Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


CHIQINGLAR! ULAR TOPILDILAR!


Download 312.66 Kb.
bet36/40
Sana09.01.2022
Hajmi312.66 Kb.
#261311
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI

O'TTIZ IKKINCHI BOB

CHIQINGLAR! ULAR TOPILDILAR!
Mana seshanba kuni bain keldi. Vaqt tusbdan o'tib, g'ira-shira qorong'ilik tusha boshladi. Sankt-Peterburg shaharchasi bo'lsa hali ham inotam ichida: yo'qolgan bolalardan haligacba bech darak yo'q. Ularning salomat qutulib kelishlarini tilab cherkovlarda duolar o'qidilar. Ayrim kishilarning chin yuraklaridan chiqqan tilaklar ham oz emas, g'ordan bo'lsa hanuzgacha hech bir xushxabar kelmas edi. Bolalarai axtarib ketgan kishilardan ko'plari, bolalar endi topilmasa kerak, deb o'zlariniiig kundalik ishlariga qaytib kelganlar.

Missis Techer esa juda qattiq betob bo'lib, ko'p vaqtini behushlik bilau o'tkazardi. Uni ko'rgan kishilar: «Uning qizi yo'qolganligini eshitib, dam-badam boshini ko'targanini va uzoq vaqt quloq sohb turganini, keyin esa qattiq uh tortib, boshini yostiqqa qo'yganini ko'rib kishining yuragi ezilib ketadi», der edilar. Polh xolaning ham turgan-bitgani g'am bilan to'lib, awalda ko'kimtir tush bolgan sochlari hozh- oppoq oqarib ketgan edi. Seshanba kuni kechqurun shaharcha har qanday umid va ishonchlarini yo'qotib, qayg'u ichida og'ir uyquga cho'mdi.

Yarim kechada to'satdan shovqin-suron ko'tarihb, ko'chalar bir damda yarim yalong'och kishilar bilan to'lib ketdi. Ular jonlari boricha baqirib: «Chiqinglar! Hoy, chiqaverhiglar! Ular topildilar! Topildilar!» der edilar. Cherkovlarningqo'ng'iroqlarinichalishar, tunuka idishlarni jaranglatishar, karnaylar chalishar, shaharning butun xalqi bolalarni qarshi olish uchun daryo bo'yiga yugurishib borisbar edilar. Sevinchga to'lgan odamlar bolalarni usti ochiq aravalarga o'tqizishib, o'zlari tortib borar edilar. Alanion aravalarni o'rab olib, uni uyigacha kuzatib qo'yar, keyin «ura» deyishdan to'xtamay, ko'chadan tantana bilan o'tar edilar.

Rang-barang cbirog'lar yoqdilar. Endi hech kinining uyqusi kelmasdi. Bunday ajoyib kecbani shabarcba bir umrida ko'rmagan edi. Yarim soat ichida sudya Techerning uyiga qariyb butun shahar xalqi kelib-ketdi. Ular qutulib kelgan bolalarni mahkam quchoqlab o'pishar, missis Techerning qo'llarini siqishar va so'zlashishga shuncha urinsalar ham so'zlay olmay uy ichini ko'z yoshlari bilan to'ldirardilar.

Polli xola baxt-saodatning eng cho'qqisida, missis Techer ham qariyb o'shanday shod-xurram edi. Missis Techerning eri g'orga ketgan bo'lib, hozir uning orqasidan bir kishi sevinchli xabar olib ketgan, basharti u ham tezroq qaytib kelib qolsa, missis Techer to'la baxtiyor bo'lar edi.

Tom divanda yotib, diqqat bilan tinglab o'tirgan kishilarga o'zining kechirgan ajoyib voqealarini hikoya qilar va hikoyasini chiroylik chiqarish uchun o'zidan ham ko'p narsalarni qo'shib so'zlardi. Hikoyasining oxirida u Bekkini yolg'iz qoldirib, boshqa yo'laklarni tekshirib ko'rib kelishga chiqqanini va yo'laklardan uchtasini ko'rib chiqib, endi orqasiga qaytmoqchi bo'hb turganida birdan uzoqda go'yo yer ustidagi yorug'likka o'xshagan oppoq tog' ko'ringanini, qo'lidagi arqonmi tashlab, shu oqargan narsaga tikilib qaraganini, undaii keyin boshi bilan yelkasini kichikroq bir teshikdan chiqarib qarab, o'zining oldida keng, yoyilib oqqan Missisipining tekis yuzini ko'rganini so'zlab berdi. O'ylab turganda shunisi bir ajab ishki, agar shu ishlar kechasi bo'lsa, u oqargan dog'ni ham ko'nnas, yo'lakning boshigacha borish uning xayoliga ham kelmas edi. Keyin u Bekkining oldiga qaytib kelib, shunday xushxabarni bildirganida, Bekki, sen menga bo'lmag'ur so'zlarni aytaverma, men endi juda charchadim va tezdan o'limim yaqinlashib kelayotganini bilib turibman va buning uchun xursandman, deb javob bergan. Keyin u Bekkini qanday qilib ishontirganini, qiz esa haqiqatan ham yer yuzidan tushib turgan yorug'likni ko'rib, shodligidan yuragi yorilgudek bo'lganini, u o'zi osilib, o'sha kovakdan qanday qilib chiqqanini, keyin Bekkiga yordamlashib uni ham chiqarganini, undan yer ynziga chiqib olib shodliklaridan ikkovlari o'tirib yig'laganliklarini so'zladi. Shu vaqt ularning oldidan bir qayiq o'tib borar ekan. Tom qayiqda ketayotganlarni chaqirib olib, o'zlarining g'or ichidan yura-yura shu yerdan kelib chiqqanliklarini va juda ham och qolganliklarini so'zlaganini aytib berdi.

Baliqchilar oldin buning so'zlariga ishonmay, bularning hozir o'tirgan yerlari g'or turgan vodidan besh mil pastda ekanligini so'zlaganlar. Keyin baliqchilar bularni qayiqlarga o'tirg'izib olib, bir uyga olib borganlar. U yerda ovqat berib, qorinlarini to'yg'azib, bolalar bir-ikki soat damlarini olganliklaridan keyin ularni uylariga olib borib tashlaganlar.

O'sha kecha tong otmay turib, sudya Techerm va uning bilan birga borgan kishilarni o'zlari bellariga bog'lab tushgan arqonlar yordami bilan g'ordan chiqarib olib, ularga sevinchli yangi xabarni yetkazganlar.

Tom bilan Bekki ikkalasining g'or ichida uch kecha-yii uch kunduz och va xavf-xatar ichida yurishlari (keyin ular buni tezda sezgan edilar) bekor ketmagan. Butun chorshanba va payshanba kunlari ular ko'rpa-to'shak qilib yotdilar; ularning charchash va quwatsizliklari borgan sari ortib borayotgandek ko'rinar edi. Tom payshanba kuni biroz boshini ko'tardi, juma kuni shaharga chiqib aylanib yurib, shanba kuni butunlay sog'ayib o'ziga keldi. Bekki bo'lsa xuddi yakshanba kunigacha uyidan chiqolmay, chiqqanda ham uning rangi og'ir kasalda yotgan kishilarning rangiga o'xshar edi.

Tom Gekning kasal bo'lib yotganini eshitib, juma kuniyoq uni ko'rishga borgan edi, lekin uni o'sha kunigina emas, hatto shanba va yakshanba kunlari ham kasalning

oldiga kirgizmadilar. Keyinroq uni har kuni kirgizadigan bo'ldilar, lekin uni Gekning oldida, g'or ichida bo'lgan voqealarni so'zlamasligi to'g'risida ogohlantirib, kirgizar

edilar. Buning to'g'ri bajarilishini kuzatish uchun beva xotin Duglas har doim ularning oldidan qo'zg'almay o'tirar edi. Tom uyiga kelgandan keyin beva xotinning

uyini o'g'ri urib ketayotganini va o'g'rilardan bittasining jasadi daryoda kemalar to'xtaydigan yerda topilganini eshitdi: aftidan, u quvg'indan qochib qutulaman, deb

daryoga cho'kib o'lgan bo'lsa kerak.

G'ordan qutulib chiqqanidan ikki hafta o'tgach, Tom Gekni ko'rib kelmoqchi bo'ldi. Gek ham endi ancha quwatga kirib, har qanday so'z bo'lsa so'zlashaveradigan bo'lib qolgan edi. Sudya Techeming uyi yo'l ustida bo'lgani uchun, Tom yo'1-yo'lakay Bekkini ham ko'rib ketmoqchi bo'ldi. Sudyaning uyida mehmonlari bor ekan, ular Tomni gapga soldilar, o'rtalaridan biri qiziqchilik qilib undan: "O'sha gorga yana bir marta borishni istamaysanmi?» deb so'radi. Tom unga, hozir bo'lsa ham borishga tayyorman, deb javob berdi.

- Tom, hech shubham yo'qki, senga taqlid qiluvchi boshqa kishilar ham bo'lar edi, - dedi sudya. -Lekin biz bu yo'lda tegishli chora ko'rdik. Endi bundan keyin u g'orga hech kim bormaydi.



  • Nima uchun? Nega bunday?

  • Chunki men bundan ikki hafta ilgari uning eshigiga temir qoplab, uch qavat qulf soldirib, kalitlarini o'zini olib qo'ygaiiman.

Tom oppoq dokadek oqarib ketdi.

- Hoy bola, senga nima bo'ldi? Hoy, birortang bu


yoqqa kel, mana bu bolaga bir piyola suv beringlar!

Suv olib kelib Tomning yuziga sepdilar.



  • Mana, endi hammasi o'tib ketdi. Tom, nima bo'ldi senga?

  • Oh, sudya, o'sha g'orning ichida... hindi Jo yotadi, -dedi.


OTTIZ UCHINCHI BOB


Download 312.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling