Markazi Gurlan shaharchasi Tashkil topgan vaqti


Download 0.51 Mb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1006953
1   2
Bog'liq
Gurlan tumani

sh.j.: erkaklar

77,0

Ayollar

75,0

Viloyat markazigacha bo‘lgan masofa, km

36 km

Chegaradosh viloyatlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Chegaradosh tumanlar

Tumanning sharqiy qismidan Amudaryo o‘tadi. Janubiy tomoni Yangibozor, g‘arbiy tomonlari Shovot, Turkmanistonning Tozabozar, qardosh Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanlari bilan chegaradosh

Gurlan tumani




Gurlan tumani









tuman

Tarkibida

Xorazm viloyati

Maʼmuriy markazi

Gurlan

Asos solingan sanasi

1926-yil

Hokim

Jumaniyozov Umrbek Matkarimovich

Aholi (2008)

152 ming kishi[1]

Zichligi

334 kishi./km²

Millatlar tarkibi

Oʻzbeklar

Dinlar tarkibi

Musulmonlar

Maydoni

0,45 ming km²



Soat mintaqasi

UTC+5

Koordinatalari:  41°50′30″N 60°23′45″E G O

Gurlan tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubda viloyatning Shovot tumani, janubi-sharqda Urganch, Yangibozor tumanlari va shimoli-sharqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Hududi 447,4 kv.km ni tashkil qiladi. Gurlan tumani viloyat hududining 7,3 foizini egallaydi. Mahalla fuqarolari yigʻinlari soni 50 ta, qishloq aholi punktlari soni 31 ta, shaharchalar soni 9 ta. Aholisi 152 ming kishi kishi (2022-yil 1-yanvar).[2].Gurlan tumanida 1 shaharcha (Gurlan), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Vazir, Guliston, Dehqonobod, Doʻsimbiy, Olgʻa, Saxtiyon, Xizireli, Sholikor, Eshimjiyron, Oʻzbekistan) bor. Markazi — Gurlan shaharchasi[3].
Tabiati
Relyefi bir oz past-baland tekislikdan iborat boʻlib, shimoli-gʻarbga qiyaroq. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 26—28 °C, yanvniki — 6 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin 100 mm. Vegetatsiya davri 180—200 kun. Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Amudaryo oʻtadi. Tuman ekinzorlari Qilichboyarna, Qiyotqoʻngʻirot, Daryoliq, Asyop, Toʻqsonarna, Nukusyop, Xizirliyop. Yangiyop, Olgʻayop, Savoyop kabi kanal va ariqlardan sugʻoriladi. Tuprogʻi allyuvial, oʻtloqi-botqoq va shoʻrxok tuproq. Tuman hududida kichikroq qumliklar ham bor. Yovvoyi oʻsimliklardan oqbosh, yantoq, shoʻra, pechak, qamish, yakan va b. usadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, boʻrsiq, quyon, qobon, ondatra, parrandalardan tustovuq, oʻrdaklar uchraydi.
Aholisi
Gurlan tumanining aholisi asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, qozoq, koreys va boshqa millat vakillari ham bor. Aholisi 150,3 ming kishi kishi 1 km2 ga 334 kishi toʻgʻri keladi (2021). Shaharliklar 40,0 ming, qishloq aholisi 110 ming kishi.

Iqtisodi
Tumanda 2008-yil 1-oktabr xolatiga 2968 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 2697 tasi faoliyat koʻrsatmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan 2697 ta korxonadan 2533 tasi kichik biznes subyektiga qarashlidir. Tumanda 1 ta yirik sanoat korxonasi, 3 ta qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda


Xoʻjaligi]
Gurlan tumani asosan qishloq xoʻjaligigaga ixtisoslashgan. Paxta tozalash zdi, bosmaxona, xalq isteʼmoli mollari va poyabzal fabrikalari, mahalliy sanoat korxonasi, „Gurlan“ toʻqimachilik majmuasi mavjud. Kalava ip, gazlama, trikotaj gazlama va tayyor trikotaj kiyimlar ishlab chikarilmoqda. Tumanda 350 xususiy va kichik korxona va 9 aksiyadorlik jamiyati bor. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 28,9 ming ga, ekinzorlar 25,2 ming ga, shundan 12,3 ming ga paxta 1,6 ming ga sholi, 3,1 ming ga gʻalla ekinlari, 513 ga sabzavot-poliz ekinlari, 182 ga makkajoʻxori bilan band. Gurlan tumanida 12 shirkat xoʻjaligi, 535 dehqon-fermer xoʻjaligi va boshqa xoʻjaliklar bor (2002). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 36,9 ming qoramol, 6,1 ming koʻy va echki, 104,7 ming parranda boqilmoqda (2002).
Ijtimoiy soha]
2001/2002 oʻquv yilida 43 umumiy taʼlim maktabida 26,4 ming oʻquvchi, 4 litseyda 837 oʻquvchi taʼlim oldi. 40 jamoat va bolalar kutubxonasi, 15 madaniyat uyi, 495 oʻrinli 4 kasalxona va dispanser, 13 ambulatoriya, 11 qishloq vrachlik punkti boʻlib, ularda 293 vrach, 1021 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1931-yildan „Gurlan hayoti“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2500 dan ziyod)[
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling