Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

qirg'iz-qaysaq
yoki 
qirg'iz
deb atab kelingan.
Miloddan aw algi I ming yillikda hozirgi Qozog‘iston hududida 
yashagan shak, usun, alan va qangyuy qabila ittifoqlari ham da 
boshqalar qozoqlar etnogenezida dastlabki qatlam hisoblangan. 
Olimlaming fikricha, miloddan aw algi V III-IV asrlarda ushbu 
hududda qadimgi shak qabilalari ko‘chib yurgan. Ular massaget,
136


sarmat, alan, apasiak, augasi, dax va xunn qabilalari ta'sirida etnik 
tarkibini ancha boyitgan.
Q ozoqlarning etnogenezi tu rli ko‘chm anchi qab ilalam in g uzoq j.5
Q ozoq xalqi etnogenezida Turk xoqonligi muhim rol o ‘ynagan 
V I-V II asrlarda m azkur hududda turgash, qarluq-chig‘il, y a g ‘m o v< 
boshqa qabilalar bilan k o ‘p asrlar davom ida yonm a-yon yashash 
natijasida qozoqlarning turkiy lash ishi ham da m ahalliy qabilalam ing
VT-VII 
asrlarda 
Qozog‘istonning janubiy-sharqiy 
qismida 
yashagan qabilalar G ‘arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan. Ushbu 
davrda sharqdan turgash, tele, qarluq va boshqa qabilalar kelib 
o ‘mashgan. IX -X asrlarga kelganda esa hozirgi Qozog'iston yerlariga 
qarluq, o ‘g ‘uz, pecheneg, qipchoq, kimak va boshqa qabilalar ham 
joylashgan hamda X I-X II asrlarda ushbu hududda yashaydigan 
barcha qabilalaming 
birlashishiga turtki 
bo‘lgan. 
ХП 
asrda 
Qozog‘iston hududiga qoraxitoy (kidan)lar bostirib kirib, ular 
mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan.
X I-X V asrlarda Irtishdan Dunaygacha bo‘lgan Buyuk yevroosiyo 
tekisligi va Qrimdan to Volga bo‘yidagi Buyuk Bulg‘oriyagacha arab 
hamda fors manbalarida “Polovetslar (Qipchoqlar) dalasi” deb atalgan 
qipchoqlar ko‘chib yurar edi. XVI—XVIII asrlarda turk superetnosi bir 
nechta mustaqil etnoslarga bo‘linib ketgandan so‘ng qudratli qipchoq 
urug‘ining katta qismi qozoq xalqi tarkibiga kirgan va “Qipchoq 
cho‘li” yoki “C ho‘l” deb hozirgi Qozog‘iston hududi tushunila 
boshlangan. “Cho‘l-Qozog‘iston” tushunchasi va o ‘zining ichki
/
M ilodning boshlarida Oro 
dengizidan g ‘arbda qozoql< 
etnogeneziga ta'sir 
k o ‘rsatgan alanlar yashagar
m u d d a t davom ida aralashuvi sharoitida kechgan. 
r|
V
k o ‘chm anchilar bilan aralashuv jarayoni sodir b o ‘lgan.
137


m azm un-mohiyatiga k o ‘ra “ erkin” m a'nosini beruvchi “qozoq” 
etnonimi - “qozoq xalqi milliy g ‘oyasi”ning asosini tashkil etdi.
XV 
asr oxiri - XVI asr boshlarida Qozoq xonligi tashkil topgan 
va qozoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. XVI asr 
boshlarida g ‘arbga qaytib kelgan mahalliy qabilalar Qozoq xonligiga 
birlashgan (Shayboniyxon boshchiligidagi ayrim Dashti Qipchoq 
urug‘lari esa M ovarounnahrga joylashgan). Shu bilan qozoq elatining 
shakllanish jarayoni to ‘liq yakunlangan.
X V -X V I 
asrlarda 
qozoq 
xalqining 
tashkil 
topishi 
va 
markazlashgan Rus davlatining mustahkam lanishi natijasida bevosita 
qozoq-rus aloqalari vujudga kelgan. R us hukumati o ‘sha davrdayoq 
qozoq xalqi bilan qiziqib, u haqda turli m a'lum otlar to ‘plagan, qaysiki 
ular M oskva buyruqlarida aks etgan va podsho devonxonasida 
saqlanar edi. M asalan, Rus shoh arxivining 1574-1584-yillardagi 
ro‘yxatida “К^осим подш о давридаги казак (козоклар)лар” kitobi va 
ro‘yxati 38-jildda saqlanganligi qayd etilgan.
Yuqorida ta'kidlanganidek, juzlar to ‘g‘risida IX -X V U I asrlar 
manbalarida um uman m a'lum otlar uchramaydi. Hatto X III-X IV va
XV-XVT asrlam ing yetuk tarixchilari Rashididdin va Fayzulloh Ibn 
R o‘zbexonlar ham juzlar haqida hyech qanday ma'lumot bermaganlar.
Qozoqlam ing juzlarga bo‘linishi to ‘g‘risidagi dastlabki haqqoniy 
va aniq m a'lum otlami 1931-yilda Kichik o ‘rdaga borgan tarjim on M. 
Tevkelev bergan edi. U ning yozishicha, “Q irg‘iz-qaysoq” o ‘rdasi uch 
qismdan: Uluyuz, Oretayuz va Kichiyuzdan iborat bo‘lgan. Aynan shu 
kabi fikrlami P. I. Richkov va V. Tatishevlar ham bergan edi. I. 
Georgi esa “qirg‘izlam i” qachon va qaysi sabab bilan uchta o ‘rdaga 
bo‘linganligi va nima uchun katta, o ‘rta va kichik deyilganligini hyech 
kim bilmaydi, - deb yozgan edi. Uning jiddiy xatosi K atta o ‘rdani 
burnt (qirg‘izlar)lar bilan aralashtirib yuborganligida edi.
XIX 
asr tarixchisi Ch. Valixonov birinchilardan bo‘lib qozoq 
xalqining aytishuv va afsonalariga asoslanib, mazkur masalaga 
oydinlik kiritishga harakat qiladi. U m o‘g‘ul ulusi namunasi bo‘yicha 
qozoq juzlarini X V -X V I asrlarda paydo bo‘lgan, degan xulosaga 
keladi va qozoqlami burutlar (qirg‘izlar) bilan aralashtirib yuborgan 
Ritter hamda Georgilami qattiq tanqid qiladi. Ulam ing fikrini inkor 
qilib, “Katta, 0 ‘rta va Kichik” - qirg‘iz-qaysoq o ‘rdalari bitta — 
“qozoq” xalqi ekanligini ta'kidlaydi. V. V. Velyaminov-Zemov esa
138


XVI asrda Haqnazarxon o ‘z davlatini uchta o ‘rdaga bo‘lganligini qayd 
etgan edi.
Akadem ik 
V. 
V. 
Bartold juzlam ing 
bo'linish 
sababini 
Qozog‘istonning ba'zi bir hududlarida chorvachilik uchun shart- 
sharoitlarning 
turlicha 
bo‘lganligida 
deb 
biladi. 

shunday 
hududlardan birinchisi deb, Semireche (yettisuv) va Sirdaryoning o ‘rta 
oqimini, Sarasu va Sirdaryoning quyi oqimi bo‘ylarini ikkinchisi deb, 
Uralbo‘yidan Aktyubinskkacha, ya'ni zamonaviy G ‘arbiy Qozog‘iston 
yerlarini uchinchi hudud deb hisoblagan edi.
Qozoq tarixchisi X. Adilgireevning 1951-yilda “Vestnik AN 
SSSR” jum alining 1-sonida e'lon qilingan “К истории образования 
казахского народа” m aqolasida Mas'udiy va V. V. Radlovlaming 
fikriga ko‘ra, qozoq juzlarini XII asrdayoq paydo bo‘lganlar, deb qayd 
etilgan edi.
“История Казахской ССР” kitobining mualliflari juzlam ing 
paydo bo‘lishini XVI asr bilan belgilab, ulami “xo ‘jalik va geografik 
jihatdan o ‘ziga xos hudud sifatida Qozoq xonligi va xalqi paydo 
bo‘lgunga qadar mahalliy etnografik gum hlar yashaydigan qabilaviy 
ittifoq hududi bo ‘lganligini ta’kidlaydilar. “Juz” so ‘zi “qism” yoki 
“bo‘lak” va “tomon” ma'nolarini anglatadi.
Va nihoyat, professor S. OmanjoMov jam oaviy o ‘zini himoya 
qilish, qabila ittifoqiga kiruvchi qabilalaming til umumiyligi, 
juzlam ing o ‘ziga xosligi paydo bo‘lgan ma'lum bir tabiiy-geografik 
sharoitda tug‘ilgan ehtivoj juzlam ing tashkil topishiga sabab bo‘lgan, 
deb hisoblagan edi.
C ho‘qon Valixonov birinchilardan boMib adabiy manbalami tahlil 
qilish asnosida X V -X V I asrlarda juzlam ing vujudga kelish davri va 
sabablarini tushuntirib bergan edi. “Juz” atamasi o ‘zi “yuzlik” yoki 
“yuz qabilasi” emas, balki “qism”, “bo‘lak”, “shaxobcha” ma'nolarini 
anglatadi. “Juzlar”ning ushbu davrda yagona xalqning bir bo‘Iagi 
sifatida faoliyat yuritishi siyosiy, iqtisodiy, til va madaniy jihatdan 
umumiylikning ko‘p elementlari bilan bogcliq edi, deb ta'kidlaydi.
XIII asrda m o‘g ‘ullar bosqini arafasida qozoqlaming yagona xalq 
va davlat sifatida shakllanishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan edi, 
ammo bunday bo'lmadi. V. Vostrov o‘zining “Родоплеменной 
состав 
и 
расселание 
казахов” 
kitobida 
m o‘g ‘iil 
bosqini 
Qozog‘istonning janubida ko‘pgina shahar va o ‘troq aholini vayron 
qilib, o ‘lkaning ishlab chiqarish kuchlariga putur yetkazdi, ko‘p sonli
139


mahalliy qabilalam i aralashuvi va bir-biridan ajratishga, ulam i etnik, 
iqtisodiy va m adaniy aloqalarini y o ‘qotishga olib olib keldi, deb 
ta'kidlagan edi.
XVIII 
asm ing boshlarida Q ozoq xonligiga har tom ondan k o ‘p 
sonli dushm anlar va ular ichidan eng asosiy si, ju n g ‘orlar bosqini 
boshlandi. Gap ham m a qabilalam i siqib chiqarish haqida borar edi. 
1726-yilda barcha qabila vakillari tom onidan Abulxayrxon qozoq 
xonining bosh q o ‘m ondoni etib, tantanali ravishda e'lon qilindi. 1729- 
yilda Anirkay ostonasidagi hal qiluvchi jangda Abulxayrxonning 
ju n g ‘orlam i tor-m or qilishi natijasida dushm anlar tom onidan bosib 
olingan hududlam i ozod qilish boshlandi. Bunday qiyin g ‘alabadan 
keyin juzlar birlashishi kerak edi, lekin qozoq qabilalari o ‘rtasidagi 
o ‘zaro janglar A bulxayrxonning oddiy bo‘lm agan va 1731-yil 
oktyabrdan 
asta-sekin boshlangan 
Rossiyaga 
qo‘shib 
olinishi 
to ‘g ‘risida taqdim ing belgilovchi qarori qabul qilingan sharoitda ham 
davom etdi.
Katta juzning ko ‘pgina urug‘lari qadimdan mavjud bo‘lib, kam 
o ‘rganilgan ko ‘p asrlik va murakkab tarixga ega edi. Katta juzlam ing 
u m g ‘-qabilaviy tarkibi to‘g‘risidagi haqiqatga yaqin m a'lum otlar rus 
manbalarida uchraydi. M. Tevkelev qozoqlarning urug‘-qabilaviy 
tarkibini 1748-yiida tuzgan tavsifida shunday deb yozgan edi: “K atta 
o ‘rdada 10 ta urug‘, hammasi ouysyun asosiga ega: Botbay ouysyun, 
Cherm ouysyun, Djanes ouysyun, Sikam ouysyun, Adbansuvan 
ouysyun, Sari ouysyun, Sli ouysyun, Chanechkli ouysyun, K anli 
ouysyun, Chalaer”. K atta ju z hozirgi sharqiy Q ozog‘iston hududini 
egallagan, shimolda janubiy Oltoy, sharqda Jung‘oriya bilan 
chegaradosh bo‘lgan.
0 ‘rta ju z zamonaviy 
Qozog‘istonning 
markaziy 
qism ida 
shakllangan. U g‘arbda Orol dengizi — Irgiz y o ‘nalishi b o ‘yicha 
Kichik juz, T o‘rg‘ay daryosi yo ‘nalishi bilan Irtish daryosining 
sharqiy basseyni, Oltoy va Tarbagatay tizmalari bilan, janubda esa 
Sirdaryo va Chuy daryolari, Balxash ko‘li vodiylari, shimolda O m sk 
va Tomsk gubemiyalari bilan chegaradosh. 0 ‘rta ju z haqidagi to cliq 
ma'lumotlami “Сибирские летописи” da uchratish mumkin. U ning 
hududida qipchoq, arg‘in, nayman, kerey va uaq qabilalari yashagan. 
Juzlaming janubi - Qoratau, Bognen, Shayan va Aris daryolari 
vodiylarida 0 ‘rta ju z qabilalari bilan ittifoqda qo‘n g ‘irotlar ham 
yashar edi. Lekin, XIX asrda Valixon vafotidan keyin qolng‘irotlar
140


0 ‘rta juzdan ajraldilar. 0 ‘rta juzlam ing eng katta qabilasi qadimgi 
kerayitlam ing avlodlari bo‘lgan kereylar edi”.
Kichik juzlar to‘g‘risida dastlabki ma'lumotlami ham 1748-yilda 
tarjim on M. Tevkelev bergan edi. Ushbu ju z kuchli alchin urug‘idan 
iborat, o ‘z navbatida, qorasuyak va bayo‘g ‘liga bo ‘linadi. Kichik juz 
hozirgi g ‘arbiy Qozog‘iston hududini egallab, sharqda 0 ‘rta juz, 
janubda Kaspiy dengizi, shimolda esa Ural tizmasi bilan chegaradosh 
bo‘lgan.
Qozog‘istonning hududi g ‘arbda Volga daryosi quyi oqimidan 
sharqda Oltoygacha va shimolda G ‘arbiy Sibir tekisligidan janubda 
Tangritog* tog‘larigacha cho‘zilgan. G ‘arbda Kaspiybo‘yi pasttekisligi 
va M ang‘ishloq yarim oroli mavjud; bu yerda dengiz sathidan past 
botiqlar (masalan, Qoragiyo - 132 m) uchraydi. M ang‘ishloqdan 
sharqda Ustyurt platosi (balandligi 340 m gacha) joylashgan. 
K aspiybo‘yi pasttekisligi shimoliy-sharqda Ural tog‘larining janubiy 
tarmoqlari va M ug‘ojar tog‘i bilan chegaralangan. M ug4ojar tog‘idan 
shimoliy-sharqda T o‘rg‘ay platosi bor. U janubda Turon pasttekisligi 
(Qizilqum cho‘li)ga tutashib ketadi. Orol dengizidan shimolda Katta 
va Kichik B o‘rsiq qumli cho‘llari va Orolbo‘yi Qoraqumi joylashgan. 
Qozog‘istonning 
markaziy 
qismini 
Qozog‘iston 
past 
tog‘lari 
(Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray (1565 m), Qarqarali (1366 m), 
U lug‘tov (1133 m) kabi alog‘ida tog* massivlari bor. Qozog‘iston past 
tog‘laridan janubda Betpaqdala cho‘li, undan janubda M o‘yinqum 
cho‘li joylashgan. Betpaqdaladan sharqda katta maydonni egallagan 
yettisuv hududi mavjud. Qozog‘istonning sharqiy va janubiy 
tarmoqlari, shuningdek, Saura, Tarbatag‘ay, Jung‘oriya Olatovi 
tizmalari, shimoliy va g ‘arbiy Tangritog‘ning ayrim tizmalari 
joylashgan.
Qozoqlar, asosan, “Janubiy Sibir” tipiga kiradi (ushbu tip o ‘ziga 
ham mongoloid, ham yevropeoid belgilarini oladi). Janubiy Sibir tipi 
m o‘g ‘ul irqiga mansub, ko ‘zlari qisiq, yuzlari yumaloq, tanasi oq 
sariq-malla, puchuq burun, panjalari kalta, jussalari may da, bosh 
chanogli braxikefal (dumaloq). Bepoyon dashtliklar, ot-ulov, tuya 
ulaming jonu-dili, erkin, ozod, hayot turmush tarzi bilan suyagi 
qotgan.
Oltoy oilasini turkiy til guruhining shimoliy-g‘arbiy til (qipchoq) 
tillari shoxobchasiga qoraqalpoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, qorachoy,
141


balqar, qo ‘mik, n o ‘g ‘oy va qarayim tillari bilan birga qozoq tili ham 
kiradi.
Qozoq tili bir qancha qadim iy qabilalar ham da boshqa tillar 
asosida tashkil topgan b o ‘lib, uchta asosiy shevaga b o‘linadi: g ‘arbiy, 
shimoliy-sharqiy va janubiy. G ‘arbiy sheva alshin qabilalar ittifoqi 
tilidan paydo b o ‘lgan. Shim oliy-sharqiy sheva arg ‘in, nay man, qiray, 
qipchoq, qo‘ng ‘irot qabilalarining um um iy tilidan kelib chiqqan. 
Hozirgi qozoq adabiy tili ana shu shevaga asoslangan. Nihoyat, 
janubiy sheva uysin, jaloyir, qang‘li, dulat va boshqa qabilalar tilidan 
vujudga kelgan.
'• v -:S Q o z o q la rn in g q a b ila - u r u g ‘la r i 
r ta r i x a n u c h ta g u r u h g a b o * lih ib ,.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling