Markaziy bankning tashkiliy huquqiy asoslari Bankka oid munosabatlarda nizolar Huquqbuzarliklar va sanksiyalar


Markaziy bankning tashkiliy huquqiy asoslari


Download 47.81 Kb.
bet2/11
Sana23.04.2023
Hajmi47.81 Kb.
#1384652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARKAZIY BANKNING HUKUMATGA MUNOSABATI

1.Markaziy bankning tashkiliy huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi hududida sho‘‘ba banki ochishni yoki bank kapitalida ishtirok etishni xohlovchi chet el banki uchun ustav kapitalining oxirgi eng kam miqdori 500 mln. evro muqobil miqdorda belgilangan bo‘lib, faqat mustahkam moliyaviy mavqega ega bo‘lgan nufuzli norezident banklargina sho‘‘ba banklarini ochishlari mumkin. Bunda qisqa muddatli majburiyatlari IBCA Moody`s standart and Poor tasnifi bo‘yicha kamida A1 yoki A+reytingiga ega bo‘lgan norezident banklargagina afzallik beriladi. O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari o‘z ustav kapitallarini norezident hisobidan ko‘paytirishlari yoki aksiyador- lar tomonidan aksiyalarning norezidentlarga sotilishi uchun belgi- langan tartibda Markaziy bankning oldindan roziligini olishlari shart. Ushbu talabga rioya etilmay tuzilgan bilimlar haqiqiy emas deb topiladi va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya bekor qilinadi. Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak.
Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi:
-bank biznes rejasining maqbulligi;
-bank kapitalining adekvatligi;
-daromadlikning kelgusidagi istiqbollari;
-ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori;
-bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
-monopoliyaga qarshi choralar.
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini o‘tkazuvni amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan mablag‘lardan foydalanish man etiladi. Bank ta’sischilari o‘z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani yaratish, mijozlar ko‘lamini aniqlash, o‘tkaziladigan bank operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarni hal etishlari lozim. Ta’sischilar ta’sis shartnomasi yoki aksioner jamiyatni tuzish shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. SHartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi. Bankni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida hal etiladi. Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida ko‘rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.

Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak:


-bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili;
-bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati;
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi;
-bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
-bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari.
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘lardan va soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, byudjet mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Bank kapitalining eng kam miqdori bankni ro‘yxatga olgunga qadar uning muassislari tomonidan to‘lanishi kerak. Bu to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg‘arma hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatib berilgan.

Download 47.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling