Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
h
f, ■X} : I» : ■ ' I в Й; Qadimgi greklaming “Iliada va “Odisseya” dostonida yaqin qo‘shni elatlar to‘g‘risida afsonaviy ma'lumotlar keltirilgan bo‘lsa, ulaming Kichik Osiyo va Qora dengizning shimoliy qirg‘oqlarida “Buyuk kolonizatsiyasi” (mil. a w . VII— V asrlar)dan keyin tevarak-atrofdagi xalqlar to‘g ‘risida bilimlari doirasi yanada kengaydi va va asta-sekinlik bilan boyib bordi. s" - - - - - Ayniqsa, Gerodotning noyob etnologik ma'lumotlar bilan ! mashhur 9 jildlik “Тарих” asari nafaqat oddiy etnologik kuzatuv, shu bilan birga tadqiqiy xarakterga cga boy manbaga aylangan. Buyuk Iskandaming Sharqqa qilgan yurishlari natijasida vujudga kelgan katta imperiya G‘arbdan Sharqqacha bo‘lgan ulkan hududlarda yashagan xalqlaming turmush madaniyatini o‘rganishda yangi bosqich vazifasini bajardi. Ushbu davrda greklaming umumiy madaniy saviyasida ham o ‘zgarishlar sodir bo‘ldi va natijada etnologiya fanining barcha sohalari gurkirab o‘sdi. Ellinizm davri (Ellin - “ Ellada” so4zidan olingan sifat bo‘lib, greklaming eng qadimgi nomi)da grek madaniyati Sharqda Hindiston va 0 ‘rta Osiyo, G‘arbda esa Pireney yarim oroli hamda Britaniyagacha tarqalib, mahalliy xalqlaming madaniyati bilan aralashib, ular o‘rtasida yangi hamda boy ma'lumotlar bilan to‘ldirildi. 9 ETN O LO G IY A T A D Q IQ O T USULLARI Л - * * Etnologiya Mazkur fanning Etnologiya boshqa fani, boshqa uslubi muayyan fanlar qatori o‘ziga xos fanlar singari dunyoqarash va maxsus tadqiqot usullari o ‘ziga xos nazariyalar va atamalariga ega. maxsus (metodologiya) bilan Ayniqsa, u tadqiqot bog‘liq bo‘lib, o‘z antropologiya, usullari va tadqiqotlarini ayrim arxeologiya, lingvistika, j maxsus fan sohalari bilan sotsiologiya va atamalariga aloqador holda san'atshunoslik kabi j ega. amalga oshiradi. fanlar yutuqlaridan j unumli foydalanadi. j Ma'lumki, “xalq” tushunchasi bir nechta ma'noga ega. Ba'zan oddiy tilda bir to‘p kishilami yoki avomni “xalq” deb hisoblasak, boshqa holatda esa bir nechta elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham “xalq” deb ataymiz. Aslida, “xalq” so‘zi arabchada “yaratmoq” degan ma'noni anglatadi, lekin o ‘zbek tilida ushbu atama muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnologiyada xalq ma'nosida “etnos” atamasi qo‘llaniIadi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuli sifatida ayrim shaxs yoki kishilaming istagi bilan emas, balki ob'ektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslaming joylashuvi, ulaming mazkur mintaqaning tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligi yoki boshqa yerdan migratsiya natijasida ko‘chib kelganligini kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik ma'lumotlardan foydalanadi. Ulaming qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropolgiya fani yordam beradi. Etnografiya “s o f’ irqlami emas, balki tarix taqozosi bilan o ‘zaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklami o ‘rganadi. Antropologiya esa u yoki bu xalq yoxud etnik birlikning jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi. 10 Aholining joylashuvi, o ‘sish dinamikasi, tevarak-atrofning ta'siri va migratsiyasi kabi masalalami o‘rganishda tarixiy-geografik va demografik tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Etnoslarning ma'naviy madaniyati san'atshunoslik, musiqashunoslik, dinshunoslik, folklor va badiiy adabiyot bilan hamkorlikda o‘rganiladi. Mazkur fanlaming o‘zaro bog6liqligi tufayli keyingi yillarda qo‘shaloq ilmiy sohalar ham vujudga keldi. Masalan, etnogenez va etnik tarix muammolarini o‘rganishda etnik antropologiya, paleoetnografiya va etnolingvistika kabi sohalar samarali ish olib bormoqda. Hozirgi davrdagi etnik jarayonlami teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada, etnosotsiologiya va etnopsixologiya singari yangi ilmiy sohalaming vujudga kelganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, tabiiy-geografik sharoitga qarab madaniylashmagan o‘simliklami yetishtirish va yow oyi hayvonlami xonakilashtirish hamda urchitish kabi o‘ziga xos turmush xususiyatlariga ega bo‘lgan elatlaming xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganishda etnografiya bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi fan sohalari vakil lari ham ish olib bormoqda. Xalqlami o‘rganishda etnografiya fani nihoyatda keng va xilma- xil manbalar hamda usullaridan foydalanadi. Etnoslarning ko‘p qirrali va rang-barang hayotini o‘rganishda ulaming kundalik turmush tarzini bevosita kuzatish asosida har hududning o‘zidan to‘plangan materiallar asosiy hamda eng manba hisoblanadi. Bir joyda uzoq vaqt mobaynida yashash va kuzatish yo‘li bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar - L. G. Morgan, N. N. Mikluxo-Maklay va V. G. Bogorazlar alohida qayd etgan. Bunday tadqiqotlar usuli statsionar tadqiqot deb ataladi. Lekin, afsuski, hozirgi sharoitda mazkur usuldan kam foydalanilmoqda. Qisqa muddat davomida va ayrim mavsumlarda o‘tkaziladigan tadqiqotlar ekspeditsiyaga xos usul bo‘lib, mavsumiy usul deb ataladi. Dala-etnografik tadqiqotlarda asosan, axborotchilardan suhbat yo‘li bilan yozma yoki diktafon orqali ma'lumotlar to‘plash, muayyan maishiy-madaniy turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va o ‘yinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok etish hamda ulami jiddiy o‘rganish (yozish, chizish va rasmga olish) kabi usullar qo‘llaniladi. Zamonaviy texnika vositalari и yordamida (raqamli videokamera va raqamli fotoapparat hamda diktofonga audio yozuvlami yozish) va an'anaviy dala yozuvlarida xalq ma'naviy hayotining ob'cktlari hamda ko‘rinishlari (an'analar, marosimlar, urf-odatlar, folklor qo‘shiqlar va shu kabilar) aks etadi. Ba'zida dala tadqiqotlari jarayonida ayrim moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari muzeylar kolleksiyasi uchun yig‘iladi. Etnosotsiologik tadqiqotlar esa asosan, maxsus anketalar tarqatish yo‘li bilan o ‘tkazi!adi va ular keyinchalik kompyuter dasturlari asosida tahlil qilinadi. Etnografiyada “madaniyat” deyilganda, asosan, inson qoMi va aql-idroki bilan yaratilgan barcha moddiy hamda ma'naviy boyliklar tushuniladi. Aslida, rus tilidagi “kultura” atamasi lotincha so‘z bo‘lib, “ishlab chiqarish”, “yasash” va “yaratish” degan ma'nolami anglatadi. “0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “madaniyat” so‘zining etimologik mohiyati berilmasdan, umumiy tarzda “Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui” deb ta'riflangan. Etnologik jihatdan moddiy madaniyatga xo‘jalik va transport vositalari, turar-joylar, uy-ro‘zg‘or va badiiy buyumlar hamda jihozlar, kiyim-kechak va bezaklar, shuningdek, milliy taomlar kiradi. Ma'naviy madaniyat deyilganda esa, etnoslaming milliy his-tuyg‘ulari va tabiati, urf-odat va marosimlari, xalq o‘yinlari va sayillari, raqs va kuylari, folklor namunalari, diniy tasavvurlari va hokazolar tushuniladi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling