Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. A n ’anaviy xo‘jaligi va moddiy m adaniyati
yaxsuvliklar
nomi bilan ataladi. Obimozor daryosi sohillaridagi tojiklar xovalinglar, Sho'robdaryo atrofidagi tojiklar sho ‘robdaryoliklar, Baljuvon hududida yashovchilar baljuvonlilar, Baljuvonning shimoliy-sharqiy qismidagi daralarda yashayotgan tojiklar darachilar, Qizilsuv daryosining o‘ng irmog‘i atrofida joylashgan tojiklar dashtlilar deb ataladi. Shuningdek, Gazimalak tog‘ tizmasida joylashgan tojiklar gazimalaklilar, Varzob havzasidagilar varzoblilar; Qashqadaryo havzasining janubiy-sharqiy qismidagi tojiklar, harduri tojiklari 0 ‘zbekistonning janubiy mintaqalalarida yashovchi lokal etnologik guruh hisoblanadi. Hardurilar mintaqaning qadimiy mahalliy etnologik guruhlaridan biri bo ‘lib, ular asosan, tojik va o ‘zbek tillarida so‘zlashadi. Ushbu etnologik guruh asosan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining to g ‘li hududlarida istiqomat qiladi. Ular Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod va G ‘uzor tumanlari hamda Qarshi cho‘llarida yashab, asosan, tojik va qisman o ‘zbek tilining qarluq lahjasida so‘zlashadi. Ilmiy adabiyotlar va mahalliy aholining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, harduri - har joydan kelib qolgan, yig‘ilib qolgan aholi, deb qaraladi, ya’ni boshqacha ifodalaganda, “qurama” so ‘zining ma'nosiga deyarli mos keladi, lekin, ushbu guruhning quramalar bilan hyech qanday aloqadorligi yo‘q. 105 5.2. A n ’anaviy xo‘jaligi va moddiy m adaniyati Tojik xalqining x o ‘jalik m ashg‘uloti qadim dan asosan, sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik v a b o g ‘dorchilik hisoblanib, chorvachilik ham x o ‘jalikda muhim rol o ‘ynagan. Shuningdek, hunarmandchilikning yog‘och o‘ym akorligi, ganchkorlik hamda kashtachilik Uirlari keng rivojlangan. yem i haydash uchun sipor va omoch ishlatilgan, shuningdek, qo‘shho‘kiz bilan ham yer haydalgan. Haydalgan yem i m ola bilan tekislanib, go‘ng, kul, to ‘kilgan barg va loyqa bilan o ‘g ‘itlangan. Ayrim hududlarda eski devor tuprog‘i, guvala va paxsa o ‘g ‘it sifatida ishlatilgan. Lalmi yerlarga asosan, arpa ekilgan. G ‘andum (bug‘doy), arzan (tariq), jo ‘xori, loviya, no ‘xat, mosh, zig‘ir, lavlagi, piyoz, sabzi, qovoq, qalampir va boshqa ekinlar ekilgan. Hosil asosan, o croq bilan o‘rilgan. G ‘alla turli usullarda yanchilgan bo ‘lib, galagov usuli ko ‘p qo‘llanilgan (bir nechta h o ‘kizni bir-biriga bog‘lab, g‘alla ustida aylantirib yurilgan). Yanchilgan don panshaxa bilan shopirilgan. G ‘alla g‘arami va xirmon oldiga xotin-qizlar, ayniqsa, yosh juvonlar yaqin yoMatilmagan, it va boshqa hayvonlar yaqinlashtirilmagan. Xirmon oldiga suv olib kelish ta'qiqlangan. Chunki, suv g‘allani yanchish vaqtida yom g‘ir yog‘ishini so ‘rash bilan baravar hisoblangan. Yanchilgan don ustidan sakrab o‘tishga ham ruxsat berilmagan. Hozirgi Tojikiston qishloq xo‘jaligining asosiy tarm og‘i - dehqonchilik bo‘lib, jam i qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 65% ni beradi. Unda paxtachilik, ayniqsa, ingichka tolali paxta yetishtirish yetakchi o‘rinni egallaydi. Bog‘dorchilik, uzumchilik va pillachilik rivojlangan. Moyli, sabzavot-poliz va yem-xashak ekinlari, zig ‘ir, kartoshka, g‘alla va sholi ham yetishtiriladi. Tog‘oldi va to g ‘ mintaqalarimng sug‘oriladigan yerlarida tamaki, Hisor va Vaxsh vodiylarida yorongul ekiladi. Sitrus mevalar yetishtirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Tojiklar chorvachilik bilan ham shuglullangan. Tojikiston Respublikasining barcha hududlari, ayniqsa, tog‘ yon bag‘irlarida chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, qo‘y, echki, parranda va yilqi boqiladi. 0 4 - o ‘lan ko‘karishi bilan chorva mollari yaylov va o41oqlarga olib chiqib ketilgan. Chorvador tojiklaming xotin-qizlari 106 birgalashib, navbatma-navbat sigir boqib, kuvi pishirgan. Kuvidan yog‘ va qurut tayyorlangan. Kuvi tojiklarda har xil ko‘rinishda bo‘lgan: guppi, tugl, kul (chagdek). Aholi o ‘rtasida keng tarqalgan hunarlardan eng qadimiysi yigiruvchilik va to ‘quvchilik hisoblangan. Paxta tolasi va qo‘y junidan ip yigirib, gazlama to‘qilgan. T o‘qish uchun urchuq va charx ishlatilgan. B o‘z gazlamani asosan, erkaklar to ‘qigan. Har bir xonadonning ayoli o ‘z oila a'zolari uchun zarur kiyim-kechaklar va do‘ppini o ‘zi tikkan. Kulolchilik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlami deyarli har bir qishloqda uchratish mumkin boMgan. Ular qishloq aholisi uchun zarur xilma-xil idish-tovoqlar yasagan. Ayniqsa, X o‘jand, G ‘ijduvon va Farg‘ona vodiysining boshqa shahar hamda yirik qishloqlarida yashayotgan kulolchilik mahsulotlariga talab doimo yuqori boMgan. Gazlama to‘qish bilan dong chiqargan shahar va qishloqlar ham bor edi. Masalan, Qoratog‘ning shoyi va alachasi, X o‘jandning ipak gazlamasi, 0 ‘ratepaning ragza movuti anchagina mashhur edi. Madan qazib olish, oltin izlash va metall quyish bilan shug'ullanuvchi kosiblar ham kam emas edi. Temirchi, taqachi, ko‘nchi, bo‘yoqchi, yamoqchi va boshqa hunar egalarining soni ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Tojiklar tomonidan qadimdan ardoqlanib kelinayotgan nafis hunar turlaridan biri naqqoshlik va zargarlik hisoblanadi. Naqqoshlik san'atining xilma-xil turlari rivojlanib kelgan. Ganch va yog‘och o ‘ymakorligi, terrakot (kuydirilgan sarg‘ish-qizil loylar) ishlash, xalq kashtachiligi keng tarqalgan amaliy san'at turlari edi. 0 ‘z o ‘mida shuni qayd etish kerakki, tojik ayollari kashta tikish hunarini mukapmmal egallagan edi. Xususan, Samarqand va Buxoroda tojik kashtachilarining mahoratiga teng keladigani bo‘lmagan. Buxoro amiri saroyida baxmalga zar tikish bilan mashhur boMgan bir guruh zargarlar ishlagan. Zarbof to‘n va do ‘ppi tikishning xilma-xil usullari qo‘llanilgan. So‘zana, atlas va duxoba ko‘rpa, har xil xalta, ko‘ylak, belbog4, salla hamda boshqa uy-ro‘zg‘or va marosim kiyimlari chiroyli, rang barang gul hamda kashtalar bilan bezatilgan. Kelinchaklar yuziga tutiladigan nafis parda - ro‘yiband, shuningdek, uchburchak shakldagi guldor tumorchalar o ‘zining nafisligi va go‘zalligi bilan ajralib turadi. Turli bino va im oratlam ing ustuni, shipi ham da peshtoqlaridagi islimiy va girix naqshlar har qanday insonning e'tiborini o ‘ziga tortadi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling