Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
G‘arbiy turk xoqonligi. Ba'zi bir tarixchilar G‘arbiy turk
davlatini “o‘n kamon o‘qi davlati” deb atashar edi. Ashina sulolasiga mansub g ‘arbiy hukmdorlarning rasmiy unvonlari “turk jabg‘u xoqoni” yoki “o‘n kamon o‘qi davlati xoqoni” bo‘lgan. G‘arbiy turk davlatida yetakchi o‘rinni ikkita yirik birlashmadan iborat “o‘n o‘q budun” - ”o‘n kamon o ‘qi davlati” egallagan edi. Ulardan biri - beshta qabila “nushibi” uyushmasini tashkil qilib, Sirdaryodan Chuy daryosigacha bo‘lgan yerlami egallagan, umumiy “dtilu” nomi ostida 43 birlashgan, boshqa beshtasi esa Chuy daryosidan tortib Oltoy va Jung‘oriyani ham o ‘z ichiga olgan hududda joylashgan edi. G ‘arbiy turk xoqonligi Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyoning boy dehqonchilik viloyatlari, Orolbo‘yi dashtlari, quyi Volgabo‘yi hamda Shimoliy Kavkazni o ‘z ichiga olgan edi. Davlatning ma'muriy- siyosiy markazi a w a l Talos vodiysi, bu yerda Mingbuloq (hozirgi Bo‘yterek qishlog‘i atrofi) yozgi qarorgoh xizmatini o‘tagan, keyin Chuy vodiysi bo‘lgan edi. 618-yildan boshlab Suyob shahri G ‘arbiy turk xoqonligining poytaxtiga aylanadi (hozirgi To‘qmoq shahri yaqinidagi Oq Beshim vayronalari). 0 ‘zaro urushlar oqibatida g ‘arbiy turklar faqat To‘n Yabg‘u xoqon hukmronligi davri (618-630-yy.)da o‘z mavqyelarini tiklab oladi. Qabiladoshlari uni salohiyatli davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida juda hurmat qilar edi: “U jasur va ehtiyotkor. Uning har bir jangi g ‘alaba bilan yakunlanadi”. To‘n Yabg‘u xoqon Eronga qarshi siyosatda faollik ko‘rsatib, ulardan Toharistonni tortib oldi, Afg‘oniston va Shimoliy Hindistonning bir qismini ishg‘ol qiladi. Vizantiya imperatori Irakliy bilan ittifoq tuzib, Eronning Kavkaz orti yer-mulklariga hujum qiladi va Derbent, Tbilisi hamda Dratov shaharlarini ishg‘ol qiladi. To‘n Yabg‘u xoqon muhim ma'muriy-siyosiy islohotni amalga oshiradi. Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistondagi ko‘chmanchi hamda o‘troq zodagonlar huquqlarini tenglashtiradi, noqonuniy soliqlami ancha kamaytiradi. Hukmdorlami nazorat qilish va soliqlami yig‘ish uchun noiblar tayinlanadi. VII asming birinchi yarmida Tan sulolasi (618-907-yillar) kuchaydi. Imperator Tay-Szun yetakchiligidagi Xitoy feodallarining a'yonlari o‘z oldilariga Buyuk ipak yo‘lini bosib olishni asosiy vazifa qilib qo‘yadilar. 630-yilda ko‘chmanchi to‘g‘uz-o‘g ‘uz qabilalari bilan ittifoqda bo‘lgan Tay-Szun lashkarlari Sharqiy turk xoqonligini tor-mor etdi. Tay-Szun turli turk otryadlari kuchi bilan Gaochan davlati (Turfon vohasi)ni bosib oldi va uning hududida Ansi tobe o ‘lkasini tashkil qildi. Xuddi mana shu mavze, G‘arbiy turk xoqonligiga hujum qilishda muhim strategik markaz vazifasini bajaradi. Turklar Sharqiy Turkiston xalqlari bilan birgalikda dushman hujumlariga uzoq bardosh berdi, ammo Ma daryosidagi jang (556- yil)da xitoylik sarkarda Su-Danfan Ishbor xoqon qo‘shinini yengishga 44 muvaffaq bo‘ldi. Xoqon janglar bilan Chuy vodiysiga chekindi va shu yerda 657-yilda butkul yengildi hamda halok bo‘ldi. Xitoy imperatorining Tangritog‘ni uzoq o ‘lkalari ustidan real hokimiyatni o ‘mata olmay, “o ‘n kamon o‘qi davlati”ga Ashina sulolasi g‘arb shaxobchasi vakilini xon qilib qo‘ydi. Ushbu qo‘g‘irchoq xoqonlar xalq o‘rtasida obro'ga ega bo‘lmadi, aholi esa bosqinchilarga qarshi kurashini to‘xtatmadi. Xoqonlik tanazzuli davom etdi va Ashina sulolasidan chiqqan yigirma uchinchi xoqonni 704-yilda turgashlar Qulan shahri (hozirgi Lugovaya stansiyasi yaqinida)da o ‘ldirdi. yettisuv va Tangritog‘da hokimiyat turgashlik xoqonlar sulolasi qoMiga o ‘tdi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling