Masharipova Barno Erkin qizining magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etgan
dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining bo`lajak-tarbiyachi pedagoglarining kasbiy motivatsiyasini oshirish texnologiyalari.
Ixtisoslik shifri va nomi: 70110201-Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta`lim).
1.Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining ixtisoslik shifriga mosligi Ilmiy tadqiqot mavzusi ixtisoslik shifri ilmiy yo`nalishiga mos tanlangan.
2.Mavzuning dolzarbligi va o‘rganilganlik darajasining asoslanganligi oliy ta’lim mazmunini optimallashtirish hamda boʻlajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirish, bu borada yetarlicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmaganligi mavzuning dolzarbligini asoslaydi va o`rganilganlik darajasi jihatdan tadqiqotga ilmiy tarzdan yondashilgan tahlillar asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
3.Tadqiqotning maqsadi, ilmiy yangiligi , xulosalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati- tadqiqot maqsadi to`g`ri qo`yilgan, maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachi pedagoglarining kasbiy motivatsiyasini oshirish bo`yicha texnologiyalar va didaktik imkoniyatlarini ochib bergan, umumiy xulosa nazariy ma`lumotlar asosida qilingan va amaliy ahamiyati hisoblangan boʻlajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini takomillashtirish texnologiyalari ishlab chiqishga tizimli tarzda yondashgan.
4.Tadqiqotchining dissertatsiyada oxirgi 10-15 yildagi ilmiy adabiyotlardan foydalanganlik darajasi-mavzuni yoritish davomida juda 40dan ziyod ilmiy adabiyotlardan , 10dan ziyod chet el ilmiy adabiyotlaridan foydalanilgan.
5.Dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy xulosalarning ishonchliligi va asoslanganligi dissertatsiyada keltirilgan nazariy ma`lumotlar ilmiy adabiyotlardan olingan ma`lumotlarga tayangan holda yozilgan va ilmiy xulosa qilingan.
6. Dissertatsiyaning bahosi. Dissertatsiyada qo`llanilgan tadqiq usullari , ularning to`g`ri va asosli tanlanganligi ilmiy tadqiqotni suhbаt, kuzаtish, soʻrоvnоmа, test, tasniflash, matematik va pedagogik eksperiment (mа’lumоtlаrni matematik-stаtistik tahlil qilish, nаtijаlаrni grаfik tаsvirlаsh) metod va usullari asosida samarali eksperimentlar tadqiq qilgan va ular to`g`ri va asosli tanlangan.
7. Nashr qilingan ilmiy ishlari va ularning dissertatsiya mazmuniga va dissertatsiya talablariga mosligi- Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy anjumanlardagi barcha nashr qilingan tezislar, xalqaro online jurnallardagi nashrlari ilmiy tadqiqot mavzusini tashkil etadi.
8. Magistrlik dissertatsiyada erishilgan ilmiy yutuqlar: bo`lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy motivatsiyasini oshirishning didaktik imkoniyatlarini ochdi, kasbiy motivatsiyani shakllantirish texnologiyalarini samarali takomillashtirishni ilmiy asosladi.
9. Magistrlik dissertatsiyasida kuzatilgan kamchiliklar – tadqiqot davomida hozirda nashrdan chiqayotgan ilmiy ommabop jurnallardan va ilmiy maqolalardan kamroq foydalanilgan.
Ilmiy rahbarning dissertatsiyaga bergan umumiy bahosi va ochiq
himoyaga tavsiyasi mavzu yaxshi yoritilganligi va mazmun -mohiyati to`liq ochib berilganligi uchun yuqori saviyada baholayman va himoyaga tavsiya qilaman.
Rasmiy opponent : _______________ _________________________
(imzo)
_______________
(sana)
Do'stlaringiz bilan baham: |