Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Oilaviy marosimlari
Turkmanlaming to ‘yi aw alo , kelin va 
kuyovning 
qarindoshlari 
tomonidan 
kelishuvidan 
boshlanadi. 
Kelishuvdan so‘ng kelin va kuyovning qarindoshlari tomonidan 
to ‘ygacha bo‘lgan urf-odatlar bajarilgan. Kelin va kuyov qarindoshlari 
tomonidan to ‘yga ancha oldin tayyorlangan. Y ig‘ilish, ya'ni (genesh 
to ‘y)da yaqin qarindoshlar, do‘stlar va qo‘ni-qo‘shnilar marosim 
uchun kerakli buyumlami kelishib olgan.
Hamqishlo'qlar to ‘yga maxsus taklif qilinmagan, jarchi ertalabdan 
butun ovul b o ‘ylab to ‘yga ja r solgan. Qarindoshlar va qo‘shm ovulda 
yashaydiganlarga bir necha kun oldin chopar orqali xabar berilgan. 
T o‘y marosimini o ‘tkazish uchun “omadli kun” (“sexetli gun”) 
belgilanadi. Amudaiyoning o ‘rta oqimida yashaydigan turkmanlarda
133


ushbu kun dushanba hisoblanadi. Xosiyatli oylar sirasiga qurban, 
barot (m eret) va ram azon oylari kirgan. Q ayd etish kerakki, 
dehqonchilik bilan sh u g ‘ullanadigan tum anlarda to ‘y va boshqa 
m arosim lar (taqvim bilan b o g ‘lanm asdan) kuzda, qishloq ho ‘jalik 
ishlari tugagandan keyin o4kazilgan. Turkm anistonning sharqiy 
qismida to ‘yga 9 kun qolganda, kuyovning uyiga kelinni k o‘chirish 
(gez gechurm ek)ga tayyorgarlik ko ‘rilgan (“dokuz”), qizning sepi 
tayyorlangan: kiyim lari, gilam, gilam qop va uy anjom lari.
M arosim ning asosiy qismi kuyovning xonadonida b o‘lib o ‘tgan. 
Faqatgina ersarin qabilasida to ‘y m arosim i ham kelin, ham kuyovning 
uyida bir vaqtning o ‘zida o ‘tkazilgan, lekin barcha xarajatlar kuyov 
tomonidan qoplangan.
T o‘y kelinning uyida, ham qishloqlari davrasida boshlangan. 
Kuyovning uyida nechta qo‘y so ‘yilsa, kelinning uyida ham shuncha 
qo‘y so‘yilgan (10 ta q o ‘y har birida).
Erta tongdan kelinning uyiga o ‘rtoqlari-tengdoshlari kelinni 
xursand qilish uchun to ‘y q o ‘shiqlari kuylab (“olenler”), o ‘yin-kulgi 
qilgan. Kelinning yangalari m azkur qo ‘shiqlarda kuyovning ijobiy va 
salbiy xislatlarini hazil tariqasida kuylaganlar va bunga javoban, 
kuyovning ham yangalari tom onidan javob tariqasida aytishuvlar 
aytilgan.
An'analarga muvofiq, to ‘y karvoni kelishida kelinga yangalari 
(salirlarda kelin opa, tekinlar, yovmutlarda esa yedge deb atalgan) 
paranji tashlaganlar, kelinning dugonalari esa ushbu jarayonga xalaqit 
berishga uringanlar. Yanga 3 -4 nafar ayolni yordamga chaqirgan, ular 
kelinning o‘rtoqlarini chetga chiqarib, kelinga ro ‘mol va “nakidka” 
tashlagan. 0 ‘zaro ramziy kurash bu bilan tugamagan, to ‘y karvoni 
kelguncha davom etgan. Kelin va kuyovning yangalari to ‘yning 
tantanali qismida qatnashishdan tashqari, ularning o ‘zaro birinchi 
muloqotida ham muhim rol o ‘ynagan.
To‘y karvoni (“гелналыжы”) tekeinlarda juda ham jo n li 
ko‘rinishda bo‘lgan: tuyalar va ulaming ustiga o‘m atilgan kelin uchun 
bezatilgan maxsus taxtiravonda bayramona kiyingan ayollar oldinda, 
yon tomon va orqada otliq qo‘riqchilardan iborat bo‘lgan. H ar bir 
tuyada ikki yonli taxtiravon (“yan kejebe”), kelin uchun alohida 
kedjebe bo‘lib (“dik kejebe”), yonlari turli xil rangdagi duxobalar 
bilan bezatilgan va tuyalaming bo‘yniga esa qo‘ng‘iroqcha osib
134


qo*yilgan. Kelinning qarindoshlari va qishloqdoshlari tuyalam i 
oldindan tayyorlab qo‘yilgan non bilan siylaganlar.
YoMaton sariqlarida to ‘y kuni kuyovning otasi to ‘y karvonini 
kuzatish marosimini uyushtirgan, ushbu marosimda tuya va oti bor 
xohlagan kishi qatnashishi mumkin bo‘lgan. Ba'zan ulam ing soni 70 
tagacha yetgan. Sariqlar to ‘yining alohida xususiyati shundaki, to ‘y 
karvonini kuzatishda ayollar qatnashmagan. Kelinning ovuliga 500 
m etr qolgunga qadar kuzatuv davom etgan. Karvonni kelganligi 
haqida yangalar xabar bergan va ushbu xabami eshitgan kelinning 
yaqinlari karvonni kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rgan. Q izning 
onasi kelinni bezatish uchun ayollar va qo«shni qizlami chorlagan.
Ersari qabilalarida esa to ‘y karvonini kuzatish m arosimida 
erkaklar ham, ayollar ham qatnashgan. Kelin uchun kurashda faqat 
ayollar qatnashgan, ushbu kurash hazilomuz ko‘rinishda bo‘lib, 
kelinni egallab olish uchun harakat qilingan. Tekinlarda mazkur 
kurashda kelinning xonasiga bostirib kirib, qo‘lidan ushlab, tortishgan. 
B unda kelinning dugonalari xalaqit berishga uringan. Eshikka kirishda 
gilam solingan, bu yerda erkaklar kutib turgan, ayollaming uzoq 
tortishuvidan so ‘ng kelin olib chiqilib, gilamga o ‘tqazilgan. Mazkur 
urf-odatlar janubiy turkmanlarda azaldan mavjud bo‘lgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling