Uy hayvonlarming terisidan ko ‘n tayyorlash juda qadimdan keng
tarqalgan. Qoramol, echki, ot va tuya terisidan poyafzal,
har xil charm
idish va kiyim-kechaklar tikilgan.
Yog‘ochsozlik hunarini deyarli har bir xonadon yaxshi bilgan.
Ushbu hunar ko‘proq o ‘rmonlarga boy shimoliy va sharqiy
tum anlarda keng tarqalgan. M axsus uyshi, ya'ni uy o ‘tovlari va
egarchilar ham k o ‘pchilikni tashkil etgan.
Shuningdek, temirchilik
ham rivojlangan.
Turar-joylarL
Qozoq oilalari asosan, o ‘tov (kigiz uy)larda
yashagan. Ulaming o ‘tovi Markaziy
Osiyodagi boshqa chorvador
etnoslar, ya'ni qirg‘iz, turkman va qoraqalpoq o ‘tovlaridan deyarli farq
qilmagan. 0 ‘tovlar Qozog‘istonning turli hududlarida bir-biridan ustki
bezagi bilan farqlangan. Qozog‘istoning janubiy hududlarida ilgari
Katta Juz urug‘lari yashaydigan qismida o ‘tov
balandroq, shimoliy
cho‘l yerlarida esa pastroq va kengroq ko‘rinishda qurilgan.
Boylaming o ‘tovi keng va balandligi, ustiga qimmatbaho namat -
kigiz yopilganligi bezagi bilan ajralib turgan. O ‘tovlardan
tashqari
om onat uylar ham bo‘lgan: ko‘rki (chayla), jappa va qo‘s. Kambag‘al
aholi qamishdan o ‘tovsimon qilib qurilgan yerto‘la (kazba) va chim
uylarda yashagan.
XVIII
asr oxiri - XIX asr boshlariga kelib qozoqlarning bir qismi
o ‘troq hayot tarziga o ‘ta boshlagan,
natijada doimiy va muqim
yashaydigan uylar paydo bo‘la boshlagan. Zamonaviy qozoqlar
asosan, katta shaharlarda, o ‘ziga zos me'morchilik
uslubida qurilgan
uylarda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: