- 16. Hamkorlar bilan ishlovchi muhandis
- Bir yillik oklad: 116 682 dollar
- Bu yo‘nalishda strategik va hamkorlarga o‘z takliflarini Facebook doirasida olib borishlariga ko‘mak berasiz. Bu sohada ishlashingiz uchun sizdan to‘rt yillik muhandis-dasturchi, texnik konsultant yoki hamkorlar bilan ishlovchi muhandis yoki sotuvchi malakasi talab etiladi.
- 17. Ilovalar ekspluatatsiyasi bo‘yicha muhandis
- Bir yillik oklad: 114 197 dollar
- Facebook tez va samarali ishlashi uchun kompaniyaga aqlli va iste'dodli muhandislar kerak bo‘ladi. Aynan shu yo‘nalishda mavjud vakansiya uchun kompaniya xakerlik tabiatiga va PO biznes-maqsadiga ega iste'dodlarni qidiradi.
- 18. Dasturni ta'minlovchi xodim, OO‘Yu bitiruvchisi
- Bir yillik oklad: 111 663 dollar
- Talaba oliy o‘quv yurtini (kollejni) bitirgani hamonoq kompaniyaga ishga qabul qilinadi va oltita raqamdan iborat maosh bilan siylanadi.
- 19. Ma'lumotlarni qayta ishlovchi muhandis
- Bir yillik oklad: 110 193 dollar
- Foydalanuvchilar bazasidigi hisob-kitob ishlarini olib borish uchun kompaniyaga ma'lum ma'noda malakali muhandislar kerak bo‘ladi. Bu yerda shu lavozimda faoliyat olib borish uchun Java va/yoki Python tizimda ikki yil ish olib borganlik malakasiga ega, hech bo‘lmaganda SQL tizimda ikki yil ishlagan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |