Markaziy Osiyo dinlari(tangrichilik, shomonlik, zardushtiylik, moniylik, yaxudiylik)


Download 129.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.01.2023
Hajmi129.16 Kb.
#1138605
  1   2
Bog'liq
4-topshiriq



“Markaziy Osiyo dinlari(tangrichilik, shomonlik, zardushtiylik,
moniylik, yaxudiylik)” mavzusi bo‘yicha nazorat savollari:
1. Tangrichilik dinining vujudga kelishi haqida nimalarni bilasiz?
2. Tangrichilik qadimiy turkiylar hayotida qanday o‘rin tutgan?
3. Zardushtiylik qachon va qaerda vujudga kelgan?
4. Zardushtiylik muqaddas manbasi qaysi va u haqida nimalarni
bilasiz?
5. Moniylik dinining asoschisi haqida qanday qarashlar mavjud?
6. Moniylikning muqaddas manbalari haqida gapirib bering.
7. Buxoro yahudiylari O‘rta Osiyoning asosan qaysi shaharlarida
yashaganlar?
8.Yahudiylarning birinchi alohida mahallasi qachon va qaerda
vujudga kelgan?


1. Tangrichilik. Tangrichilik osmon xudosi «Tangri»ga e’tiqod
qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‘lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-
ming yillikda vujudga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar oliy osmon
xudosi shumerlarda – «Dingir», qadim xitoyliklarda - «Tyan» va
xunnlarda - «Chenli» nomi bilan mavjud bo‘lganidan kelib chiqib, ularda
aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb e’tirof etadi. Olimlar
mazkur qiyosga tayangan holda tangrichilik eng qadimgi dinlardan biri
ekanini ta’kidlaydilar.
Ayrim tadqiqotchilar fikricha, 5-6 ming yillar muqaddam qadimgi
Shumerdan Oltoygacha bo‘lgan ulkan hududda protooltoy qabilalari
yashagan. Qadimgi shumerlar qadimgi turk tiliga yaqin bo‘lgan
protooltoy tili lahjasida so‘zlashganlar. Shu davrda Tangrichilik
protooltoy xalqlarining eng qadimgi dini, insoniyat tarixidagi ilk
monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan.
2. Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan
dinlardan biri bo‘lgan. Qadimgi oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy,
mongol, tungus-manjur, koreys va yapon xalqlarida Tangrichilikning
izlari hozirgacha saklanib qolgan.
Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab oltoy xalqlarining turkiy xalqlar
guruhi G’arbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnlarsak,
massaget, yueyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi – Tangriga sajda
qilganlar. Diniy qarashlar sodda va tushunarli bo‘lgani, diniy
marosimlarning qat’iy bajarilgani ularning ming yillar davomida
avloddan avlodga o‘tib kelishini ta’minlagan. Ba’zi olimlar tangrichilikda
«Olqish» («Qo‘shiqlar to‘plami») yozma manbasi bo‘lgani va unda
tangrichilik aqidasi, marosimlari va ibodat qilish tartiblari bayon
etilganini ta’kidlaydilar.
Tangrichilik ta’limotiga ko‘ra, Tangri bu – Moviy Osmon, Buyuk
Osmon sohibi ruhi bo‘lib, uning doimiy makoni osmon deb hisoblangan.


Tangri so‘zi turkiy xalqlarda Tengri yoki Tengeri (oltoy), Tengri
(qipchoq), Tanri (turk), Tengri (tatar), Tangara (yoqut), Tengiri (kumiq),
Teyri (bolqor-qorachoy), Tenger (mo‘g‘ul), Tura (chuvash) shakli ham
ishlatilgan. Tangri butun borliqning yaratuvchisi, cheksiz fazoda faqat
uning o‘zi hamma narsadan voqif, adolatli va marhamat egasi bo‘lgan
erkak qiyofadagi yagona xudo sifatida tasavvur qilingan. Butun borliq
bo‘ysunuvchi Tangri insonlar, xalq va davlatlarning taqdirini belgilaydi
deb e’tiqod qilingan.
3. Zardushtiylik
Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li
Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra
«boqiy yulduz» va «chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan») ushbu dinning
asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga
Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –«Donishmandlik sohibi») tomonidan
berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar
mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil. avv. 1500-1200
yillar orasida yashagan. Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Gushtasb
Luxrasb ismli kayoniylar podshohi davrida boshlagan. Bunga u
zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp
tomonidan
qabul
qilingan
«fasli»
kalendaridan
foydalanib
kelayotganlarini dalil qilib ko‘rsatadi.
4. «Avesto» - «Videvdat», «Yasna», «Visparad» va «Yasht» nomi
bilan yuritiladigan bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. 22 bobdan tashkil topgan
«Videvdat» - «Avesto»ning saqlanib qolgan bo‘limlari orasida eng
mukammali bo‘lib, unda odamlar yashaydigan barcha yurtlar Axura-
Mazda tomonidan yaratilgani, kasallik, o‘lim, azob-uqubatlar bo‘lmagan
zamon, ya’ni insoniyatning farovon hayoti, Zardusht bilan Axura-
Mazdaning savol-javoblari, qasam ichish, va’dada turish, ahdni buzish,
tozalik, yuvinish asoslari kabi masalalar yoritilgan. «Yasna» - diniy
marosimlarda o‘qiladigan duolar bo‘lib, 72 bobdan tashkil topgan.


Zardushtning so‘zlari hisoblanadigan 17 fasl, 338 qit’a, 896 misra va
5560 so‘zdan iborat «Gat»lari ham shu bo‘limdan joy olgan. «Gat»ning
har bir she’ri pahlaviy tilida «Gas» deyiladi. Umuman olganda, bu
bo‘limda olovning muqaddasligi, zardushtiylik marosimlari orasida
olovga e’tiqod qilish, Axura-Mazda nurining Quyoshda namoyonligi va
uning Yerdagi zarrasi deb bilinishi, olovning haqni nohaqdan, eng oliy
gunoh hisoblanmish yolg‘onni rostdan ajratib berishi, yolg‘onning chin
e’tiqodga xiyonat, deb qoralanishi kabi e’tiqodiy tushunchalar o‘z aksini
topadi.
5. Moniylik. Dualistik dinlarning eng yirigi bo‘lgan moniylikka
Surayk ibn Fatak (216-276) tomonidan asos solingan. Uning
arabiylashtirilgan to‘liq nomi X-asr arab manbalarida Moniy - Surayk ibn
Fatak shaklida zikr qilingan. Ushbu din qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik,
xristianlik, buddaviylik va zardushtiylikning diniy ta’limotlari asosida
vujudga kelgan. O‘z davrida Moniylik G’arbda Rimgacha, Sharqda Xitoy
va Hindistongacha bo‘lgan hududda keng yoyilgan va yuqori nufuzga ega
bo‘lgan.
III asrda Somoniylar davlati Zardushtiylik dinining ta’siri ostida
edi. Shunday bo‘lsada, Moniy xristian - yahudiy ta’limotlari asosida
ulg‘aygan. Uning ota-onasi (Fatak va Maryam) asli Parfiya sarkardalari
avlodlaridan bo‘lgan. Moniyning yoshligi gnostiklar (ilk xristianlikda
xudo va dunyoning yaratilishi haqidagi ta’limotni yaratishga uringan
diniy- falsafiy oqim) ibodatxonasida o‘tgan va 12 yoshga to‘lganida
o‘ziga ilohiy xabar (vahiy) kelganini ma’lum qilgan. O‘ziga xabar bergan
ilohning nomini Moniy «ikki mohiyat (Nur va zulmat, yaxshilik va
yomonlik) ruhi» deb atagan. Shunga ko‘ra, uning ta’limotini ikkixudolik
g‘oyasi (gnostik dualizm)ga asoslangan deb aytiladi. Shundan so‘ng unga
Moniy – «Ruh» laqabi berilgan.


6. Moniy o‘zini Zardusht, Siddhartha Gautama (Budda) va Iso
Masihlarning izdoshi deb biladi. Shunga asoslanib Moniylikni, sinkretik
(qorishiq) xarakterga ega deyiladi. Ammo ayrim ma’lumotlarda Moniy
o‘zining ilk targ‘ibotini aynan Mesopotamiyada emas, balki
Hindistonning shimoliy-sharqiy qismlarida boshlagani aytiladi. Chunki
Moniy, u yerda jahon dinlaridan biri bo‘lgan buddaviylik ta’limotini
o‘rganish bilan bir paytda, o‘zning targ‘ibotchilik ishlarini ham boshlab
yuborgan edi, deyiladi.
275 yilda mamlakatda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Mug‘lar
(zardushtiylik kohinlari)ning qistovi bilan Fors davlatining yangi shohi
Bahrom I Moniyni zindonga tashlashga farmon bergan va 276 yilda qatl
ettirgan. Shundan so‘ng Moniy izdoshlarining ba’zilari qiynoqlarga
mahkum etilgan, ayrimlari mamlakatdan badarg‘a qilingan. Aksariyat
qismi esa g‘arbda Rim imperiyasi, sharqda esa Sharqiy Turkiston,
Uyg‘uriston hamda ularning atrofidagi davlatlarda panoh topib, moniylik
ta’limotini rivojlantirganlar.
7.

Download 129.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling