Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Oilaviy marosimlari
Turkmanlaming to ‘yi aw alo , kelin va kuyovning qarindoshlari tomonidan kelishuvidan boshlanadi. Kelishuvdan so‘ng kelin va kuyovning qarindoshlari tomonidan to ‘ygacha bo‘lgan urf-odatlar bajarilgan. Kelin va kuyov qarindoshlari tomonidan to ‘yga ancha oldin tayyorlangan. Y ig‘ilish, ya'ni (genesh to ‘y)da yaqin qarindoshlar, do‘stlar va qo‘ni-qo‘shnilar marosim uchun kerakli buyumlami kelishib olgan. Hamqishlo'qlar to ‘yga maxsus taklif qilinmagan, jarchi ertalabdan butun ovul b o ‘ylab to ‘yga ja r solgan. Qarindoshlar va qo‘shm ovulda yashaydiganlarga bir necha kun oldin chopar orqali xabar berilgan. T o‘y marosimini o ‘tkazish uchun “omadli kun” (“sexetli gun”) belgilanadi. Amudaiyoning o ‘rta oqimida yashaydigan turkmanlarda 133 ushbu kun dushanba hisoblanadi. Xosiyatli oylar sirasiga qurban, barot (m eret) va ram azon oylari kirgan. Q ayd etish kerakki, dehqonchilik bilan sh u g ‘ullanadigan tum anlarda to ‘y va boshqa m arosim lar (taqvim bilan b o g ‘lanm asdan) kuzda, qishloq ho ‘jalik ishlari tugagandan keyin o4kazilgan. Turkm anistonning sharqiy qismida to ‘yga 9 kun qolganda, kuyovning uyiga kelinni k o‘chirish (gez gechurm ek)ga tayyorgarlik ko ‘rilgan (“dokuz”), qizning sepi tayyorlangan: kiyim lari, gilam, gilam qop va uy anjom lari. M arosim ning asosiy qismi kuyovning xonadonida b o‘lib o ‘tgan. Faqatgina ersarin qabilasida to ‘y m arosim i ham kelin, ham kuyovning uyida bir vaqtning o ‘zida o ‘tkazilgan, lekin barcha xarajatlar kuyov tomonidan qoplangan. T o‘y kelinning uyida, ham qishloqlari davrasida boshlangan. Kuyovning uyida nechta qo‘y so ‘yilsa, kelinning uyida ham shuncha qo‘y so‘yilgan (10 ta q o ‘y har birida). Erta tongdan kelinning uyiga o ‘rtoqlari-tengdoshlari kelinni xursand qilish uchun to ‘y q o ‘shiqlari kuylab (“olenler”), o ‘yin-kulgi qilgan. Kelinning yangalari m azkur qo ‘shiqlarda kuyovning ijobiy va salbiy xislatlarini hazil tariqasida kuylaganlar va bunga javoban, kuyovning ham yangalari tom onidan javob tariqasida aytishuvlar aytilgan. An'analarga muvofiq, to ‘y karvoni kelishida kelinga yangalari (salirlarda kelin opa, tekinlar, yovmutlarda esa yedge deb atalgan) paranji tashlaganlar, kelinning dugonalari esa ushbu jarayonga xalaqit berishga uringanlar. Yanga 3 -4 nafar ayolni yordamga chaqirgan, ular kelinning o‘rtoqlarini chetga chiqarib, kelinga ro ‘mol va “nakidka” tashlagan. 0 ‘zaro ramziy kurash bu bilan tugamagan, to ‘y karvoni kelguncha davom etgan. Kelin va kuyovning yangalari to ‘yning tantanali qismida qatnashishdan tashqari, ularning o ‘zaro birinchi muloqotida ham muhim rol o ‘ynagan. To‘y karvoni (“гелналыжы”) tekeinlarda juda ham jo n li ko‘rinishda bo‘lgan: tuyalar va ulaming ustiga o‘m atilgan kelin uchun bezatilgan maxsus taxtiravonda bayramona kiyingan ayollar oldinda, yon tomon va orqada otliq qo‘riqchilardan iborat bo‘lgan. H ar bir tuyada ikki yonli taxtiravon (“yan kejebe”), kelin uchun alohida kedjebe bo‘lib (“dik kejebe”), yonlari turli xil rangdagi duxobalar bilan bezatilgan va tuyalaming bo‘yniga esa qo‘ng‘iroqcha osib 134 qo*yilgan. Kelinning qarindoshlari va qishloqdoshlari tuyalam i oldindan tayyorlab qo‘yilgan non bilan siylaganlar. YoMaton sariqlarida to ‘y kuni kuyovning otasi to ‘y karvonini kuzatish marosimini uyushtirgan, ushbu marosimda tuya va oti bor xohlagan kishi qatnashishi mumkin bo‘lgan. Ba'zan ulam ing soni 70 tagacha yetgan. Sariqlar to ‘yining alohida xususiyati shundaki, to ‘y karvonini kuzatishda ayollar qatnashmagan. Kelinning ovuliga 500 m etr qolgunga qadar kuzatuv davom etgan. Karvonni kelganligi haqida yangalar xabar bergan va ushbu xabami eshitgan kelinning yaqinlari karvonni kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rgan. Q izning onasi kelinni bezatish uchun ayollar va qo«shni qizlami chorlagan. Ersari qabilalarida esa to ‘y karvonini kuzatish m arosimida erkaklar ham, ayollar ham qatnashgan. Kelin uchun kurashda faqat ayollar qatnashgan, ushbu kurash hazilomuz ko‘rinishda bo‘lib, kelinni egallab olish uchun harakat qilingan. Tekinlarda mazkur kurashda kelinning xonasiga bostirib kirib, qo‘lidan ushlab, tortishgan. B unda kelinning dugonalari xalaqit berishga uringan. Eshikka kirishda gilam solingan, bu yerda erkaklar kutib turgan, ayollaming uzoq tortishuvidan so ‘ng kelin olib chiqilib, gilamga o ‘tqazilgan. Mazkur urf-odatlar janubiy turkmanlarda azaldan mavjud bo‘lgan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling