Markaziy mikroprosessorni yechib olish. Markaziy mikroprosessorning turini aniqlash. Mikroprotsessorning asosiy qurilmalari


TEZKOR XOTIRA TURLARI BILAN TANISHISH


Download 341.5 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi341.5 Kb.
#1508666
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Kompyuterni testlash (aida64, cpu-z, gpu-z dasturlari mis

TEZKOR XOTIRA TURLARI BILAN TANISHISH
Topshiriqlar rejasi:
1. Tezkor xotiraning vazifasi.
2. Tezkor xotiraning turlari.
3. Sistemali adreslar, registri, soprosessor registrlari.
Operativ xotira yoki TXQ (Tezkor Xotira Qurilmasi, RAM)-kompyuter protsessori uchun ish sohasi hisoblanadi. Unda ishlashvaqtida dasturlar va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turuvchi ombor desa ham bo’ladi, chunki ma’lumotlar va dasturlar unda kompyuterlar yoqilganidan so’ng biror bir fayl ochilsa to u qaytadan saqlangunicha operativ xotirada saqlangunicha saqlanadi. Har doim kompyuterni o’chirishdan oldin, ma’lumotlarni saqlash lozim. Odatda ular qattiq diskda saqlanadi. Demak ma’lumotlarni operativ xotirada saqlash mumkin emas. Agarda o’zgartirilgan fayl saqlanmasa, u holda uning oldingi nusxasi qattiq diskda saqlanadi.
Kompyuteringizga yangi operativ xotira olmoqchi bo’lsangiz albatta ona platangiz konfiguratsiyasiga e’tibor bering. Operativ xotirani tanlab sotib olganingizdan so’ng, uni o’rnatish unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Lekin judayam ehtiyotkorona harakat qilishni talab etadi.
Albatta birinchi navbatda tizim blokini yotqizib olish lozim. Operativ xotirada maxsus ulanish joyi va ularni ajratib turuvchi tirqish mavjud. Ona platada esa unga mos ulanish joyi mavjud. Albatta siz operativ platani sotib olayotganda ona platangiz konfiguratsuyasini e’tiborga olishingiz shart. Uning o’rnatilishi 13.1-, 13.2-, 13.3-rasmlarda tasvirlangan. Rasmdagi strelkalar uning tirqishi va kalitini ko’rsatib turibdi.

Rasmda ko’rsatilganidek, xotirani qo’yishdan oldin ona plata slotlarini ochish zarur. Xotira platasini ona plata slotlariga shunday olib boringki, ularni tirqishi va kalitlari bir-biriga mos kelsin. Xotirani ehtiyotkorlik bilan yaxshilab joylashtirish kerak. Bunda xotirani ikki chetidan bosh barmoq bilan bosish talab etiladi (13.4-rasm).

Xotirani tik holda tutib, uni ona plataga 90 gradus burchak ostida ikki tomondan bir xil kuch bilan bosish lozim. Agarda operativ xotira joyiga o’rnatilgan bo’lsa, slotdagi operativ xotirani ikki tomondan mahkamlab turuvchi qisqichni o’rnating. Slotlarga o’rnatilgan xotira moduli 13.5-rasmda ko’rsatilgan.


S
Endi kompyuter tizim bloki korpusini yig’sa bo’ladi. Tizim blokini tik qilib qo’ying va uni o’z vintlari bilan mahkamlang. Barcha ulanishlarni tiklang va kompyuterni yoqing. Kompyuterdagi Biosning turiga qarab, yuklanish jarayonida kompyuterni o’zi xotirani tekshiradi yoki o’rnatilgan operativ xotiraning konfiguratsiyasini o’rnatishni taklif etadi.
Download 341.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling