Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy


Download 0.72 Mb.
Sana11.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1766037
Bog'liq
Oʻralova Farida(Mahmud Qoshgʻariy)

Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy

Filalogiya va tillarni oʻqitish:Xitoy tili

1-kurs talabasi Oʻralova Farida

Reja:

1.MAHMUD KOSHGʻARIY HAYOTI VA IJODI

2.MAHMUD KOSHGʻARIY MAQOLLARI

3.”DEVONI LUGʻATI AT-TURK” ASARI VA UNIG AHAMIYATI

Mahmud Koshg‘ariy ibn Husayn ibn Muhammad (11-asr) — turkshunoslik ilmining asoschisi. Filolog olim. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub. Otasi Husayn ibn Muhammad o‘sha davrdagi Baregan elining amiri bo‘lgan. Koshg’ariy boshlangich ma’lumotni o‘z qishlog‘ida, yuqori ma’lumotni Koshg‘ar madrasalarida olgan, arab, fors, turkiy kabi 7—8 tilni puxta egallagan. So‘ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur shaharlarida bilimini oshirgan.1056—57 yillarda mamlakatdagi ichki nizolar natijasida olim o‘z vatanini tark etib. 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur bo‘lgan. Ana shu yillarda u turkiy xalqlar yashaydigan o‘lkalarni kezib, bu yerlardagi turkiy qabila va urug‘lar, ularning kelib chiqishi va nomlanishi, joylashish o‘rinlarini oʻrganadi.

  • Mahmud Koshg‘ariy ibn Husayn ibn Muhammad (11-asr) — turkshunoslik ilmining asoschisi. Filolog olim. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub. Otasi Husayn ibn Muhammad o‘sha davrdagi Baregan elining amiri bo‘lgan. Koshg’ariy boshlangich ma’lumotni o‘z qishlog‘ida, yuqori ma’lumotni Koshg‘ar madrasalarida olgan, arab, fors, turkiy kabi 7—8 tilni puxta egallagan. So‘ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur shaharlarida bilimini oshirgan.1056—57 yillarda mamlakatdagi ichki nizolar natijasida olim o‘z vatanini tark etib. 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur bo‘lgan. Ana shu yillarda u turkiy xalqlar yashaydigan o‘lkalarni kezib, bu yerlardagi turkiy qabila va urug‘lar, ularning kelib chiqishi va nomlanishi, joylashish o‘rinlarini oʻrganadi.

Mahmud Koshg‘ariy o‘z bilimini oshirish maqsadida o‘qishini Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o‘zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo‘ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibi boʻldi. Koshg‘ariyning dastlabki asari “Javohirunnahvi fi lug‘otit turk” (“Turkiy tillarning nahv qoidalari”) deb atalgan. Ammo ushbu asar bizga yetib kelmagan.

  • Mahmud Koshg‘ariy o‘z bilimini oshirish maqsadida o‘qishini Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o‘zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo‘ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibi boʻldi. Koshg‘ariyning dastlabki asari “Javohirunnahvi fi lug‘otit turk” (“Turkiy tillarning nahv qoidalari”) deb atalgan. Ammo ushbu asar bizga yetib kelmagan.

MAHMUD KOSHG’ARIY MAQOLLARIDAN

  • «Erik erpi yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘» («Tirishqoqning labi yog‘lik, erinchoqning boshi qonlik»). Bu maqol yalqovlikni tashlashga, g‘ayrat bilan ishlashga undab aytiladi.
  • «Suv ichirmasga sut ber». U senga yomonlik qilganga ham yaxshilik qil, degan ma’noda ishlatiladi.
  • «Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur» («Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa qo‘tir bo‘ladi»). Mahmud Koshg‘ariy izohlashicha, «bu maqol o‘z elini, urug‘ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytiladi».

“Devon-u lugʻatit turk”

  • „Devonu lugʻotit turk“ (arabcha: ديوان لغات الترك; tarjimasi „Turkiy soʻzlar devoni“) — Mahmud Koshgʻariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72).[1][2] Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urugʻ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geogr.si, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirilgan. „Devonu lugʻotit turk“ning qoʻlyozmasi 1914-yil Turkiyaning Diyorbakr sh.dan topilgan. 319 sahifali bu qoʻlyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi.

„Devonu lugʻotit turk“ arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan.„Devonu lugʻotit turk“ga oʻzi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan.

  • „Devonu lugʻotit turk“ arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan.„Devonu lugʻotit turk“ga oʻzi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan.

Devonu lugʻotit turk“ asarini 1928-yil nemis tiliga tarjima qildi. „Devonu lugʻotit turk“ qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. „Devonu lugʻotit turk“da 250 dan ortiq maqol va matallar, oʻnlab sheʼriy parchalar keltirilgan.

  • Devonu lugʻotit turk“ asarini 1928-yil nemis tiliga tarjima qildi. „Devonu lugʻotit turk“ qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. „Devonu lugʻotit turk“da 250 dan ortiq maqol va matallar, oʻnlab sheʼriy parchalar keltirilgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT☺️☺️


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling