O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi termiz agrotexnologiyalari va innovatsion rivojlanish instituti


Download 379.11 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi379.11 Kb.
#1603738
1   2   3   4
Bog'liq
14-мавзу

TOPOGRAFIK KARTALARNI TUZISH.
Kosmik suratlar asosida topografik kartalar tuzish imkoniyatlari, kosmik suratlarni o‘qilishi, steroskopik qayta ishlash mumkinligi va joydagi narsa (ob’ekt) va tafsilotlarni o‘qilishi, ya’ni kosmik suratda tanilishi bilan aniqlanadi.

Rossiya davlatining “Resurs-f” sun’iy yo‘ldoshlar tizimidan olingan oq-qora kosmik suratlarning o‘qilish imkoniyatlari 2-5 m ni tashkil qiladi, rangli spektrozonal kosmik suratlarning o‘qilish imkoniyatliri 10-12 m tashkil qiladi. AQSH ning “Landsat” Er yo‘ldoshiga o‘rnatilgan “mavzuli kartograf” kosmik suratga olish tizimi 15 metrli, Fransiyaning SPOT sun’iy Er yo‘ldoshiga o‘rnatilgan apparaturalarda olingan suratlar 10-12 metrli o‘qilish imkoniyatlariga ega. Bunday ma’lumotlar yirik masshtabli topografik kartalarni, ya’ni 1:25 000 – 1:50 000 gacha bo‘lgan kartalarni tuzish uchun yaroqli va qanoatlanarli deb hisoblanadi. Bunday kosmik suratlar bilan ishlaganda ba’zan kosmik suratlarni dalada joy bilan taqqoslab o‘qish (deshifrovka qilish) va konturlarni tekshirish ham talab qilinadi. Obzor va obzor-topografik kartalarni tuzish uchun o‘qilish imkoniyatlari birmuncha past bo‘lgan fotosuratlardan ham foydalansa ham bo‘ladi.
Masalan: 1: 1000 000 masshtabdagi kartalarni tuzish uchun “Landsat” Er yo‘ldoshida olingan ko‘p spektrli, o‘qilish imkoniyatlari 80 m gacha bo‘lgan suratlardan keng foydalaniladi.
Kosmosdan olingan suratlar kam o‘rganilgan va borish qiyin bo‘lgan hududlar, ya’ni baland tog‘liklar, botqoqliklar, cho‘l, arktika va antarktika zonalarining topografik kartalarini tuzishni ancha engillashtiradi. Hozirgi kunda topografik kartalar tuzishda ular asosiy ma’lumotlardan bo‘lib qolmoqda.
MAVZULI KARTALAR TUZISH.
Aerokosmik ma’lumotlar asosida mavzuli kartalar tuzish yildan-yilga rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ilgari yaratishning iloji bo‘lmagan kartalar kosmik fotosuratlar va tasvirlar yordamida tuzilmoqda. Mayda va yirik masshtabli mavzuli kartalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kosmik suratlardan foydalanib tuzilmoqda.
Masalan, A.M.Berlyantning ma’lumotlari bo‘yicha Rossiya davlatida kosmik suratlardan foydalanib, mayda masshtabli geologik, geobotanik, tektonik, landshaft va boshqa kartalari tuzilgan (1:2 500 000, 1:5 000 000, 1:1 000 000), lekin davlatning barcha xududi yirik masshtabli kartalar bilan hali to‘la qoplanmagan.
O‘zbekiston Respublikasida kosmik ma’lumotlardan foydalanib (1980-1990 yillarda) “Priroda” Davlat markazi tashkiliy komiteti tomonidan Respublikaning tabiiy boyliklarini 1:500 000 masshtabdigi kartalari tuzilgan. Bunda O‘zbekistonning geologik, o‘rmon, qishloq xo‘jaligi va boshqa boyliklarni sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalovchi 24 turdagi mavzuli kartalari ishlangan.

Download 379.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling