Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dehqonchilik.
7.2. An’anaviy xo‘jaligi
Qozoq xalqining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan, faqat janub (Sirdaryo bo‘ylari)dagi ba'zi vohalar aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Asrlar mobaynida qozoqlarda asosan, qoramol, у ilqi, qo‘y va tuya boqilgan. Cho‘ponlar doimiy ravishda qo ‘y-qo‘zilam i ko‘paytirish va naslini yaxshilash bilan shug‘ullangan. Q o‘yning juni va terisi ichki hamda tashqi savdoda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. X o‘jalikning ikkinchi muhim tarm og‘i yilqichilik edi. Ot, bir vaqmi o ‘zida ham tengi yo ‘q dastyor, transport vositasi, ham qimiz manbai, go‘shti, qazi-qartasi esa sevimli taom hisoblangan. Qozog‘istonning janubiy, markaziy va g ‘arbiy cho‘l hamda chala cho‘l hududlarida, ayniqsa, tuyachilik keng rivojlangan. Asosan, bir 145 o ‘rkachli (nor tuyalar bilan qo ‘sh o ‘rkachli (ayir urkesh) tuyalar boqilgan. N or tuyalar nisbatan b a q u w a t va chidamli b o £lganligi sababli ulam i boqishga nisbatan k o ‘proq e'tibor berilgan. Tuya yaxshi yuk tashish vositasi b o ‘lishi bilan birga, uning juni ju d a qimmat turgan, tuya sutidan shubat deb ataladigan to ‘yim li ichimlik tayyorlangan. Qozoqlar xo‘jaligida qoram ol ju d a kam b o‘lgan, faqat keyinchalik qoramol saqlash va boqishga katta e'tibor berilgan. Dehqonchilik. D ehqonchilik qozoqlar uchun ikkinchi darajali ish, deb hisoblanib kelingan. Lekin, Q ozogcistonning ayrim hududlari, chunonchi, yettisuv, Qora tov yon bag‘irlari, Chuy, Talas va Sirdaryo sohillari bo'ylab Irtish daryosining yuqori oqimi atrofi, M arkaziy Qozog‘istonning ayrim yerlari, jum ladan, Qarqarali tum anida yashaydigan aholi qadim dan dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Dehqonchilik bilan asosan, m ol-holidan ayrilgan, kam bag‘ailashib qolgan qozoqlar shug‘ullangan. U lar sug‘orm a dehqonchilikni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingina asta-sekin o ‘zlashtira boshlagan. yetishtirilgan hosil pichoq va o ‘roqlar bilan, ba'zan esa g ‘alla boshoqlari q o‘lda supurib, yig ‘ishtirib olingan. Kirman (xirm on) ot yoki ho‘kizlar yordam ida yanchilgan. Donni kuraklar bilan sovurilib, qoplarga yuklangan. Qozoqlar ovchilik va baliqchilik bilan ham qisman shug‘ullangan. K o ‘proq tulki ovlashgan, chunki tulki terisidan bosh kiyim tikilgan. Savdo- sotiq olib borilgan. Juda qadim zamonlardan Qozog‘iston hududida sayga ovlangan. Buning uchun qator qilib, qopqon ichiga qamab, ba'zan esa ot bilan quvib, charchagan hayvonni so‘yil bilan urib ovlaganlar. Baliqchilik bilan asosan, daryo va ko‘llar atrofida yashaydigan aholi shug‘ullangan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling