Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

6.2. An’anaviy xo‘jaligi
Turkmaniston aholisi o ‘ziga xos xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko ‘ra, 
oltita tarixiy-madaniy hududga bo‘linadi.
Birinchisi
— O lrta Amudaryo havzasi. Ushbu hududdagi suv bilan 
bog‘liq vaziyat Turkmamstonning boshqa yerlariga qaraganda 
msbatan yaxshiroq. Dastlabki yillardanoq turkmanlar dehqonchilikdan 
tashqari chorvachilik bilan ham shug‘ullana boshlagan. Barcha 
turkman qabilalari (ersari, solir, bukri, saqar va boyat)ning
124


dehqonchilik bilan shug‘ullanganlarining dalili sifatida qadimgi 
sug‘orma dehqonchilik tizimini ta'kidlash mumkin. Dehqonchilik va 
chorvachilik bilan birga Amudaryo bo‘yi turkmanlari pillachilik, 
tikuvchilik hamda teri oshlash bilan shug‘ullangan. Turkman 
dalalarida paxta, kunjut, arpa, bug‘doy va dukkakli o ‘simliklar 
yetishtirishgan.
Ikkinchisi -
Xorazm atrofidagi Turkman viloyatini o ‘z ichiga 
oladi. Tarixiy m anbalaming guvohlik berishicha, XVII asrdan boshlab 
turkmanlar yarim o ‘troq hayot tarziga o ‘tgan. Xiva xonligi 
turkmanlari xo‘jalikning kompleks turiga ega bo‘lgan dehqonchilik- 
chorvachilik-baliqchilikni o ‘zida mujassam etgan. Shimoliy Xorazm 
turkmanlari paxta, bug‘doy, arpa, guruch, mosh, qovun, tarvuz hamda 
tamaki yetishtirgan, ulami xo‘jaligining muhim eng muhim tarm og‘i 
pillachilik edi.
Uchinchisi —
M urg'ob va Tajan viloyatlari. XIX asrgacha ushbu 
hududdagi turkmanlaming asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. 
XIX asm ing oxirida esa asosiy mashg‘ulotning turi sug‘orma 
dehqonchilikka aylandi. M urg‘ob turkmanlaming hayotida hayvon 
boqish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular qorako‘l qo4ylarini boqqan, 
shuningdek, bu yerda pillachilik ham rivojlangan. Savsan, begrez va 
serinde kabi shoyi gazlamalariga talab katta bo‘lgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling