Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

E tnom arginal sh axs 
- ikki millat yoki elat orasidagi o ‘tish 
holati, oraliq holatini egallovchi shaxs. Ushbu holat chegaraviy 
vaziyat bilan bog‘liq bo'lib, turli madaniyatlaming bir-biriga ta'siri 
ostida individ shakllanadi. Etnomarginal shaxs ikkilanganlik, ichki 
qarama-qarshilik ta'siri ostida bo‘ladi.
E tnonim
(yunon) — xalqlaming nomini anglatuvchi atama.
E tnonim ika 
— xalq, elat, qabila va hokazolar nomini o ‘rganuvchi 
onomastikaning boMimi.
E tnopsixologiya 
-
muayyan 
xalq, 
qabila 
ruhiy 
tarzini 
o ‘rganuvchi psixologiyaning bir yo ‘nalishi.
E tnopolitologiya 
— etnik va siyosiy hayot o ‘zaro bog‘liqligi 
haqidagi fan.
E tnos 
(yunon) - xalq.
E tnos chegarasi 
- turli to*siqIar - tabiiy (tog‘, o ‘rmon, sahro, 
dengiz va b.) tabiiy to ‘siqlar tufayli yuzaga keladigan etnoslar 
o ‘rtasidagi had; turar joyga borishning qiyinligi (baland tog‘lik va 
h.k.); ijtimoiy aloqalaming muayyan turlariga qat'iy cheklovlar va 
ta'qiqlar; tarqalish shakli.
E tnosiyosiy 
uyg‘unlashish 
(lotincha 
Consolido 
— 
mustahkamlayman) - etnos, etnik tashkilotning umumiy - siyosiy va 
ijtimoiy maqsadlar uchun kurashini kuchaytirish maqsadida ayrim 
guruhlam ing birlashishi, mustahkamlanishi, qo‘shilishi, jipslashishi. 
Etnosiyosiy uyg‘unlashish asosida etnoslar aloqasining rivojlanish 
jarayoni kuchayadi, shuningdek etnoslar o ‘rtasida yirik etnik guruhlar 
shakllanadi.
E tnosotsiologiya 
— sotsiologiya va etnologiyaning bir-biriga 
aloqadorlik 
jihatlari 
tufayli 
yuzaga 
kelgan 
ilmiy 
yo ‘nalish 
chegaradosh bilim sohasi. Uning yuzaga kelishiga sanoati rivojlangan 
mamlakatlardagi etnologiya fanining tadqiqot ob'ekti o ‘zgarganligi 
sabab bo‘ladi, ushbu mamlakatlarda ijtimoiy hodisalaming milliy 
jihatdan ko‘payganligi va milliy jarayonlar ijtimoiy differensiatsiyasi 
murakkablashganligi tufayli bulami an'anaviy etnologiya usullari bilan 
yetarlicha o ‘rganish mumkin bo‘lmay qoladi.
Etnotsentrizm
- (yunon - guruh, qabila, xalq) - qandaydir etalon 
yoki optimum sifatida namoyon bo‘luvchi etnik guruhlar an'analari va 
o ‘z qadriyatlari orqali hayot hodisalarini idroklash va baholashdagi 
etnik idroklashga xos xususiyat.
269


Q abila 
(племя) - endogamiyani am alga oshira borib, oliy 
makrostrukturadan iborat b o ‘ldi, u ishlab chiqarishning ikki turi 
bo ‘yicha qabila ichida doimiy aloqada bo ‘lgan endogamiya tufayli 
urug‘ning m ikrostm kturasinL ham etnik jihatdan, ham xo ‘jalik 
jihatidan birlashtiradi. Qishloq jam oasi (obщ inasi)ning an'analari 
sovetlar davridan oldingi rus qishlog‘i uchun xos narsa edi. Chunki, 
bunday jam oaga o ‘xshash ijtimoiy tuzilm alar haqiqatda nafaqat 
dehqonlar va qishloq aholisi o ‘rtasida, balki barcha xalqlarda ham 
mavjud edi. Shuning uchun ham sovet davri etnologiyasida “qishloq 
jam oasi” atamasiga o'xshash qo ‘shnilar jam oasi (bunday begona 
urug‘ laming 
yonm a-yon 
hududiy 
aloqalari 
ko ‘zda 
tutilgan), 
ko‘chmanchi jam oa (chorvadorlar uchun), qishloq jam oasi, ovul 
jam oasi, ayil jam oasi (qishloq, ovul, ayil nomidan olingan) atamalari 
paydo bo‘ldi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling