat – markaziy loyihalashtirish qonunlariga binoan tuzilgan, karta esa – ortogonal yo‘l bilan tuzilgan. SHuning uchun, kosmosuratlardagi xatoliklarning tabiati ham, xususiyatlari ham kartadagidan farq qiladi.
Kosmosurat va karta orasidagi farq tafsilotlarni ma’lum zamon va makonda tasvirlash xususiyatlari bir-biriga o‘xshamasligi tufayli kelib chiqqan. Karta legendasi va shartli belgilari yordamida o‘qiladi, chunki u ilmiy asoslangan dastur yordamida tuziladi. Kosmofotosurat esa ma’lum joyning bir lahzalik ko‘rinishga qarab tasvirlangan ob’ekt va tafsilotlarni bir-biriga o‘xshashligiga qarab o‘qiladi. Ma’lum geografik hududning kosmofotosuratlari o‘z tashqi ko‘rinishlari bo‘yicha ko‘proq topografik kartani eslatadi. Mavzuli kartalar bilan solishtirganda ular o‘rtasidagi farq sezilarlidir.
Masofadan turib olingan ma’lumotlardan foydalanishning bir qancha yo‘nalishlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
- YAngi topografik va mavzuli kartalar tuzish;
- Mavjud topografik va mavzuli kartalarni yangilash va tuzatish;
- Fotosxema, fotoplan, fotokarta, foto-blok-diagrammalar va boshqa kombinatsiyalashgan fotografik modellarni yaratish;
- Tezkor (operativ) kartalar tuzish va monitoring ishlarini olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |