Buxoro vohasi tuproqlarining og‘ir metallar bilan ifloslanishi va ularni yaxshilash
Download 17.74 Kb.
|
Taqriz Fattohov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro agroxim stansiya MCHJ rahbari R.R.Fattohov
70530701 - Tuproqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan “Buxoro vohasi tuproqlarining og‘ir metallar bilan ifloslanishi va ularni yaxshilash”mavzusidagi Zayniddinova Malika Dilmurod qizi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ Tabiiy resurslarda oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish hozirgi vaqtda insoniyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu muammolar orasida tuproq muhofazasi alohida o‘rin tutadi.Agar insoniyat o‘zi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yerda o‘stirilgan o‘simliklar orqali olinishini e’tiborga olsak, uning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi. Atrof-muhitni ifloslanishdan asrash jamiyatning dolzarb vazifasiga aylandi. Ko‘p sonli ifloslantiruvchi moddalar orasida og‘ir metallar alohida o‘rin tutadi. Bularga shartli ravishda atom massasi 50 dan ortiq bo‘lgan, metallarning xossalariga ega bo'lgan kimyoviy elementlar kiradi. Kimyoviy elementlar orasida og‘ir metallar eng zaharli hisoblanadi. Bu faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom-ashyo yetishtirish bilan chegaralanmaydi, chunki uning biogeosenoz va biosferadagi ekologik roli beqiyos hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi davrda tuproq muhofazasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bunday jarayonlarning salbiy tomonga o‘zgarishi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda keskinligicha qolmoqda. Shu sababli tuproqlarning ekologik holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish bizning maqsad va vazifalarimizdan biridir. Buxoro vohasi tuproqlarining og’ir metallar bilan ifloslanish holati hozirgi kunda ko‘plab uchramoqda bunga asosiy sabab qilib fabrikalar, zavodlar, temir yo‘l, aeroport va transport vositalarining tutunlari, qishloq xo‘jaligida pestetsidlar va mineral og`itlarni meyorida qo‘llamaslikni ko‘rsatish mumkin. Yuqoridagi keltirilgan muammolarning mavjudligi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada keng ko‘lamda olib borishni taqozo etmoqda. Magisrtant M.D.Zayniddinova tatqiqot ishida Buxoro vohasi tuproqlarining og‘ir metallar bilan ifloslanishi o‘rganildi. Magistrant dissertatsiya ishini bajarishda 40 dan ortiq ilmiy adabiyotlardan, bundan tashqari internet saytlaridan foydalangan. Dissertatsiyaning kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlatning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob`yekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqoqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib bergan, e’lon qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bo‘yicha ma`lumotlar keltirilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, Buxoro vohasi tuproqlarining og‘ir metallar bilan ifloslanishiga transport vositalarining tutunlari ta’siri o‘rganilgan va tuproq holatini yaxshilash bo‘yicha tavfsiyalar berilgan. BuxDU magisrtanti M.D.Zayniddinova 70530701 - Tuproqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan Buxoro vohasi tuproqlarining “Buxoro vohasi tuproqlarining og‘ir metallar bilan ifloslanishi va ularni yaxshilash” mavzusidagi dissertatsiya “Magisrtatura to‘g‘risidagi nizom” talablari darajasida bajarilgan, uni himoyaga tavsiya etaman.
Download 17.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling