Marjinalizm (frans marginal chegaraviy, eng soʻnggi) iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-a


Download 38.94 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi38.94 Kb.
#201620
Bog'liq
Marjinalism


MARJINALIZM (frans. marginal – chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-a. ning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-a. ning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras Marjinalizmning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-a. ning 90-y. laridan Marjinalizm subyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.

Marjinalizm meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy xarajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.

Marjinalizm iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subyektning i. ch. jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat Marjinalizmga mikdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga imkon beradi.

SSSR davrida Marjinalizm markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli Marjinalizmning asosiy gʻoyalari tan olina boshlandi.



https://www.slideshare.net/deen000786/marginalism
Download 38.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling