"Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklaritizimida: strategik istiqbollar vafoydalanilmagan imkoniyatlar" xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga
Download 30.72 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xonimlar va janoblar!
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O'zbekiston yangiliklari "Markaziy Osiyo xalqaro transport yo?laklaritizimida: strategik istiqbollar vafoydalanilmagan imkoniyatlar" xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga Hurmatli konferensiya ishtirokchilari va mehmonlari! Xonimlar va janoblar! Markaziy Osiyo mintaqasining transport masalalariga bag?ishlangan xalqaro forumda ishtirok etayotgan siz, azizlarning barchangizni O?zbekiston zaminida chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz. Bugungi konferensiyada ishtirok etayotgani uchun mehmonlarimiz – xalqaro tashkilotlar, moliyaviy tuzilmalar, diplomatik missiyalar rahbarlariga samimiy minnatdorlik bildiraman. Avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining umumiy sa?y-harakatlari bilan qisqa muddatda mintaqamizda o?zaro ishonch va yaxshi qo?shnichilikka asoslangan yangi siyosiy muhit shakllanganini qayd etishni istardim. Barcha darajadagi muloqotlar faollashdi, amaliy, o?zaro manfaatli va ko?p qirrali hamkorlikni yo?lga qo?yish borasida muhim tarixiy qadamlar tashlandi. Shu yil 15-mart kuni Ostona shahrida bo?lib o?tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi buning yorqin dalilidir. 2018-yil 22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy Osiyo bo?yicha maxsus rezolyutsiya qabul qilingani mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradigan tarixiy voqea bo?ldi. Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlarning hamkorlikka samimiy intilishi va umumiy kelajak uchun mas?uliyatni his etishi mintaqamizning barqaror taraqqiyoti va farovonligining mustahkam kafolatidir. Savdo-iqtisodiy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yangi sur?atlar bilan rivojlanmoqda. Suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarida o?zaro maqbul qarorlar qabul qilishga erishildi. Transport sohasidagi turli cheklov va to?siqlarni bartaraf etishga alohida e?tibor qaratilmoqda. Mintaqa mamlakatlari o?rtasida viza va bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi, qo?shimcha o?tkazish punktlari ochildi, avtomobil, temir yo?l va havo transporti qatnovlari tiklandi va bu borada o?nlab yangi yo?nalishlar yo?lga qo?yildi. 1 / 4 Download 30.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling