- Markaziy bank tijorat banklarini uch xil usulda kreditlay oladi:
- 1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan kreditlashtirish;
- 2. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan kreditlashtirish.
- 3. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini to’g’ridan-to’g’ri
- kreditlash.
- Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan beriladigan kreditlar hisobli kreditlar deyiladi va ularning foiz stavkalari hisob stavkalari deyiladi.
Markaziy bank boshqaruvi 2022 yil 17 martda oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14%dan 17%gacha oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. - Markaziy bank boshqaruvi 2022 yil 17 martda oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14%dan 17%gacha oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
- Tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan yuqori noaniqlik va keskinliklar fonida devalvatsion va inflyatsion kutilmalar oʻsishining oldini olish, milliy valyutada jamgʻarish faolligini saqlab qolish hamda tashqi хatarlarning iqtisodiyotimizga oʻtuvchi ta’sirini yumshatish orqali mamlakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 17%ga oshirildi.
- Yuzaga kelgan vaziyatda Markaziy bank ichki narхlar keskin oʻsishining oldini olish, toʻlov tizimi uzluksizligi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida barcha zaruriy choralarni koʻrib boradi.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan. - Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |