Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
To ‘rtinchisi -
Tog‘oldi Kopetdog4 tekisligi, Sumbar va Chandir vohalari kirgan. Beshinchisi - Janubiy-g‘arbiy Turkmaniston va Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarini o ‘z ichiga oladi. Ushbu viloyat dengiz yaqinligi tufayli aholi asosan, chorvachilikdan ko‘ra dehqonchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan. Shuningdek, mazkur viloyatning ba'zi hududlarida neft ham qazib olingan. Turkmanlaming bir qismi Kaspiy dengizning sharqiy sohillaridagi neft va tuz konlarida mehnat qilgan. Ularda savdo-sotiq yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayniqsa, Eron, Buxoro va Xiva xonligi bilan savdo aloqalari nihoyatda rivojlangan edi. Mari va Turkmanistonning ayrim shahar (qal’a) hamda qishloq (ovul)larida katta bozorlar bo‘lgan. Zamonaviy Turkmaniston sanoatining yetakchi tarmoqlari — neft va gaz qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat (yog‘-moy, vinochilik) va binokorlik materiallari sanoati tashkil qiladi. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdog4, 125 Turkm anobod, M ari va G ugurtdog‘da issiqlik elektr stansiyalari barpo , etilgan. N eft qazib chiqarish va uni qayta ishlash Turkm anistonning g‘arbiy tum anlarida olib boriladi, Cheleken g ‘arbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlarini G azo‘choq, N aip, Shatlik, Gugurtdog va boshqalar tashkil etadi. Neftni qayta ishlash tarm og‘ida benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kim yo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral o ‘g ‘it, oltingugurt kislotasi, superfosfat va ftorli alyuminiy ishlab chiqariladi. yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, ju n va ipak gazlama, trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish, qorako‘l oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, ko‘nchilik hamda poyabzal korxonalaridan iborat. Y og‘ochsozlik, poligrafiya va shisha sanoati ham muhim tarmoqlar sirasiga kiradi. Asosiy sanoat markazlari. ... Ashxobod, . Toshhovuz, Turkm anobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdog4 va Bayramali shaharlari hisoblanadi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling