Reja I. Kirish II. Asosiy qism
Download 69.25 Kb.
|
Mavzu ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Aso-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’rovlar bilan tanishuv
Xulosa qilib aytganda, MBning jadvallari o’rtasida relyatsion bog’lanishlarni hosil qilishning ma’nosi ma’lumotlar muhofazasini ta’minlashdan va o’zaro bog’langan jadvallarning biriga o’zgartirish kiritish orqali boshqa barchasida birvarakayiga o’zgartirishlar kiritishga erishishdan iboratdir.So’rovlar bilan tanishuvMana MB jadvallari bilan tanishib chiqdik. Ular MBning eng qimmatli ob’ekti sanaladi. Odatda MB tuzilmasi yaxshi o’ylangan va puxta ishlangan bo’lsa, foydalanuvchilarning MB jadvallariga murojaat qilishlari, to’g’rirog’i, jadvallarni ochishlariga ehtiyoj qolmaydi. MBni istifoda etuvchilar bazida jadvallar borligini unutsalar ham bo’ladi. Ular baza ma’lumotlaridan foydalanishlari uchun “so’rovlar-Запросы” deb nomlanuvchi maxsus ob’ekt mavjud. MBni ishlab beruvchi mutaxassis foydalanuvchilarning barcha so’rovlarini oldindan ko’ra bilgan holda bu ob’ektni avvaldan tayyorlaydi. Tayyor bo’lgan “запрос”, “База данных” oynasining “Запросы” panelidagi ro’yhatdan topilib, uning belgichasini tanlagan holda Enter klavishasini bosib ochiladi. Bunda ekranda natijaviy jadval paydo bo’ladi, undan foydalanuvchi o’zi qiziqqan ma’lumotni topishi mumkun.Umuman olganda natijaviy jadval MB asosiy jadvallarining hech biriga mos kelmasligi tabiiy. Chunki, natijaviy jadvalning maydonlari turli asosiy jadvallarning maydonlaridan, ulardagi qaydlar esa foydalanuvchining talabi-so’rovlari tufayli filtrlangan va saralangan qaydlardan iborat bo’lishi mumkun. Bordiyu, foydalanuvchi natijaviy jadvaldan o’ziga kerakli ma’lumotlarni topa olmasa, u holda yangi so’rov tayyorlash zarurati paydo bo’ladi, bu ish MBning ishlanishini ta’minlab turuvchi mutahassis zimmasidagi vazifa hisoblanadi. Rasm4. So’rovlarni dastavval Koнструктор yordamida tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu o’rganish uchun ham qulay usul. “База данных” oynasida “Запросы” nomli boshqaruv elementi va unga mos ravishda maxsus panel bor. Mazkur paneldagi ro’yhat “Создание запроса в режиме конструктора” nomli yozuv va unga mos belgicha bilan boshlanadi. Bu belgicha (piktogramma) “Запрос 1: zapros na viberku” sarlavhali oynada maxsus blankni ekranga chiqaradi. Mazkur blankni odatda, namuna bo’yicha so’rov blanki deb ham atashadi. U ikki sohaga ajratilgan: yuqori sohada so’rov yunaltirilgan jadvalning tuzilmasi aks etadi; quyi soha esa ustunlarga bo’lingan bo’lib, har bir ustunda tuzilajak natijaviy jadvalning ma’lum bir maydon nomi, u maydon qaysi jadvaldan olinganligi, undagi ma’lumotlarni saralash, ekranga chiqarish belgisi, tanlash sharti, shuningdek, “yoki” so’zi bilan boshlanuvchi satrda boshqa amallar aks ettiriladi. Na’muna bo’yicha so’rovni shakllantirish quyidagicha amalga oshiriladi. Blankning yuqori qismida kontekstli menyu orqali so’rov murojaat etayotgan jadvallarning sarlavhasi va maydonlarning nomlari keltirilgan oynalar ochiladi. So’ng natijaviy jadval tarkibiga kirishi lozim bo’lgan maydonlarning nomlari ustida sichqoncha kursori turgan holda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket deyarli uzluksiz ikki marotaba bosiladi. Bunda blankning quyi qismidagi ustunlar avtomatik ravishda MBBT tomonidan to’ldirib boriladi. Shu tarzda “so’rov tuzilmasi” shakllantirilgach, uning oynasini yopish oldidan so’rovga nom beradi. Keyinchalik mazkur “so’rov” ni ishga tushirish. “Jadval” larda o’rganganimizdek tarzda, odatdagidek amalga oshiriladi. Ko’rib chiqqanimizdek tartibdagi amallar natijasida eng sodda va ayni paytda eng ko’p qo’llaniladigan “so’rov”lar tuziladi,ularni “tanlanma bo’yicha so’rovlar” deb atashadi chunki, bu turdagi “so’rovlar” o’zlarining asosidagi jadvallarning maydonlardan ma’lumotlarni tanlab olish imkoniyatni beradi. Download 69.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling