Markaziy mikroprosessorni yechib olish. Markaziy mikroprosessorning turini aniqlash. Mikroprotsessorning asosiy qurilmalari


OMMABOP MIKROPROTSESSORLAR BILAN TANISHISH


Download 341.5 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi341.5 Kb.
#1508666
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Kompyuterni testlash (aida64, cpu-z, gpu-z dasturlari mis

OMMABOP MIKROPROTSESSORLAR BILAN TANISHISH.
Topshiriqlar reja:

  1. 80386 protsessorlari bilan tanishish.

  2. 80486 protsessorlari bilan tanishish.

  3. Pentium protsessorlari bilan tanishish.



80386 protsessori (386) oldingi yaratilgan kompyuterlarga nisbatan unumdorligi g’oyat yuqoriligi uchun kompyuterlar olamida haqiqiy shov- shuvga sabab bo’ldi. Bu 32-razryadli protsessorining yaratuvchilari maksimal unumdorlikka va ko’p masalali operatsion tizimlar bilan ishlash imkoniyatiga erishishni ko’zlagan edilar.
Intel 386 protsessorini 1985 yili chiqardi, uning asosidagi tizimlar esa, masalan, Compaq Deskpro 386 va boshqalar 1986 yili oxirida 1987 yil boshida paydo bo’la boshladi. Keyinroq IBM 80 rusumdagi PS/2 sinfidagi kompyuterni chiqardi. 386 protsessori 1991 yilgacha birinchilikni ushlab turdi, so’ng uni mukammalroq bo’lgan va kundan-kunga arzonlashayotgan 486 va Pentium protsessorlari siqib chiqara boshladi. Biroq u qimmat bo’lmagan va o’zining vaqti uchun yuqori unumdorli bo’lgan portativ kompyuterlarda keng qo’llanilar edi.
386 protsessori real rejimda, 8086 va 8088 protsessorlarining buyruqlarini taktning kam miqdorida bajara olar edi.
80486 (yoki 486) protsessolarining yaratilishi kompyuterlar tezligining ortishida keyingi bosqich bo’ldi. 486 protsessorida 386 ga qaraganda samaradorlikning ikki marta ortishiga, kiritilgan qator yangiliklar sabab bo’ldi. Soprotsessor asosiy protsessor ishlaydigan takt chastotasida ishlaydi, shuning uchun matematik operatsiyalarni bajarishga kam sikl sarf qiladi. Ichki soprotsessorning samaradorligi tashqi bilan taqqoslaganda 2-3 marta yuqori.



  • buyruqlarning bajarilish vaqtini kamaytirish. 486 protsessorida o’rtacha bitta buyruq 2 taktda, 386 da esa 4,5 taktda bajariladi.

  • birinchi bosqichli ichki qurilgan kesh –xotira.

Ichki qurilgan kesh–xotira 90–95% tushish koeffistientini ta’minlaydi. Qo’shimcha keshdan foydalanish esa, bu koeffitsientni yanada orttiradi.


1992 yilning oktabrida Intel beshinchi avlodning moslashuvchan kompyuterlari ko’pchilik o’ylaganiday 586 emas, balki Pentium deb atalishini e’lon qildi. 586 deb nomlanishi tabiy edi, biroq raqamli belgilashlar savdo markasi sifatida ro’yxatga olinmaganligi uchun, ularning raqobatchilari ko’payib ketar edi va ular, patentlanmaydigan nom bilan shunday mikrosxemalarni ishlab chiqishni boshlab yuborar edi. 1993 yil martda birinchi Pentium protsessorlari, bir necha oydan so’ng ular asosida birinchi kompyuterlar chiqarila boshladi. Pentium Intel firmasining oldingi protsessorlari bilan moslashuvchan bo’lganligi bilan birga, ulardan ko’zga ko’rinarli farq qiladi. Undagi bir hususuiyatni inqilobiy den hisoblash mumkin. Pentium protsessorida ikkita konveyer bo’lib, uning bir vaqtda ukkita buyruqni bajarishiga imkon yaratadi (Barcha oldingi protsessorlar vaqtning har bir momentida faqat bitta buyruqni bajara oladi).



Download 341.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling