Mavzu: ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Asosiy qism
Mavzu: MS Accessda shakllar bilan ishlash
REJA
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
Ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot
Accessda jadvallar bilan ishlash
Accessda so’rovlar yaratish
Shakllar bilan tanishish
Shakllarni boshqaruv tuzulmasi
III. Iqtisodiy qism.
IV. Mehnat muhofazasi.
V. Xulosa.
Kirish
MA’LUMOTLAR BAZASI
Ma’lumotlar bazasi - MB ning o،zi nima, u qanday ishlaydi? Dasturchilar tilida MB axborotlarini saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va to،ldirib turuvchi hamda so،rovlar, tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo،lgan dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. MB dagi ma’lumotlar albatta muayyan bir sohaga, turdosh mavzular turkumiga yoki ma’lum bir masalaga taalluqli bo،ladi. Mazkur dastur Microsoft Office tarkibidandir.
Microsoft Access MB fayli doirasida quyidagi ob’ektlardan foydalaniladi:
Ma’lumotlarni saqlashga mo،ljallangan “jadvallar”;
Talab qilingan ma’lumotlarnigina qidirish va ajratib olishga hizmat qiluvchi “so،rovlar”;
MB jadvalidagi ma’lumotlarni ko،rish, ularga qo’shimchalar qilish va ularni o،zlashtirishga qaratilgan “shakllar”;
Internet yoki boshqa tarmoq orqali MB dagi ma’lumotlarni ko،rish, yangilash va tahlil qilish uchun mo،ljallangan “ma’lumotlarga kirish sahifalari”.
Quyida Sizlarning e’tiboringizga havola etilayotgan bayon Microsoft Accessning ma’lumotlar bazalari va ularni tashkil etuvchilari haqida yetarlicha tasavvur hosil qilishingiz uchun, qolaversa, shahsiy ma’lumotlar bazangizni tuza olishingiz uchun ham asqotadi degan umiddamiz.
Dunyoda ko،plab ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari mavjud bo،lib, bu tizimlar orasida ommaviylikda Microsoft Access dasturi hammasidan ustun turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |