Markaziy Osiyo mashhur allomalarining geometrik izlanishlari


Abu Nasr al Forobiy (873-950)


Download 489.1 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi489.1 Kb.
#1407266
1   2   3   4
Bog'liq
Allomalar

Abu Nasr al Forobiy (873-950)
Forobiy O‘rta Osiyolik buyuk qomuschi olim. Uning to‘liq ismi - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Fo­robiy. U hozirgi Qozog‘istonning, Chimkent viloyatining Aris shahri yaqinida tug‘ilgan. Otasi turk qabilalaridan bo‘lib, harbiy xizmatchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotni u o‘z ona yurtida, Toshkent (Shosh), Buxoro va Samarqand shaharlarida olgan. Keyinchalik ilm ishtiyoqi o‘sha davrning ilmiy markazi bo‘lgan Bag‘dodga etaklagan. Bag‘dodda Foro­biy ham boshqa olimlar singari, avval o‘rta asr fani va turli tillarni o‘rgangandan keyin mustaqil asarlar yoza boshlagan.
Forobiy o‘rta asr fanlarining turli sohalariga doyr 160 ga yaqin asar yozgan. Uni ko‘proq bilimlarning nazariy va falsafiy jihatlari qiziqtirgan. Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar sohasiga va matematikaga qo‘shgan hissasi kattadir. U «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarida o‘rta asrlarda mavjud bo‘l­gan 30 dan ortiq fanning ta’rifini beradi va ularning har birining tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Forobiyning bu asarining birinchi bobi til haqida bo‘lib, asarining ikkinchi bobi mantiq, uchinchi bobi esa matematika haqida yozilgan.
Forobiy matematikaga buyumlarning miqdoriy va fazoviy nisbatlarini o‘rganuvchi fan deb ta’rif beradi va uni ettita qismga ajratadi.
Birinchi qismI arifmeti­ka - sonlar haqidagi fan bo‘lib u na­zariy va amaliy qismlardan iboratdir.
Ikkinchi qismi - geometriya mavjud narsalarning turli qismlari turli shaklda bo‘lganidan va ularni o‘lchashni o‘rganadigan fan zarurligidan bu geometriya fani paydo bo‘lgan. «Shunday qilib, geometriya o‘lchovchi fan, biz u orqali o‘lchovni bilamiz, chiziqlar, sirtlar va hajmlarni o‘zaro taqqoslaymiz» deb yozadi Forobiy.
Uchinchi qismi - kuzatish haqidagi fan optika - u ham geometriyaga tegishli, u figuralarning shakllari, ob’yektlar orasidagi masofalarni yorug‘lik va nurdan foydalanib o‘rganadi.
To‘rtinchi qismi - yulduzlar haqidagi fanga bag‘ishlangan bo‘lib bu astronomiya fani hisoblanadi.
Beshinchi qismi - musiqa ilmi. Musiqa ilmining matematikaga kiritilishining sababi Forobiy kuylar garmoniyasining matematik printsiplarini o‘rga­nadi. «Musiqa hakida katta kitob» asarida kuylar garmoniyasi­ning turli jadvallari va geomet­rik chizmalarini ham keltiradi. Bu asar faqat musiqa nazariyasidan iborat bo‘lmasdan unda Sharqda ma’lum bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, nay kabi musiqa asboblar va ularda kuy ijro etish qoidalari ham berilgan.

Download 489.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling