Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari


O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik holati va rivojlanishi haqida ma'lumot


Download 1.25 Mb.
bet14/14
Sana28.12.2022
Hajmi1.25 Mb.
#1071253
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-10 javoblar pul va bank

O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik holati va rivojlanishi haqida ma'lumot
2017-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,3 foizni yoki 119301 mlrd so‘mni tashkil etdi. (Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSH da - 52%, Qozog‘istonda - 25,6%, Rossiyada - 20%). 
Mamlakatda band aholining 78,3 foizi kichik biznesda faoliyat yuritmoqda, vaholanki 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 49,7 foizni tashkil etgan.

3. Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.


Valyuta kursi — bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan narxi. Valyuta kursining qatʼiy qayd etilgan va oʻzgarib turadigan (valyuta bozorida u yoki bu valyutaga talab yoki taklifga qarab) turlari mavjud. Valyuta kursi mamlakatlar valyutasining harid kobiliyati, shuningdek xalqaro toʻlov vositalari (masalan, SDR, yevro) bilan oʻzaro munosabat va boshqa omillar (tovarlar narxini milliy valyutada taqqoslash) asosida belgilanadi. Ularning harid qobiliyatining oʻzgarishi bilan (inflyatsiya darajasi, toʻlov balanslari holati, turli mamlakatlarda turlicha foiz stavkalarining oʻrnatilishi, jahon valyuta bozoriaya mazkur valyutaga ishonch darajasi, shuningdek boshka siyosiy sabablar taʼsirida) valyuta kursi ham oʻzgarib turadi. Markaziy emissiya banki belgilaydigan rasmiy Valyuta kursini hukumat belgilaydigan yoki valyuta bozorida vujudga keladigan erkin valyuta kursidan farqlamoq kerak. Bundan tashqari valyuta kursi milliy pul birligining boshqa davlat valyutasi yoki xalqaro hamda mintaqaviy valyutalar bilan oʻzaro rasmiy oʻrnatilgan munosabatlar boʻyicha („suzib yuruvchi“, „sirgʻaluvchan“ kurs) belgilanishi ham mumkin (Yevropa valyuta ittifoqida kurslarning tebranishi + 2,25 % doirasida chegaralangan)
Valyuta (ital. valuta, lot. valere — qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va b.).
19-asrgacha koʻpchilik mamlakatlarda kumush V. yoki bimetalizm pul tizimi keig tarkalgan edi. 19-asrdan boshlab, avvalo Angliyada, soʻng b. mamlakatlarda oltin V. koʻllanila boshladi. 20-asrning 70-y.laridan boshlab, qogʻoz V., yaʼni oltin va kumushga almashtirilmaydigan banknot va qogʻoz pullar harakterlidir. Ular inflyatsiyaga uchrab turadi, qadrsizlanadi, natijada davlat tomonidan devalvatsiya tadbirlari oʻtkaziladi (qarang Valyuta kursi). 
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling