GLOSSARIY
O‘zbek tilida
|
Rus tilida
|
Ingliz tilida
|
Izoh
|
Alternativa
|
Алтернатива
|
Alternative
|
(fransuzcha “alternative”, “alteras” - bir-biriga qarama qarshi, muqobil) – ikki nomzod, ikki vaziyat, ikki fikr yoki ikki narsadan birini tanlashga majbur bo‘lmoq.
|
An'analar
|
Традиция
|
Tradition
|
jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma'naviy faoliyat shakllarining, kishilar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarning avloddan-avlodga o‘tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va xususiyatlarining takrorlanishi.
|
Anvar poshsho
|
Anvar poshsho
|
Anvar poshsho
|
Turkiyalik davlat va siyosat arbobi. 1922 yil 15 aprelda Turkiston o‘lkasi milliy ozodlik harakatining rahbarlari Sharqiy Buxoroda to‘planib, Anvar poshoni o‘zlariga siyosiy rahnomo va bosh qo‘mondon qilib saylaydilar, shu paytdan boshlab o‘lkada milliy ozodlik harakati uyushgan tus olib yanada kengayadi. 1922 yil avgustdagi og‘ir janglarning birida Anvar posho qahramonlarcha halok bo‘ladi.
|
Aqidaparastlik
|
Доктринёр
|
Doctrinaire
|
(arabcha – “qoida” va forscha – “parast” so‘zlaridan olingan bo‘lib, qoidaga ko‘r-ko‘rona berilish) – qoidalarga dalilsiz va isbotsiz, ko‘r-ko‘rona ishonishga, o‘zgarmas tushuncha va qarashlarga asoslangan tafakkur uslubi va hatti-harakatlar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |