Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Taqinchoqlari
Turkman ayollari bezak-taqinchoqlami ju d a yoqtiradi. Shu sababli, ulaming quloq, qo‘l, bosh va burunlariga xilma-xil taqinchoqlami taqib yurganligini ko‘rish mumkin. Kim, qanday bezak taqqaniga qarab qaerlik va qaysi tabaqaga m ansub ekanini ajratib olish oson bollgan. Bolalarga kumush tanga va munchoqlardan yasalgan turli-tuman taqinchoqlar taqib qo‘yilgan. Q iz bolalammg bosh kiyimlari hisoblangan do‘ppi, telpak va qalpoqlar, ayniqsa, chiroyli rangdor qilib bezatilgan bo‘lsa, katta yoshdagi o ‘g ‘il bolalaming bpsh kiyimida hyech qanday bezaklar uchrantaydi. Q iz bolalar telpagining chetlariga turli xil shakllar berilib, tepasiga g cupba deb ataladigan bezak o ‘m atilgan bo‘lsa, bo‘yinlariga esa tanga, munchoq va nishon osilgan shoda taqilgan. Turkm an ayollari ko‘ylak va choponlarining ko‘krak qismiga apbasi osib yuradi. Apbasini quloq (teshik)li tanga yoki tangasimon ko‘rinishida kesilgan kumush parchalaridan ipga tizib yasaydilar. Ayollar sochlariga yosiq osib, kokillarini turli xil tanga yoki medalon hamda kalitlar bilan bezatganlar. Q o‘lIarida bizelik deb ataladigan bilakuzuk, quloqlariga uzuk - tulak xalqa, isirg‘a, buranlariga esa irebek taqqanlar. Endilikda turkman ayollari taqinchoq larida burun xalqalarini kam uchratish mumkin. Taomlari. Turkm anlar o ‘zbek va qoraqalpoqlarga o ‘xshab, asosan, sut va sut mahsulotlarini ko‘p iste'mol qiladi. Ulaming churek deb atalgan noni, ayniqsa, mashhurdir. Shuningdek, jo ‘xori non, vaqt tig ‘iz paytlarda esa chuchuk xamirdan patir non yopiladi. Turkmanlarda go ‘shtli taomlar ko‘p bo‘lib, bundaylar sirasiga g o‘shtli churba (sho‘rva), gaynatma, dograma sho‘rva, govurma, govurdok, palov, shara yoki konab (kabob) kiradi. Turkmanlar g o ‘sht qoqisini juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun tuya va qoramol go ‘shtini ham shu tariqa tilim -tilim qilib tuzlab, shamolda quritadilar. Q o‘y go‘shtini ham shu tariqa tayyorlab, qoringa yoki chala qovurib, idishlarga solib qo'yadilar. Yangi go ‘sht tugagan vaqtda ana shu qovurma go‘sht ishlatiladi va gara cho‘rba qaynatiladi. Quyon, jayron, kiyik va kaklik hamda osyotr balig‘i go‘shti ko‘p istemol qilinadi. K o ‘k choy, ayrim joylarda esa qora choy ichiladi. Nonushta dasturxoniga qovun qoqi va jiyda albatta qo‘yiladi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling