Davlat bayrog‘i
|
Государственный флаг
|
National flag
|
davlatning ramziy belgilaridan biri. Davlat bayrog‘i mustaqil davlat va unda yashovchi fuqarolar daxlsizligining aniq ifodasidir.
|
Davlat gerbi
|
Государственный герб
|
National emblem
|
davlat ramzi, davlatning milliy, siyosiy, iqtisodiy xususiyatlari hamda ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va boshqa belgilarini shartli ravishda ifodalaydigan belgi, tamg‘a.
|
Diplomatiya
|
Дипломатия
|
Diplomacy
|
davlat, hukumat boshliqlari va maxsus tashqi aloqa organlarining, davlat tashqi siyosatining maqsad va vazifalarini, shuningdek chet ellarda davlatning huquq va manfaatlarini himoyalashni amalga oshirishga qaratilgan rasmiy faoliyati.
|
Yevrazes
|
Евразия
|
Eurasia
|
yevropa – Osiyo Iqtisodiy hamjamiyati, 2000 yil oktyabr oyida Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlari rahbarlari imzo chekkan shartnoma asosida vujudga kelgan xalqaro tashkilot.
|
Junaidxon
|
Junaidxon
|
Junaidxon
|
Xorazmdagi milliy ozodlik harakati a'zolaridan biri bo‘lib, asli ismi Qurbon Mamed bo‘lgan. Uni turkmanlarning yovmud urug‘idan chiqqanligi uchun Junaidxon deb ataydilar. 1912-1913 va 1915-1916 u yaxshi qurollangan askarlar bilan qishloqlarda to‘planib, harakat qilgan. 1918-1920 yillarda Xiva xonligida qo‘shin boshlig‘i bo‘lib, xon nomidan hokimiyatni boshqardi. Xorazmda bolsheviklar tomonidan xonlik tugatilgach, Markaziy Osiyoda milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. 1931 yil iyunida Afg‘onistonga o‘tib ketadi va 1938 yilda vafot etadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |