Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Milliy kiyimlari
Turkman erkaklarining kiyimlarida qadimiy urf- odat va an'analar ta'siri deyarli sezilmaydi, ammo xotin-qizlammg milliy kiyimlarida farqlar mavjud. Bundan tashqari, qaysi xalq bilan uzoq vaqt qo‘ni-qo4shnichilik qilib kelganiga qarab turli turkman qavmlarining kiyimlarida ichki va tashqi ta'sir yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa, Kavkaz xalqlari va eroniylar kuchli ta'sir ko‘rsatdi. Xiva turkmanlari kiyim-kechaklarida o ‘zbek bilan qozoqlaming kiyinish 131 an'analari o ‘z ifodasini topgan. Sariq turkm anlari Buxoro vohasi aholisi kiyim-kechaklari ga o ‘xshab kiyinadi. Turkman erkaklarining kiyim lari balaq (ishton), yengi uzun ko ‘ylak, qavilgan chopon (don)dan iborat b o ‘lib, boshiga kerlin yoki kubanka (tepasi, va eni ensiz) telpak, oyog'iga choriq, cho‘ponlar esa yelken kiyadi. Ayollari balaq (uzun ishton), k o‘ylak, yengsiz kem zor (kamzul), oldi guldor qavilgan to ‘n (chabit), boshiga bo ‘riq, bog‘mach, o ‘ram ak xasaba va topon kabi bosh kiyimlari, oyog‘iga esa kovush yoki poshnali poyafzal kiyadi. Erkaklam ing ko‘ylagi oldin yoqasiz tikilgan bo ‘lsa, endilikda tik yoqali ko‘ylak kiyish odatga aylanmoqda. Lekin, turli qavm erkaklari bilan ayollam ing kiyim-kechaklari bir-biridan m a'lum darajada yo bichilishi, tikilishi yoki tashqi bezagi bilan ajralib turadi. M asalan, erkaklar kiyadigan don, chopon va chakmonlar, garchi tikilishi jihatidan ham m a yerda bir xil bo‘lsa ham, m atoning rangi, k o ‘rinishi hamda nomi bilan farqlanadi. Qadim da to ‘nning uzun yenglari q o ‘lni yopib turadigan qilib tikilgan bo ‘lib, yon tomonlarini kesib, unga cho‘ntak o ‘matilgan. T o ‘nning etagi, yoqasi v a cho‘ntaklarining chetigatasm a hamda uqa tikilgan. T o‘nlam ing xivali don, girmizi don va astaroma chopon, ya'ni oqtoy xillari keng tarqalgan edi. • Turkmanlaming chakmoni tuya junidan tikilgan bo‘lib, sovuq kunlari chopon bilan to ‘n yoki po ‘stin - ichmek kiyilgan. Dengiz b o ‘yida yashaydigan yovmutlar, ilgari kurt bichim to ‘n kiyishni yoqtirar edi (kurdacha bichimda bo‘lgani uchun shunday deb atalgan). Oyoqlariga choriqdan tashqari cho‘qay va chapak (shippak) ham kiyib yurganlar. C ho‘qay - buzoq terisidan uchi qayrilgan va gajakdor qilib tayyorlangan poyafzal bo‘lsa, choriq esa yaxlit teridan tikilgan va oq paytava o‘rab kiyiladigan oyoq kiyimi hisoblangan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling