Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasada, u tijorat banklarining kredit zaxiralariga bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatishi mkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun pul bozorining turli bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu jumladan, va interventsiyasidan, ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalaridan, kredit kimoshdi savdolari kabi dastaglardan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarga binoan oltin, chet el valyutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, harid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatda kredit berishi mumkin. Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi banklarni qayta moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy mijozlaridir, boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklarida likvidlilik muammosi bo‘lganda ular o‘z aktivlari garovi asosida Markaziy bankdan kredit olishi mumkin, banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisobvaraqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va undan tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham ular Markaziy bankka murojaat qilishadi.
Pul emissiyasi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash xuquqiga ega, ya’ni u emissiya markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir hamnihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunkichakana savdoda mahsulot haqini to‘lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil uzish uchun mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash uchun naqd pul zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |