Markaziy Osiyo Ekspert Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar haqida gapirdi
Download 113 Kb.
|
Markaziy Osiyo Mintaqasini yoritish
Mavzu: Markaziy Osiyo Mintaqasini yoritish Reja: Markaziy Osiyo Ekspert Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar haqida gapirdi Markaziy Osiyoni yoritish va isitishning yangi usullari taklif qilindi Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy mintaqa. Maydoni 6 mln. km². Shimoliy va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Shinjon, jan va boshqalar. esa Tibet hududidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan oʻralgan. M.O. dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan togʻ tizmalari (Mongoliya Oltoyi, Xangay, Xentey, Tyan-shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiklar (Jungoriya, Gʻarbiy Mongoliyadagi Katta Koʻllar soyligi, Tarim, Saydam)dan iborat. Ayrim joylarida mutlaq balandlik dengiz sathidan past (mas, Turfon botigʻi — 154 m). Qum va shagʻalli baland tekisliklar, kichik togʻ koʻp. Iqlimi hamma yerda keskin kontinental, choʻl iqlimi; yogʻin kam, yiliga oʻrtacha 100–200 mm, markaziy qismlarida 10–30 mm, chekkalarida 300– 400 mm, jan.-sharqida, Tibet togʻlarining chetlarida 1000 mm va undan ham koʻproq. Qishda antitsiklon taʼsirida qattiq sovuq boʻladi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —25°, eng past temperatura —50°, —52°. Tyanshan, Nanshan, Qoraqurum togʻlarida muzliklar bor. Selenga, Irtish, Xuanxe, Yanszi, Brahmaputra, Hind, Mekong, Tarim, Xaydikgol, Kobdo, Tes, Manas, Urungu, Edzin-gol daryolari togʻlardan boshlanadi. Chuchuk suvli eng katta Xubsugul oqar koʻlining maydoni 2620 km², eng chuqur joyi — 238 m. M.O.da Gobi, Takla-. Makon, Alashan va boshqa choʻllar katta maydonni egallagan. Choʻl va chala choʻllar baland togʻlargacha koʻtarilib boradi. Balandlik mintaqalari Nanshanning sharqiy qismida, sharqiy Tyanshanning shim. yon bagʻirlarida va Mongoliya Oltoyiningjan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida uchraydi. Xangay, Xentey togʻlari va Tibet togʻligining jan.-sharqiy chetlarida anchagina oʻrmonlar bor.[1] Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston nazarda tutiladi. Sovetlar davrida bu hududga Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston atamasi qoʻllanilgan. Lekin, 1991 yilda mustaqillikka erishilgandan keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini qoʻllana boshlashdi. 1992 yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan. Aksariyat halqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo boʻlimlari ochilgan. Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afgʻoniston, Moʻgʻuliston va Xitoyning Uygʻur viloyatlari ham kiradi. Bundan tashqari „Greater Central Asia“ yoki, Kengroq Markaziy Osiyo atamasi boʻr. Bu hududga, bazi siyosatchilar va tadqiqotchilar, ushbu zikr etilgan davlatlardan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, hatto Hindistonning bazi qismlarini ham qoʻshishadi. Markaziy Osiyo darajasida, maʼlum bir maʼnoda hududiy hamkorlik harakatlari ham mavjud. Bu harakatlarning misolida Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotini ham koʻrsatish mumkin. Lekin, hozirgacha bunday harakatlarda maʼlum bir tartiblilik va davomiylik boʻlmadi. "YeOII bilan hamkorlik darajasini aniqlashda kutilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni to‘liq hisobga olish va chuqur tahlil qilish lozim", deydi ekspert Akram Umarov.
"Ayni damda Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb bilaman", deydi Akram Umarov. Afg‘onistondagi vaziyat. 2016 yilda nihoyasiga yetgan doktorlik dissertatsiyam mavzusi hozirgi vaziyatda Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini ta’minlashda afg‘on omili ahamiyatiga bag‘ishlangan edi. Ushbu ilmiy ishda men ilgari surgan asosiy g‘oya Afg‘onistonga uzoq yillar davomida O‘zbekistonga va butun mintaqaga xavf-xatar manbai sifatida qarashlar ushbu mamlakatdagi mojaroli vaziyatni yanada og‘irlashtiruvchi omillardan biri ekanidir. Ayni yondashuv Afg‘onistonning asrlar davomida Markaziy Osiyo mintaqasi bilan shakllangan chuqur va keng qamrovli aloqalarini deyarli to‘liq cheklab qo‘ygan va xavfsizlik nuqtai nazari boshqa barcha yo‘nalishlardan ustun qo‘yilgan. Men ilmiy ishimda qo‘shni mamlakatga bunday munosabatni o‘zgartirishga, o‘zaro manfaatli hamkorlikka yo‘l ochish zarurligiga urg‘u berganman. Turli tashqi kuchlarning Markaziy Osiyo mintaqasidagi manfaatlari va amalga oshirayotgan siyosati tahlili. Men ushbu yo‘nalishda AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yevropa Ittifoqi, Eron, Turkiya va boshqa davlatlarning ustuvor manfaatlari hamda ularning mintaqa mamlakatlari barqaror rivojlanishi va tashqi siyosati shakllanishiga ta’sirini o‘rganaman. Bunda, albatta, ushbu davlatlarning Markaziy Osiyo bilan xavfsizlik, siyosat, energetika va iqtisodiyot sohalaridagi o‘zaro aloqalari, ularning o‘zgarish dinamikasini doimiy ravishda kuzatib, tahlil qilib boraman. Nihoyat, so‘nggi paytlarda mintaqa mamlakatlarining ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratyapman. Yaqinda yakunlangan tadqiqotim Qirg‘izistonning mustaqillik yillarida chet mamlakatlar va turli xalqaro tashkilotlardan olgan moliyaviy yordamining mamlakat ravnaqi, amalga oshirilgan turli islohotlar natijasiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ushbu izlanishning dastlabki natijalari tashqi moliyaviy yordamga qaramlik, ya’ni yalpi ichki mahsulot shakllanishida uning ulushi katta bo‘lishi ayrim hollarda davlat islohotlari unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Fikrimcha, mintaqadagi ichki salohiyatdan oqilona foydalanish barcha mamlakatlar taraqqiyoti garovi bo‘lishi mumkin. Keyingi ilmiy faoliyatimda ham Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror rivojlanishga erishish yo‘lidagi muammolarini tahlil qilishga ko‘proq e’tibor qaratishni rejalashtirganman. Umarov Xitoy anchadan beri o‘z “yumshoq kuchi”ni (soft power) mintaqamizda kuchaytirishga taraddud ko‘rib kelayotgani, ushbu siyosat nimalarga erishishi mumkinligi haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi. ‒ Xitoyning Markaziy Osiyodagi “yumshoq kuchi” boshqa yirik mamlakatlar (Rossiya va AQSh) bilan solishtirganda, ancha ortda qolmoqda. Rossiya “yumshoq kuchi”ni ko‘proq rus tilining mintaqamizda qaror topgan maxsus o‘rni, umumiy tarix va ommaviy axborot vositalari orqali ilgari surmoqda. AQSh esa yoshlarga ko‘plab ta’lim olish imkoniyatlari va rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan mintaqa xalqlari e’tiborini tortmoqda. Xitoy ham shunga o‘xshash vositalar bilan Markaziy Osiyodagi ta’siri va jozidaborligini oshirishga urinmoqda. So‘nggi yillarda Xitoy hukumati mintaqa yoshlariga o‘z universitetlarida ta’lim olishi uchun minglab grantlar ajratmoqda, xitoy tili va madaniyatini o‘rganishga mo‘ljallangan Konfutsiy institutlari sonini ko‘paytirish hamda madaniy hamkorlik darajasini oshirish orqali “yumshoq kuchi”ni rivojlantirishga harakat qilyapti. Biroq so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida aholining Xitoyga qarshi chiqishlari sinofobiya haligacha keng tarqalganidan dalolat beradi. Koronavirus epidemiyasi tarqalishi ham Xitoyga o‘qishga borishga intilayotgan yoshlar soni kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xitoy madaniyatini to‘laqonli ko‘rsatishga mo‘ljallangan teleko‘rsatuvlar, televizion seriallar va xitoylik ijodkorlarning mintaqaga safarlari, xitoylik kompaniyalarning mintaqa iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan hissasini omma e’tiboriga taqdim eta bilish ushbu mamlakat imijining Markaziy Osiyo xalqlari ko‘z o‘ngida ijobiy tarafga o‘zgarishiga xizmat qilishini kutsa bo‘ladi. Ekspert O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)gaqo‘shilsa, qaysi sohalarda ijobiy natijalarga erishishi mumkinligi haqida ham gapirdi. YeOII bilan hamkorlik darajasini aniqlashda kutilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni to‘liq hisobga olish va chuqur tahlil qilish lozim, deb hisoblayman. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ushbu masala bo‘yicha e’lon qilingan ba’zi tadqiqotlarda asosiy e’tibor kutilayotgan iqtisodiy oqibatlarni o‘rganishga qaratilmoqda va umuman olganda, ko‘plab ijobiy natijalar kutilayotgani ta’kidlanmoqda. Bunda mamlakatimizning transport va logistika, tovarlar eksportini oshirish hamda ittifoqqa a’zo mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga qulayliklar yaratish kabi masalalar e’tibor markazida bo‘lib qolmoqda. Men iqtisodchi emasman, shu sababli bunday xulosalarga professional va to‘laqonli baho berishim qiyin. Biroq mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston tashqi savdosida hozirgacha qo‘shni va boshqa postsovet mamlakatlarining salmog‘i katta bo‘lib qolayotganini ta’kidlamoqchiman. Shuningdek, tashqi yirik bozorlarga chiqish uchun tranzit yo‘llar hali ham, asosan, postsovet mamlakatlari hududi orqali o‘tishiga e’tibor berish lozim, deb o‘ylayman. Shu sababli ushbu ittifoq bilan chuqur integratsiyalashuv yo‘lini tanlash mamlakatimizning tashqi eksport bozorlarini va marshrutlarini diversifikatsiya qilishga bo‘lgan rag‘batlarini so‘ndirishi mumkin. Hozirgi kunda YeOIIga a’zo mamlakatlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan ko‘plab bahslar va ushbu muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega betaraf, adolatli va barcha taraflar tan oladigan mexanizm yo‘qligiga diqqat qilish kerak. Yana potensial a’zolikning siyosiy oqibatlari haqida qisqacha to‘xtalsam. YeOIIning yetakchi mamlakati Rossiya Federatsiyasining jahon hamjamiyatidagi hozirgi o‘rni, boshqa yirik mamlakatlar bilan mavjud ziddiyatlari, unga nisbatan joriy qilingan turli sanksiyalar va ularning iqtisodiyotga salbiy ta’siri chuqur o‘rganilishi lozim. Umumiy xulosam shuki, O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik shakllari va istiqbollarini har taraflama tahlil qilish, turli ekspertlar uchrashuvlarini tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida yoritish va jamoatchilik e’tiboriga taqdim etish lozim. Ushbu maqolada bildirilgan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yoki O‘zbekistondagi boshqa biror muassasa nuqtai nazarini aks ettirmaydi. OSHKENT, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. "Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2021 yil 15 iyuldagi sonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Fanlar akademiyasi akademigi Akmal Saidovning “Markaziy va Janubiy Osiyoga yangicha geosiyosiy mezon bilan yondashuv" sarlavhali maqolasi chop etildi. Quyidagi ushbu maqolaning to‘liq matni keltirilmoqda. “Zamonaviy dunyo duch kelayotgan jadal global o‘zgarishlar nuqtai nazaridan qaraganda, Markaziy Osiyo hududi mintaqaviy rivojlanishning barcha jihatlariga — siyosat va iqtisodiyot, ekologiya va madaniy-gumanitar mezonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy geosiyosiy o‘zgarishlar davrini bosib o‘tayoganini kuzatish mumkin. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yili Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida qayd etganidek, “Ma’lumki, Markaziy Osiyo geostrategik joylashuviga ko‘ra, ming yillar davomida jahon miqyosidagi jarayonlar markazida bo‘lib kelgan. Bizning mintaqamiz doimo o‘zining boy madaniy-tarixiy merosi bilan Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘laydigan noyob ko‘prik bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu qutlug‘ zaminda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk gumanist olimlar, mutafakkir va shoirlar yashab ijod qilgan. Bu yerda ulkan tabiiy zaxiralar, katta insoniy salohiyat mavjud”. Markaziy Osiyo tamaddunining o‘ziga xosligi Markaziy Osiyo bo‘yicha olib borilgan ko‘p sonli tadqiqotlar natijalari mintaqaning insoniyat rivojlanishidagi o‘rni nechog‘li muhim ekanidan dalolat beradi. YuNESKO shafeligida chop etilgan olti jildlik “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining tarixi” kitobi ana shu masalani yoritishga bag‘ishlangan. Birinchi xususiyat. Bu ko‘hna zaminda arxeologlar tomonidan aniqlangan kashfiyotlar, bir tomondan, ularning betakrorligidan, ikkinchi tomondan — qo‘shni sivilizatsiyalar bilan erta va yaqin aloqalardan dalolat beradi. Bu yerda qariyb uch ming yil avval Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Eron xalqlarining ko‘p qirrali ma’naviy-tarixiy yodgorligi — “Avesto” yaratilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu qadimiy yozma asar yakkaxudolik (monoteizm) g‘oyasini ilgari surib, insoniyat dunyoqarashiga, falsafa, davlat va huquq tizimining rivojlanishiga, dunyoda yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasi g‘oyalari tarqalishiga, adolatli ijtimoiy boshqaruv, ezgu ish va ezgu amal, munosabatlarning o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida qurilishi kabi omillarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Ikkinchi xususiyat. Markaziy Osiyo mintaqasida davlatchilik asoslari shakllangan va Harappa sivilizatsiyasi, So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm, ahamoniylar davlati, Yunon-Baqtriya va Kushon podsholigi, Turk xoqonligi, Temuriylar va Boburiylar saltanatlari tarixda chuqur iz qoldirgan. Uchinchi xususiyat. Rivojlangan infratuzilma mintaqa xalqlariga asrlar davomida Qadimgi Rim, Qadimgi Xitoy (Buyuk Ipak yo‘li) bilan muvaffaqiyatli savdo-sotiq olib borish imkonini berdi. Hindiston bilan savdo ishlarini yuritishda eng ommaviy yo‘nalishlardan biri (Buyuk hind yo‘li) Qadimgi Baqtriya orqali o‘tgan. Jadal savdo aloqalari, migratsiya oqimi, ilmiy g‘oyalar va o‘zaro madaniyatlar almashinuvi Markaziy Osiyo bilan qo‘shni Janubiy Osiyo o‘rtasida yaqin hamda ko‘p qirrali hamkorlikni shakllantirdi. To‘rtinchi xususiyat. Ushbu ikki mintaqaning o‘zaro hamkorligi tarixi umumjahon rivojlanish jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu ulkan hududni haqli ravishda jahon sivilizatsiyasining eng qadimgi beshigi, deb atash mumkin. Masalan, Markaziy Osiyoning Janubi-g‘arbiy hududidagi eng ko‘p o‘rganilgan madaniy yodgorliklar orasida Oltintepa sivilizatsiyasi mavjud. Arxeologlarning topilmalari Oltintepa sivilizatsiyasining Mesopotamiya va Hind vodiysi madaniyatlari, shuningdek, Yaqin Sharqdagi Elam davlati bilan yaqin aloqalaridan dalolat beradi. Beshinchi xususiyat. Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari umumiy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lib, bu ularning buyuk shoiru allomalari — Yusuf Xos Hojib, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muhammad Haydar, Maxtumquli, Mirzo G‘olib, Rabindranat Tagor, Abay, Sadriddin Ayniy va boshqalarning ijodida o‘z ifodasini topgan. Yangi tarixiy davr, ya’ni jahon saltanatlarining “katta o‘yini” davriga kelib esa, asrlar davomida qaror topgan uzviy aloqalar, afsuski, uzilib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining mintaqaviy o‘zaro munosabatlarni tiklash bo‘yicha tashabbuslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqamizning jadal rivojlanish istiqbollari va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini strategik jihatdan teran ko‘ra bilgani tufayli Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni tiklash tashabbusini ilgari surdi. Ushbu geosiyosiy yondashuv tashqi aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali mintaqamizning ulkan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, ilmiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun vujudga kelayotgan yangi imkoniyatlarni tushunishga asoslangan. Hozirgi paytda har ikki mintaqa o‘rtasida o‘zaro aloqalarni tiklash uchun ob’ektiv omillar mavjud. Bugungi kunda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari izchillik bilan amalga oshirilayotgan milliy strategiyalar va tuzilmaviy islohotlar tufayli iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanish yo‘lidan izchil harakatlanmoqda. Shu bilan birga, eng avvalo, savdo, sanoat, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, ijtimoiy muhit sifati va aholi turmush sharoitini yaxshilash sohalarida mintaqaviy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali hal qilishga intilmoqda. AQShlik ekspert F.Starrning fikricha, “Prezident Shavkat Mirziyoyevning transmintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik tashabbusi xalqaro ahamiyatga ega. Shu ma’noda, ushbu tashabbusning amalga oshirilishi O‘zbekistonning global kun tartibini shakllantiruvchi sanoqli davlatlar safidan o‘rin egallashiga olib keladi”. Bu, o‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyevning Prezidentligi davrida O‘zbekiston nafaqat o‘z atrofida Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtira oladigan mintaqaviy yetakchi maqomini mustahkamlashga, balki qo‘shni mamlakatlar uchun ham ularning manfaatlarini ilgari suruvchi ishonchli yetakchi bo‘lishga qodir davlatga aylanganini yaqqol namoyon etadi. Markaziy Osiyo — xavfsizlik, izchillik va barqaror rivojlanish mintaqasi Xorijlik xalqaro ekspertlarning e’tiroficha, hozirgi paytda buning uchun zarur va qulay shart-sharoitlar yaratilgan. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda olamshumul o‘zgarishlar amalga oshirildi va bularning barchasi siyosiy ishonchning mustahkamlanishi, yaqin qo‘shnichilik aloqalarining izchillik bilan rivojlanishi, ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik timsolida o‘z ifodasini topmoqda. Avvalgi tarqoqlik o‘rnini endilikda mintaqa mamlakatlarining o‘zaro ahilligi, qalin do‘stona munosabatlari va yanada faol hamda manfaatli hamkorligi egallamoqda. Ushbu ijobiy o‘zgarishlarning zamirida O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan boshlangan tashqi siyosatning “qayta yo‘lga qo‘yilishi” turibdi. Bu muhim jarayon avvalboshdanoq qo‘shni mamlakatlar bilan murakkab masalalar yechimini izlashga yo‘naltirildi. Bunday to‘g‘ri yondashuv mintaqaning yalpi siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar manzarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Ushbu siyosat asosini “Markaziy Osiyoni xavfsizlik, izchillik va barqaror rivojlanish mintaqasiga aylantirish ustuvorligi” tashkil etadi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvini tashkil etish tashabbusining amalga oshirilishi mintaqamizning siyosiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. 2019 yil 29 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo sammiti ishtirokchilarining qo‘shma bayonotida ta’kidlanganidek, “Markaziy Osiyoda shakllangan mintaqaviy yaqinlashuv tendensiyasi — bu tarixan qaror topgan voqelikdir”. Mintaqaviy hamkorlikka qo‘shimcha turtki berish maqsadida 2020 yilda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro institutini tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu yangi ilmiy tadqiqot institutining maqsadi mintaqa mamlakatlari o‘zaro hamkorligining siyosiy-huquqiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa jihatlarini tahlil etish, Markaziy Osiyoning tarixiy-madaniy merosini tadqiq qilish, milliy madaniy qadriyatlarni asrab- avaylash va mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat. Hozirgi paytda mintaqamizda, koronavirus pandemiyasining oqibatlariga qaramay, hamkorlikning chuqurlashuvi bo‘yicha barqaror tendensiya kuzatilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, Jahon banki mintaqada 2021 yilda 3,7 foiz, 2022 yilda 4,3 foizgacha iqtisodiy o‘sish bo‘lishini taxmin qilmoqda. 70 milliondan ko‘p aholiga ega Markaziy Osiyo keng ko‘lamli iqtisodiy, energetik, tranzit-transport, agrar, shuningdek, intellektual resurslarga boydir. “Boston Consulting Group” xalqaro konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyoti real sektorining investitsiyaviy salohiyati 40–70 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Umuman, Markaziy Osiyoning to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha salohiyati 170 milliard AQSh dollariga teng. Dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining global ko‘lamda kamayib borishi asnosida Markaziy Osiyo mo‘’tadil o‘sish sur’atini namoyish etmoqda va xalqaro sarmoya uchun yangi “frontir”ga, ya’ni tarixiy ahamiyat kasb etadigan makonga aylanishi hech gap emas. Ayni paytda dengizga olib chiqadigan yo‘li bo‘lmagan va eng yaqin bandargohlardan uch ming kilometr olisda joylashgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining geosiyosiy barqarorligi va mo‘’tadil iqtisodiy rivojlanishi ko‘p jihatdan yalpi maqsadlarga erishish va strategik vazifalarni hal qilish maqsadida yaqindan mintaqaviy hamkorlik qilishga bog‘liq. Shunday qilib, Markaziy Osiyo mintaqalararo hamkorlik bosqichining tamomila yangi bosqichiga ko‘tarilish uchun siyosiy jihatdan har tomonlama muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi juda ham muhim. Shu nuqtai nazardan, Janubiy Osiyo mintaqasi Markaziy Osiyo uchun tashqi iqtisodiy hamkorlikning o‘ta muhim strategik yo‘nalishini taqdim etadi. Janubiy Osiyo: geoiqtisodiy salohiyat Janubiy Osiyoning jahon xo‘jalik aloqalari tizimidagi roli va ta’siri tobora ortib bormoqda. Umumiy aholi soni qariyb ikki milliard kishiga teng bo‘lgan, YaIM yiliga 6,6–7,2 foiz o‘sayotgan, nominal YaIM 3,461 trillion dollarni tashkil etuvchi ushbu mintaqa bugungi kunda global iqtisodiy markazlardan biri hisoblanadi. Har ikki mintaqa o‘rtasida tovar almashinuvi hajmi ortib bormoqda. Xususan, 2020 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning Janubiy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdosining umumiy hajmi 1,38 milliard dollarni (yoki 3,8 foiz) tashkil etgan. Qozog‘istonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdosining umumiy hajmi 2,3 milliard dollarga (2,3 foiz) teng. Umuman olganda, 2020 yil yakunlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi qariyb 4,4 milliard dollarni tashkil etdi. Demak, kelgusida bu tendensiya tobora va tez sur’atlarda kuchayib borishi tayin. Markaziy Osiyo mamlakatlarining energetika salohiyatiga Janubiy Osiyoning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotida talab izchil kuchaymoqda. Bu Markaziy Osiyodan Afg‘oniston orqali janubiy yo‘nalishda elektr energiyasi uzatish tarmog‘i qurilishi bo‘yicha loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun shart-sharoit yaratadi. Markaziy va Janubiy Osiyo energetika nuqtai nazaridan bir-birini to‘ldiradi. So‘nggi o‘n yillikda Markaziy Osiyo davlatlaridan Pokiston va Hindistonga gaz hamda elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilayotgani bejiz emas. Ana shunday loyihalar orasida Afg‘oniston elektr energetikasini rivojlantirish bo‘yicha CASA-1000 va Pokiston, kelajakda esa Hindiston ishtirokida mintaqaviy elektr tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, Turkmaniston — Afg‘oniston — Pokiston — Hindiston (TAPH) gaz quvurini o‘tkazish, shuningdek, Afg‘oniston Islom Respublikasi energiya tizimini O‘zbekiston va mintaqaning energiya tizimiga ulash imkonini beruvchi “Surxon — Puli Xumri” elektr energiyasi uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha loyihalar alohida o‘rin tutadi. Qo‘shma ishlab chiqarish infratuzilmasi va tegishli keng ko‘lamli kommunikatsiya tarmog‘i yaratilmasa, mintaqaviy integratsiya samara bermaydi. Bu o‘rinda Markaziy Osiyo mintaqasining muhim transport kommunikatsiyalari uzeli sifatidagi strategik ahamiyati kattadir. Mintaqamiz yaqin orada Shimol va Janub, G‘arb va Sharq o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘inga aylanishi mumkin va shunday ham bo‘lmoqda. Ayni paytda mintaqa o‘zining transport-kommunikatsiya salohiyatini va dengiz bandargohlariga chiqish imkoniyatini oshirib bormoqda. Hind okeani tomon yangi transport yo‘laklarining ochilishi Markaziy Osiyo mamlakatlariga Hindiston, Pokiston va Janubiy Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilishda qit’alararo tashuvlar imkoniyatini yaratadi. Ayni paytda Shimol — Janub yo‘nalishida yuklar oqimining ko‘payishi G‘arb — Sharq yo‘nalishi bo‘yicha savdo aylanmasining transport-logistika muammolarini samarali hal qilishga, Yevropa Ittifoqidan XXRga yuklarning harakatlanishiga nisbatan Xitoydan G‘arb tomon yuk oqimining ko‘payishi bilan bog‘liq muvozanatsizlikni to‘g‘rilashga ham yordam berishi mumkin. ASEAN va umuman, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqalarining o‘zaro transport bog‘liqligini yaxshilashda tom ma’noda ishonchli va hurmatga sazovor hamkorlarimizga aylanishlari mumkin. Natijada ular Hind okeani bandargohlari hamda Janubiy va Markaziy Osiyo temir yo‘llari orqali Yevroosiyo va Sharqiy Yevropa bozorlariga yanada qulay chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Afg‘oniston – mintaqani o‘zaro bog‘lovchi markaz Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikning asosiy bo‘g‘ini — umumiy mintaqamizning ajralmas qismi hisoblangan Afg‘onistondir. Bugungi kunda Afg‘onistonning xalqaro infratuzilma loyihalariga integratsiyalashuvi va Markaziy Osiyo davlatlarini Janubiy Osiyo mintaqasi bilan bog‘lashga mo‘ljallangan transport yo‘laklarini rivojlantirishning yangi strategik imkoniyatlari ochilmoqda. Shu sababli BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi doirasida davlatimiz rahbari tomonidan mintaqamizning global iqtisodiy va transport yo‘laklariga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash uchun BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish tashabbusi ilgari surildi. Germaniyalik ekspert G.Knabening ta’kidlashicha, Afg‘oniston azaldan tranzit mamlakat — tarixan transmintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikning asosiy bo‘g‘ini, ta’bir joiz bo‘lsa, hamkorlik ko‘prigi hisoblanadi. Binobarin, Afg‘onistonning keyinchalik yo‘qolib qolgan ana shu o‘ta muhim rolini tiklash orqali ikki mintaqa o‘rtasidagi barqarorlikni “jipslashtiruvchi” mexanizmga ega bo‘lishimizga shubha yo‘q. Rossiyalik ekspert T.Bordachyov esa O‘zbekistonning transmintaqaviy loyihalarni amalga oshirishni birinchi o‘ringa qo‘yishi mutlaqo to‘g‘ri, chunki ushbu loyihalar Afg‘onistonda tinchlik uchun o‘zaro maqbul formulani qidirib topishning asosiy drayverlariga aylanishi mumkin, degan fikrda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Afg‘onistonning iqtisodiy rekonstruksiyasi uchun yanada qulay sharoit yaratish, uning mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga yanada samarali integratsiyalashuvi va ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish hamda barqaror rivojlanishiga qo‘shni davlatlarning qiziqishini mustahkamlash — bularning barchasi Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish dasturining ulkan samarasi bo‘lishi tayin. Shunday qilib, O‘zbekiston tashabbusi bilan “Mozori sharif — Kobul — Peshovar” temir yo‘lining qurilishi Afg‘oniston tashqi savdosining 50 foiz o‘sishini ta’minlashi va tranzitdan Kobulga yiliga 400–500 million dollar daromad kelishi mumkin. O‘z navbatida, Janubiy Osiyo mamlakatlari nuqtai nazaridan ushbu temir yo‘l tarmog‘ining ishga tushirilishi Markaziy Osiyo, MDH va Yevropaga tovarlar yetkazib berish muddatini sezilarli darajada qisqartiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlari nuqtai nazaridan esa transafg‘on yo‘lagi Janubiy Osiyoning istiqbolli bozorlariga mutlaqo yangi va eng qisqa yo‘lni ochib beradi. Umuman olganda, ushbu magistralning ishga tushirilishi Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining inklyuziv iqtisodiy rivojlanishga erishishi uchun qudratli platformani yaratadi. Loyiha Afg‘oniston ichki transport-kommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish, Markaziy va Janubiy Osiyoning yanada keng infratuzilmaviy o‘zaro bog‘liqlikning ajralmas qismiga aylanishiga xizmat qiladi. Rossiya, Xitoy va AQSh mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Jahon banki, OTB, YeTTB, ITB, OIIB, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi vakillari Peshovar yo‘nalishida temir yo‘l qurilishiga qiziqish bildirdi. Markaziy Osiyo davlatlari va Eron orqali Hindistonga, Yaqin Sharq mamlakatlariga hamda qaytish yo‘nalishida — Yevroosiyo va Xitoy tomon transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda tovarlar tranziti Afg‘onistonga ham sezilarli samara keltirishi mumkin. Bu yo‘nalishda Shimol — Janub va G‘arb — Sharq yo‘nalishlari bo‘ylab transport yo‘laklarini bog‘laydigan Markaziy Osiyo transport yo‘laklari rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasining “Bir makon, bir yo‘l” keng transport yo‘laklari tarmog‘iga kiritilishi va Hind okeani portlariga chiqishi Afg‘onistonning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol bog‘lanishini ta’minlaydi. Transmintaqaviy magistrallar bilan ulanadigan “Mozori sharif — Kobul — Peshovar” trassasi kabi yirik iqtisodiy loyihalar Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish va bu mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi birlashtiruvchi sa’y-harakatlarning boshlanishidir. Ikki mintaqaning o‘zaro transport-iqtisodiy bog‘liqligini mustahkamlash Osiyo qit’asi bo‘ylab savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, Markaziy Osiyo mintaqasi yirik transport va keyinchalik iqtisodiy markazga aylanishi muqarrar. Xalqaro anjumandan kutilayotgan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etilmoqda. Konferensiya yakunlariga ko‘ra, birinchi navbatda, ikki mintaqaning transport va tranzit salohiyatini amaliyotga joriy etish, istiqbolli bozorlarga chiqish, eksportni kengaytirish, investitsiyalar, innovatsiyalar va texnologiyalarni jalb etish, gumanitar va sayyohlik almashinuvlarini faollashtirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. Ikkinchidan, ushbu mintaqalarda innovatsion muhit yaratish, yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, albatta, zamonaviy transport-kommunikatsiya infratuzilmasi, Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo va boshqa mintaqalar bilan bog‘laydigan telekommunikatsiya, ishlab chiqarish va texnologik tarmoqlarni rivojlantirish uchun kuchli turtki bo‘ladi. Uchinchidan, eng muhimi — mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash tashabbusi dunyoning keng, strategik jihatdan muhim hududida innovatsion iqtisodiy o‘sish, barqaror taraqqiyot va tinchlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, uning olg‘a rivojlanishi yaqin o‘n yillikda ko‘p jihatdan dunyo rivojlanishi dinamikasi va xarakterini belgilab beradi. To‘rtinchidan, xalqaro konferensiya natijalari nafaqat Prezident Shavkat Mirziyoyev ulkan integratsiya loyihasi g‘oyasining muallifi ekanini shoyon etadi, ayni chog‘da O‘zbekistonga mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik sari ulkan transmintaqaviy yo‘lni ochishga harakat qilayotgan o‘ziga xos "lokomotiv", ya’ni yetakchi maqomini ham taqdim etadi. Beshinchidan, xorijlik ekspertlar davlatimiz rahbari tashabbusiga O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosat strategiyasining mantiqiy davomi sifatida baho beradilar. Anjuman doirasida Toshkent tashqi hamkorlarni submintaqaviy miqyosdagi loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikka chaqiradi. Bu dadil odimlar bugungi kunda O‘zbekistonning butun dunyo qo‘llab-quvvatlayotgan Afg‘oniston borasidagi siyosatini, ayniqsa, har jihatdan to‘ldiradi. Darhaqiqat, Shavkat Mirziyoyev siyosiy bashorat, ya’ni oldindan ko‘ra bilish va to‘g‘ri chamalashdek noyob qobiliyatga ega”. 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tadi. Yuqori darajadagi tadbirni yoritish uchun O‘zbekistonga 90 ga yaqin xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurmoqda.
Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yangi ochiq tashqi siyosiy strategiyasi doirasida ilgari surildi. Ushbu g‘oya Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish orqali mintaqamiz bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-sivilizatsion yo‘nalishlarda tarixan chambarchas bog‘liq bo’lgan hudud - Janubiy Osiyoga chiqishni nazarda tutadi. Mazkur konferensiya transport-logistika, energetika, savdo, ishlab chiqarish, investitsiya, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda “Markaziy Osiyo - Janubiy Osiyo” formatidagi o‘zaro manfaatli strategik aloqa modelini ko‘p tomonlama muhokama qilish uchun siyosiy va ekspertlar maydonini shakllantirishga mo‘ljallangan. Tadbir ochilish marosimi, bitta yalpi majlis, uchta seksion yig‘ilish va yakuniy qismdan iborat bo‘ladi. Konferensiyada 40 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 250 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. 15-iyul kuni soat 15:00 dan 16:30 gacha Toshkentda Markaziy Osiyo Xalqaro Institutining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Institutning ochilish marosimida Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari va mutaxassislari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 16-iyul kuni konferensiya ishi “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik” mavzusidagi yalpi majlis bilan boshlanadi. Tadbir mobaynida BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning murojaati, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqi, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari, xalqaro moliya tashkilotlari boshliqlarining chiqishlari rejalashtirilgan. Majlis doirasida Markaziy va Janubiy Osiyodagi mintaqalararo hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari, o‘zaro aloqalarning muvaffaqiyatli namunalari, ikki mintaqani o‘zaro bog‘lashga xizmat qiluvchi istiqbolli infratuzilma loyihalari ko‘rib chiqiladi. “Barqaror o‘sishga xizmat qiluvchi savdo va transport aloqasi” nomi ostidagi birinchi seksion yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilinadi: - mintaqalararo aloqani kuchaytirish asnosida Markaziy va Janubiy Osiyo iqtisodiyotini modernizatsiya qilish istiqbollari; - Markaziy va Janubiy Osiyoda transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari, shu jumladan mavjud transport koridorlarini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish; - xorijiy hamda xalqaro moliya va investitsiya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va boshqa masalalar; “Madaniy-gumanitar aloqalarni tiklash do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash vositasi sifatida” mavzusidagi ikkinchi seksiyada quyidagilar ko‘rib chiqiladi: - Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy va madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib qilish sohasidagi hamkorlik; - ta‘lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yoshlar manfaatlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash, fan va texnika, ekologiya, turizm sohalaridagi o‘zaro faoliyat. “Mintaqaviy xavfsizlik. Qarshiliklar va tahdidlar” mavzusiga bag‘ishlangan uchinchi seksiyada yangi xatar va tahdidlarga qarshi kurashda, shuningdek, transchegaraviy infratuzilmalar xavfsizligini ta’minlashda mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratilaJoriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi va mintaqaviy hamkorlik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar matbuot xizmati xabar bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, o‘zaro manfaatli va yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni ta'minlashni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi. O‘zbekiston rahbari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga doir strategik qarashlarini 2017 yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida batafsil bayon qildi. So‘ng o‘tgan yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi konferensiyada davlat rahbari Markaziy Osiyo, jumladan, Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi qo‘shma sa'y-harakatlarning keng qamrovli dasturini taklif etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi, uning Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi joriy vaziyat, uni rivojlantirish istiqbollariga bergan bahosi xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi. Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Yevroosiyoning “yuragi”da joylashgan mintaqamiz Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prikdir». Mintaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu yerda ko‘plab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud. Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Markaziy Osiyoda qudratli davlatlarning manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o‘choqlariga tutash bo‘lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro‘y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta'sirini his etmoqda. Shu munosabat O‘zbekiston Prezidenti adolatli savollarni o‘rtaga tashladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? Bu yerda qanday kuch ustun keladi – nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki hamkorlik va taraqqiyotmi? Bu savolga javob ravshan – eng avvalo, barchasi Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning umumiy kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga nechog‘li tayyorligiga bog‘liq. Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdor. Davlat rahbari bir necha bor ta'kidlaganidek: «bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa'y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat». Ayni paytda eng dolzarb va o‘tkir muammolardan biri – qo‘shni Afg‘onistondagi nizoni hal qilmasdan turib kelajakda turgan maqsadlarga erishishning iloji yo‘q, chunki u tarixiy va geosiyosiy jihatdan mintaqamizning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish – Markaziy Osiyoning barqarorligi va taraqqiyoti kafolatidir. Samarqanddagi xalqaro anjumanda so‘zga chiqar ekan, O‘zbekiston Prezidenti xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yalpi xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri da'vat qildi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta'minlashi, Hindiston, Eron va Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin. Shu munosabat bilan Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatishning asosiy masalalari bo‘yicha keng va qat'iy xalqaro konsensusni tasdiqlash, mamlakatda milliy yarashuv bo‘yicha afg‘onistonliklar rahbarligida va ularning sa'y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston doimo Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solishning qat'iy tarafdori hisoblangan va shunday bo‘lib qoladi. Mamlakatimiz qo‘shni davlatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Shu jihatdan Shavkat Mirziyoyev tomonidan Afg‘oniston bilan hamkorlikda joriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi va mintaqaviy hamkorlik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini o‘tkazish tashabbusining ilgari surilishi O‘zbekiston rahbariyatining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha umumiy strategiyasining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Mamlakatimiz afg‘on muammosiga bag‘ishlangan deyarli barcha xalqaro forumlarda faol ishtirok etmoqda. «Kobul jarayoni», «Moskva formati», «Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni» forumi, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro aloqa guruhi, «ShHT – Afg‘oniston» aloqa guruhi, Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi shular jumlasidandir. 19 yanvar kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonidan Toshkent forumining qo‘shma taqdimoti tashkil etildi. Toshkentdagi konferensiya 28 fevral kuni Afg‘oniston poytaxtida o‘tgan «Kobul jarayoni»ning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng bo‘ladi va xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Konferentsiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqadilar. Toshkent uchrashuvida ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va tashkilotning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari taklif etilgan. Forum ishtirokchilari mintaqaviy va global darajada tez orada Afg‘oniston hukumati bilan «Tolibon» harakati o‘rtasida hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish zaruriyati xususida qat'iy nuqtai nazarni bayon etilishi kutilmoqda. Konferentsiya yakuni bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, unda quyidagi muhim jihatlar o‘z aksini topishi ko‘zda tutilmoqda: birinchidan, tinchlik jarayoni afg‘onistonliklarning bevosita rahbarligi va ularning sa'y-harakatlari bilan BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari va qarorlari nizomlariga muvofiq amalga oshishi kerak; ikkinchidan, qurolli muxolifat Afg‘onistonning siyosiy hayotiga kafolatli integratsiya qilinishi va qonuniy siyosiy kuch sifatida e'tirof etilishi tinchlik jarayonining muhim omili hisoblanadi; uchinchidan, xalqaro hamjamiyat terrorizmning har qanday shakl va ko‘rinishiga qarshi bo‘lib, transmilliy terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilik tahdidlari nafaqat Afg‘oniston, balki umuman butun mintaqa va jahonning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga umumiy xavf sanalishini e'tirof etadi. Toshkent konferensiyasi arafasida, shuningdek, hamkorlikning yangi shaklidagi «Markaziy Osiyo + Afg‘oniston» (C5+1) dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu format Afg‘onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyasi, umummintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Toshkent konferensiyasi xaqidagi tashabbusni ilgari surar ekan, O‘zbekiston uni bir martalik tadbir sifatida o‘tkazish bilan cheklanib qolmay, undan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar doirasida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasidagi siyosiy jarayonga ko‘maklashishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshirish asnosida O‘zbekiston afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan yechish bo‘yicha siyosiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu jarayonda asosiy rol va javobgarlik o‘z mamlakati kelajagini belgilashi va qurishi kerak bo‘lgan afg‘onistonliklarning zimmasida ekanini yana bir bor ta'kidlash joiz. Toshkent konferensiyasi oldida turgan yuksak maqsadlar, shuningdek, uning ishida BMT Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a'zolari, ShHTga a'zo davlatlar va Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ishtirok etishi butun dunyoda forum ishiga katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tadbirni yoritishda qatnashish uchun jahon ommaviy axborot vositalari vakillarining katta guruhi tashrif buyurishi kutilmoqda. O‘zbekiston poytaxtidagi xalqaro uchrashuv yakunlari Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, uning izchil rivojlanishi uchun sharoit yaratish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, afg‘on xalqining farovonligini oshirish va uni mintaqa va umuman butun dunyodagi bunyodkorlik jarayoniga jalb etishga xizmat qilishi shubhasiz. Toshkent forumining muvaffaqiyati mintaqa davlatlarining tinchlik va taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan holda, birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan umumiy muammolarni hal etishga qodirligini namoyon qilishi darkor. AREC Osiyo taraqqiyot banki loyihasi bo‘lib, “to‘rtta ustuvor soha: transport, savdoga ko‘maklashish, energetika va savdo-sotiq siyosati bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik”ka ko‘maklashishga xizmat qiladi. Hukumat amaldorlari va kompaniyalar vakillari CAREC-ka a’zo mamlakatlarida XXI asrning muqobil, yashil energiya manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishga oid g‘oyalarini taqdim etdi. Ushbu loyiha Afg‘oniston, Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni qamraydi. Ma’ruzachilar bildirishicha, bu faqatgina ekologiya masalasi emas. CARECka a’zo ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa, Markaziy Osiyoda necha o‘n yillar oldin qurilgan elektrostansiyalarda haligacha ko‘mir, gaz yoki neft yoqiladi. Ular o‘rnini geotermal, quyosh, shamol yoki suv energiyasidan foydalanib ishlaydigan stansiyalarga bo‘shatib berishi kerak, chunki uglevodorod yonilg‘isi bilan ishlaydigan stansiyalarning xarajatlari ularnikidan ko‘p. Qazib olinadigan yonilg‘i bilan ishlaydigan elektr stansiyalari samaradorligi ham past. Kichik qishloqlarga elektr quvvati yetkazib berish uchun elektr quvvatini uzatuvchi liniyalarni yuzlab kilometrlarga tortib borish kerak bo‘ladi. Ushbu liniyalarda elektr quvvatining muayyan qismi yo‘qoladi. Hatto yangi texnologiyalar qo‘llanganda ham, uzoqdagi elektrostantsiyalardan uzatilayotgan quvvatning 10 foizi yo‘lda isrof bo‘ladi. Yashil manbalardan olinayotgan elektr quvvati yirik shaharlar va ulkan elektrostansiyalardan yuzlab kilometr naridagi qo‘rg‘on va qishloqlar aholisining unga bo‘lgan ehtiyojini yaxshiroq qondirishi mumkin. Viloyat yoki tuman markazlaridan yiroqlardagi aholi yashash joylarini quvvat bilan ta’minlash uchun quyosh yoki shamol energiyasini elektrga aylantirib beruvchi elektrostansiyalar qurish kerak bo‘ladi. Ular aholini yorug‘lik yoki issiqlik bilan ta’minlabgina qolmasdan, yangi ish joylari yaratuvchi yangi korxonalar ochish imkonini ham beradi. Quyosh energiyasi zarur quvvat manbai bo‘la oladi. “Insoniyat tamadduni quyosh yelkamizni kuydirayotgan paytda yerga tikilishga juda ko‘p vaqt sarfladik”, dedi OTB vakili Suhayl Hasnie konferensiyada. 100 vatt elektr quvvati ishlab chiqaradigan bitta quyosh panelining narxi 2016 yili, taxminan, 37 dollar edi. Ammo joriy yil oxiriga borib, bu ko‘rsatkich 24 dollargacha pasayishi kutilmoqda. Ushbu tamoyil davom etaveradi. Markaziy Osiyo quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay yerda joylashgan,u yerdagi mamlakatlarda har yili o‘rtacha 250 kun quyoshli bo‘ladi. Qirg‘iziston Transport vazirligi vakili Marina Asanqulova gidroenergetika resurslariga boy mamlakatida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish yo‘llari axtarilayotganini aytdi. Qayd etilishicha, quyosh energiyasi bilan gidroenergetika yonma-yon rivojlanishi mumkin. Bir taqdimotda Xitoy Uch dara degan joyda yashil energiya manbalarini suzib yuruvchi quyosh elektrostansiyasi bilan omuxta rivojlantirish loyihasini amalga oshirishga yordam berayotgani aytildi. Qizig‘i shundaki, o‘sha joyda bir vaqtlar ko‘mir koni bo‘lgan va uni suv keyinchalik suv bosib ketgan ekan. 151 million dollarlik suzib yuruvchi quyosh elektrostansiyasi 150 megavatt elektr quvvati ishlab chiqaradi va bu 50 ming uyni elektr bilan ta’minlash uchun kifoya qiladi. Tojikiston noyabrda Rog‘un gidroelektrostansiyasining birinchi turbinasini ishga tushirmoqchi. U yerga jami 6 ta turbina o‘rnatilib, 3600 megavatt quvvat ishlab chiqariladi. Rog‘un suv ombori sathi 110 km2 bo‘lgani uchun u yer suzib yuruvchi quyosh elektrostansiyasi qurish uchun juda qulay. Albatta, gidroelektrostansiyalar qor eriydigan issiq oylarda to‘la quvvat bilan ishlaydi. Ammo har bir kun quyoshli yoki shamolli bo‘lishi qiyin. Shuning uchun Batumida bo‘libo‘tgan EIF forumida elektr quvvatini batareyalarda saqlash bo‘yicha ishlanmalarga oid taqdimotlar ham o‘tkazildi. “Tesla” kompaniyasining o‘ta sifatli litiy-ion batareyalari haqida ham so‘z yuritildi. Kompaniyalar quyosh va shamol energiyasini saqlash borasida olib borayotgan ishlar samaradorligi oshgan sari batareyalarning narxi kamayib bormoqda. ...Lekin bir ishkali bor Men bir lahza chekinish qilmoqchiman, chunki ushbu texnologiya Markaziy Osiyoda kichik miqyosda qanday ishlayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Qirg‘izistonning Toshko‘mir shahri yaqinidagi adirlarda joylashgan yolg‘iz bir uyda chog‘roq shamol tegirmonidan elektr quvvati olinganini eslayman. Qirg‘izistonning uzoq Botken viloyatida bir uyda “kichik gidromanba”dan elektr quvvat olinayotganiga guvoh bo‘ldim: avtomobil shinasi kattaligidagi chig‘ir hovlidan oqib o‘tadigan ariqqa joylashtirilgan ekan. Men bir necha yil oldin kelajak o‘tovi haqida yozgan edim. Ushbu elektr quvvati manbalari arzon va tozadir. Ulardan bir-ikkitasini istalgan joyga o‘rnatish mumkin. Yana bir imkon emasmi? Lekin bitta to‘siq bor, u ham bo‘lsa, yoqilg‘i qazib olish korxonalaridir. Ularning egalari hukumat amaldorlariga yaqin kishilar yoki ularning o‘zalaridir. Shuning uchun yashil yoki energiyaga o‘tish bunga urinayotgan kishilarga muammolar tug‘dirishi mumkin. Download 113 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling