Do‘stlik-oltindan qimmat Reja
Download 121.59 Kb.
|
Do'stlik insho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inshoning hajmi
- Insho kompozitsiyasi, mazmuni va mantiqiy fikrlash
- Jami: 22 ball.
- Ota – aql, ona – idrok.
- Mening bobom, buvim –mahallamiz faxri
- Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” Reja
- Qarshi DU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yonalishi talabasi Saidova Sadoqat
Do‘stlik-oltindan qimmat Reja: 1.Do‘stlik-yuksak ma’naviy tushuncha. 2.Do‘stlik haqida hikoya. 3.Do‘stlik muqaddas tuyg‘u. 4.Do‘stim-mening faxrim.
Do‘stlik insonlar o‘rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qarashlar va manfaatlar yaqinligi o‘zaro bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar demakdir. Do‘stlik insonni ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi, uning og‘irini yengil qiluvchi, ruhiyatini ko‘taruvchi, o‘ziga ishonch orttiruvchi kuchdir. Insonda do‘stlik, birodarlik, o‘zaro ishonch tuyg‘ulari darhol yuzaga kelib, o‘z-o‘zidan mustaxkamlanib qolmaydi. Hayotda haqiqiy sadoqatli do‘st topish inson uchun katta baxtdir. Inson har qanday holatda ham yonida o‘ziga yaqin insonlar ota-onasi, qarindosh-urug‘lari bilan bir qatorda do‘stlarining ham bo‘lishini ich-ichidan xohlaydi. Hayotda haqiqiy do‘stlar bilan bir qatorda soxta do‘stlar ham uchrab turadi. Ular shaxsiy manfaat yuzasidan, ma’lum bir maqsadni ko‘zlab, o‘zlarini do‘st qilib mahoratli artist bo‘ladilar. Uzoq yillar yonma-yon o‘qish, mehnat qilish, boshqa biror tashvish tushganda hamdard, hamfikr bo‘lish, safarga chiqish va boshqa hollarda odamlar do‘stlashib qoladilar. Do‘stlik millat, diniy e’tiqod, mansab, boylik, chiroy yosh tanlamaydi, chegara bilmaydi. Do‘stlikning muhim shartlaridan biri vafodir. Do‘stiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Kishilarning o‘zaro do‘stlashishida ularning xarakteri, qiziqishlari, saviyasi va iqtidori ham muhim o‘rin tutadi. Do‘stni yanada qalinroq do‘st qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning o‘zidir. Kaykovus do‘stlarni ikki toifaga ajratadi: non do‘stlar, or va nomus do‘stlar. Bir o‘g‘ri kechasi podshohning saroyiga o‘g‘rilikka tushgan. Qarasa podshoh taxtida uxlab yotibdi-yu, tepasida bir maymun uning betiga qo‘ngan pashsha, chivinlarni yelpig‘ich bilan qo‘rib o‘tiribdi. U pashshalarni haydab, yelpig‘ichni to‘xtatgan zomoni yana kelib yopishishadi. Maymunni jahli chiqib, bir katta toshni ko‘tarib keldi-yu, xira pashshalarni bir yo‘la qirib tashlash maqsadida toshni azot ko‘tarib, urmoqchi bo‘lib qoldi. Shunda o‘g‘ri qo‘liga kamonni olib, bir otgan edi, maymun chiyillab ag‘darilib tushdi. Uning qattiq chiyillagan ovozidan podsho uyg‘onib ketdi. Qarasa, saroy sahnida qora kiyimga burkangan bir notanish odam turibdi. Podsho qo‘rqib ketib Kimsan?! –deb baqirgan edi, darhol soqchilar yugurib kelib, o‘g‘rini ushlab oldilar. Podsho o‘g‘rini o‘ldirmoq maqsadida “Jallod!” – deb chaqirdi. Shunda o‘g‘ri unga ta’zim qilib: -Ey podshohim, men haqiqatan ham o‘g‘riman, saroyingizga o‘g‘irlikka tushgan edim… – deb maymun voqeasini gapirib berdi. Darhaqiqat, qarashsa, taxt yonida bir katta tosh turibdi, uning yonida maymun o‘lib yotibdi. Shunda podsho: -Ha, do‘sti nodondan dushmani dono yaxshi ekan –deb o‘grini o‘limdan ozod qilibdi. Do‘stlik muqaddas tuyg‘udir. Do‘stlik tog‘lardan baland, zilol suvdek toza tuyg‘udir. Har bir inson tug‘ilib ulg‘ayibdiki, albatta yonida mehribon do‘sti bo‘lishi kerak. Shu do‘st umr bo‘yi yonimizda hamroh, sirdosh, ishongan insonimiz bo‘lib ketadi. Do‘stlikning qadriga do‘st topgan biladi. Shuning uchun har birimiz do‘stlarimizning qadriga yetaylik, chunki ko‘p inson do‘st topishda qiynaladi, topganida esa aldanadi. Shunday muqaddas tuyg‘uni, do‘stlik deya atalmish bir tog‘ni yaratdikmi, uning qadriga yetib yuraylik, yer bilan bitta qilib payhon qilmaylik. Do‘stlarga hamma vaqt sodiq bo‘lish uchun ularni izzat-hurmat qilish, yaxshi-yomon kunlarida ularga ko‘maklashish zarur. Chin do‘stdan faqat foyda tegadi. U kishiga yomonlik sog‘inmay, ziyon-zahmat yetkazmaydi. Agar u qattiq gapirsa ham, bundan xafa bo‘lmaslik kerak. Chunki u kishini noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarmoq maqsadidagina kuyunganidan shunday qiladi. Shuning uchun ham: “Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib”, “Do‘st so‘zini tashlama, tashlab boshing qashlama”, “Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st xatongni to‘g‘irlaydi”, “Do‘st kuyinar, dushman suyunar”, “Do‘sting bilan dildosh bo‘l, qilar ishda qo‘ldosh bo‘l” kabi xalqimizning ibratli maqollari mavjud. Do‘stlar ko‘p bo‘lsa, turmush yaxshi o‘tadi va, aksincha, do‘stsiz kechirilgan hayot bema’ni o‘tadi. Shuning uchun ko‘proq do‘st orttirishga da’vat etiladi. Yomon kunida yonida dalda bo‘ladigan, dardini tushunadigan do‘st bilan hamma ham faxrlansa kerak. Men ham o‘z do‘stim bilan faxrlanaman, chunki u har qanday vaziyatimda menga hamroh bo‘ladi va o‘z maslahatlarini mendan ayamaydi. Dardlarimni xuddi o‘zining dardidek tushunadi, menga yelkadosh u bilan faxrlanaman. U men uchun juda qadrli aziz insonim. “Do‘stsiz boshim – tuzsiz oshim”. Mazkur insho tahlili: Inshoning hajmi: Tavsiya etiladigan so‘zlar miqdori 400 va undan ortiq so‘z bo‘lsa (kamida 7 sahifa va undan ortiq). -3 ball. Inshoning mavzu va rejaga muvofiqligi: Reja ijodiy, izchil va mavzuga mos tuzilmagan, matn mazmunini to‘liq namoyon qilmagan – 1 ball. Insho kompozitsiyasi, mazmuni va mantiqiy fikrlash: Mavzu mazmunini yoritish quruq bayonchilikdan iborat, o‘rinli iqtiboslar tanlanmagan, insho xulosalanmagan – 5 ball. Nutqiy savodxonlik darajasi: 4 ta orfografik, 3 ta uslubiy va 5 ta punktuatsion xato mavjud – 10 ball. Husnixat uchun: Harflar o‘zbek yozuvining grafik tizimiga mos husnixat bilan yozilgan – 3 ball. Jami: 22 ball. Ota – aql, Ona – idrok BY ТЎЛҚИН ЭШБЕК · 23.10.2016 Хурсанойнинг мақоласини ўқиганлар хурсанд бўлишига ишонаман, дейди Дониш домла мамнун бўлиб. “Shahar tojini izlama, ota-onang roziligini izla!” Odatda otani “Padari buzrukvor”, onani esa “Mehribon volida” deymiz. Chunki, har bir inson uchun otadan ulug` qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishi yo`q. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig`idek asrab avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan hamma vaqt quyosh yanglig` hayotimizga nur ato etadilar, tunimizni yorug`, yo`llarimizni oydin qiladilar. Shu boisdan ham, eng go`zal dostonlar, eng yaxshi qo`shiqlar, eng yoqimli kuylar ana shu ulug` zotlarga bag`ishlangani bejiz emas. Xalqimiz ijodidagi eng mazmunli sahifalar ham ota-onalarga bag`ishlagandirlar.
Otangni quyosh deb bilsang, Onangni oy deb bil! Ona kulsa xona to`lar, Ota kulsa g`aming Otasini og`ritgan el ichida xor bo`lur, Onasini og`ritgan parcha nonga zor bo`lur.
kabi hikmatlarning har birida hayotiy haqiqat, buyuk insoniylik aks etgan deya olamiz. Ota-onalarni behad ulug`lovchi, ularning nuroniy, tiniq va nurafshon siymolarini gavdalantiruvchi ajoyib dostonlar, ertaklar, afsonalar, naql-rivoyatlar ham talaygina. Ulardan biri: Hikoyat: kunlardan bir kun yurtni yov bosibdi. Elni tig`dan o`tkazibdi, ekinzorlarni yondiribdi, talab vayron qilibdi. Navbat bir mushtipar onaga kelibdi. Onaning bir o`g`li va bir qizi bo’lib, ularni haddan ziyod yaxshi ko`rar, ular uchun hatto jonini berishga ham tayyor ekan. Bosqinchi shoh onani sinab ko`rmoqchi bo`libdi: — Seni o`ldirmoqchi emasman, katta bo`lganida qasos olishi mumkin bo`lgan o’g’lingni o’ldirmoqchiman. Aytishlariga qaraganda, ona farzandlari uchun jonini berishga ham tayyor emish. Menga joning emas, charosdek chiroyli ko`zlaring kerak. Bordi-yu o`ng ko`zingni o`yib bersang o`g`ling omon qoladi, bo`lmasa qatl qilaman – debdi. Ona: — (O`ylab ham o`tirmay) Ko`zim kerak bo’lsa o`yib ol, ammo bolamga tegma, — debdi. Jallodlar onaning o`ng ko`zini o`yib olishibdi, ona oh deb og`iz ochmabdi Qonxo`r shoh: — Endi chap ko`zingni bersang qizing ham sog` qoladi, — debdi. Ona hech ikkilanmay rozi bo`libdi. Jallodlar onaning chap ko`zini ham o`yib olishibdi. Onaizor ikki ko`zidan ajralibdi-yu, bolalari omon qolibdi. Bu orada el bahodirlari qo`zg`olib, bosqinchi podshoni yurtdan quvib chiqarishibdi. Ona mehri, jasorati oldida bosh egib, xaloyiq uni yurtga boshliq etib tayinlabdi. Ikki ko`zidan ayrilgan ona o`g`lini o`ng ko`zi, qizini chap ko`zi qilib, uzoq yashabdi, yurtni adolat bilan boshqaribdi. Ona – endi tili chiqa boshlagan norasida go`dakning ilk bor aytiladigan so`zi. Bu so`z umrbod uning tilidan tushmaydi, dilidan ketmaydi. Boshida shafoatli kunlar mavjurganda ham yoki og`ir kunlar tushib, nochor ahvolda qolgan chog`larida ham lablarining beixtiyor: “Ona!” – deya shivirlashini, kim bilmaydi deysiz! Qani ko`raylik-chi, ona so`zi nimani anglatar ekan? Ona so`zi uchta harfdan iborat bo`lib, u o`zida oriyat, nafosat, andisha so`zlarining ma’nolarini to`liq mujassamlashtirgandir. Bular pokizalik, ma’naviyat, go`zallik uyg`unlashib Ona so`zi bunyod bo`ladi. Ona u fozila, oqila, komila. U e’tiqod, mehr-muxabbat va nafosat gulshaninng sohibasi. Bu so`z yashash umidi, hayotga tashnalik, dunyoni anglashning boshlanishi demakdir. Go`dak qalbini isituvchi ilk nur onaning mehr-muxabbatga to`la ko`zidan tushadi. Onaning jo`shqin va so`nmas mehri hamisha va hamma yerda bolasi bilan, bu mehr samodek cheksiz, musaffo havodek zarur va sahiydir. Ayolni sevmagan, ardoqlamagan, kuylamagan kim bor dunyoda. Ehe, dunyoda ne-ne ulug` zotlar, sohibqironlar, sarkardalar, sultonlar, donishmandlar, daholar o`tmadi deysiz. Bugungi ayol – uy bekasi, xizmatchi, olima, agronom, lekin, bu bir tomon, ammo u birinchi galda, kelgusi avlodni dunyoga keltiruvchi ona. Bu moborak, ulug` zot haqida qancha so`z yuritsak, shuncha oz. “Dunyo tor bo`lganda ham, ona bag`ri keng!”. “Onani derlar – yerning quyoshi, bashariyat aqlu hissining boshi”. “Onaning bir qo`li beshikni, ikkinchi qo`li dunyoni tebratadi”. Oilada otaning ta’sir kuchi katta ekanligini faqat yoshlik yillaridagina emas, balki ulg`aygandan keyin ham his qilasan kishi. O`z otasini mehribon, g`amxo`r, talabchan, odil inson deb atay oladigan odamgina baxtlidir. Ota bola uchun mustahkam tayanch, or-nomus, kelajagi yo`lidagi orzu-umidi, haqiqat va adolat posbosi. Ijtimoiy va mehnat faoliyati bilan, yaxshi axloqi va xulqi bilan o`rnak, har bir yaxshi ishda ustoz, murabbiy, saxovat va muruvvat maktabidir. Oqil bobo shunday deydi: “Ey o`g`lonlarim, qizaloqlarim, yoshlikdan boshlab ota-onangizni qadriga yeting, ularning hurmati, izzat-ikromini joyiga qo`ying, aytganlaridan chiqmang. Chunki, ota-ona hech qachon yomon bo`l demaydi. Aksincha, o`zini o`tu suvga urib bolam bezavol o`ssin, voyaga yetib, katta hayotga qadam qo`ysin deb, o`zini fido qilgudek bo’ladi. Baxt-saodatingiz, kelajagingiz yo`lida fidoiylik ko`rsatishadi”. “Otani – quyosh, onani — oy” deb bilgan xalqimiz ularning qadriga yetish, e’zozlash, boshga ko`tarish, padari buzrukvorining tuz haqini, volidayi mehribonining sut haqini oqlash har bir o`g`il-qizning vijdoniy burchi ekanligini alohida uqtiradi. “Quyoshdan so`rashibdi: Sening haroratingdan zo`rroq harorat bormi?” “Bor – javob beribdi Quyosh – Ona mehri mening taftimdan ham kuchliroq”. O`limdan so`rashibdi: “Senga bas keladigan kuch bormi dunyoda?” “Bor! – deb javob beribdi o`lim” – “Ona mehri meni ham ham chekintiradi”. Daryoi azimdan so`rashibdi: “Sendan kuchliroq jonzot bormi dunyo?” “Bor! – debdi Daryoi azim” – “Ona mahri mendan kuchliroq, zo`rroq”… Ha, Ona mehri toshni eritadi, qahri tog`ni qulatadi, daryoni jilovlay oladi… Quyosh – haroratini, Oy – nurini, hayot – go`zalligini Onadan olgan, deydi xalq. Tabiat tarovati, gullar isi, hayot nashidasi, inson ko`rkamligi, odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati – bari-barisi onaizordan! Dunyoda pirma’no bir so`z bor, men undan ortiq va yaxshiroq so’zni bilmayman. Bu so`z – “Ota-onangga raxmat”, degan yoqimli so`zdir. Uning aksi ham bor: u eng yomon, eng yoqimsiz – oq padar, ona suti ko`r qilgur, degan so`zlardir. Ey o`g`illar, qizlar birinchi so’z doimiy hamrohingiz bo`lsin, ikkinchisidan saqlaning! Ota-ona uchun farzanddan aziz, farzanddan shirin narsa yo`q. Ota-ona farzandining sog`lig`i, kamoloti va kelajagi yo`lida hatto o`zini qurbon qilishga rozi bo`ladi. Ota-ona o`g`il-qiziga o`z umri, aql-idroki, shodligini o`z shodligi, baxtini o`z baxti deb anglaydi, shodligu quvonchidan quvonadi, qayg`usiga sherik bo`ladi. Shunday ekan, bu oily ne’matni, xazinamizni borida qarlaylik, qadriga yetaylik. Har narsaning ikki tomoni bor deganlaridek, yuqorida siz bilan faqat ko`nglimizga hush yoquvchi, iliq so`zlar bilan suhbatlashdik. Ming afsuslar bilan hatto, achchiq bo`lsa ham aytish kerakki, hayotimizda bunday insonlarning aksi ham uchrab turadi. Ota-onalar, ota-onalik baxtidan o’zlarini mosuvo qilib ham, hayotda bosh ko`tarib yurishibdi. Shunday naql bor, biz buni yuqorida ham zikr qilgan edik, inson hayotidagi eng daxshatli so`z, bir umrlik tamg`a. Bu tamg`a nafaqat o`sha insonning balki butun avlodiga tatigulik meros bo’ladi. Bu “Oq padar” degan lanatdir. Biz bu hunuk iborani faqat ota-onalar farzandlariga nisbatan qo`llashadi degan tushunchaga egamiz. Buni qarangki, aksincha farzandlar ham ota-onasiga nisbatan ishlatiladigan hollar uchrar ekan. Bir hadisda o`qigan edim: Ulamoning oldiga bir ota kelib, o`z farzandidan arz qilibdi. Holimdan habar olmaydi, hatto yo`qlamaydi, men uni oq qilmoqchiman balki uni siz bundan ogohlantirsangiz, sizning gaplaringiz kor qilarmidi – debdi. Ulamo otaning farzandini huzuriga chaqirib unga tanbeh bermoqchi bo’libdi. Undan bunday qilishini sababini so`ragan ekan. O`g`il javoban unga shunday debdi – To`g`ri bu borada men gunohkorman, lekin, Siz meni ismimni ma’nosini bilasizmi, ma’nosi “ko`rshapalak” degani. Ota-onaning bu hayotdagi birinchi vazifasi farzandlariga ma’noli, hosiyatli ism qo’yishi emasmi. Farzand o`z ismidan farxrlanishi, unga munosib bo`lishga harakat qilishi kerak emasmi? –deya javob qaytaribdi. Ulamo otani huzuriga chaqirib: — siz farzandingizni oq qilishga haqli emassiz chunki u, unga ism qo`ygan kuningiz sizni oq qilgan ekan deya, javob beribdi. Bu misol tariqasida aytilgan hikoya dengizdan tomchi, xolos. Bir kuni “Saniya” ismli qizdan ismingizni ma’nosi nima deb so`rasam, u javoban otamni ismi “Sanjar” onamniki “Roziya”, ikkalasining ismlaridan otamnikidan “San” onamnikidan “iya” qo`shimchalarini olib ismimni yasashgan, dedi. Hayron bo`ldim nima uchun, buni ma’nosi nima, ism qo`yish yoki yashash ermak uchunmi? Buni ta’riflashga hatto lol qolasan kishi. Bunday voqealar hayotda uchrab turadi. Ne azoblarni bo`yniga olib farzandni dunyoga keltiradi-yu, lekin jannatning mevasi deb atalmish jigargo`shasidan yuz o`giradigan, u menga kerak emas, menga ortiqcha yuk, meni oyog’imga ipsiz zanjir bo`ladi, deydigan bag`ri toshlar ham uchrab turadi. Hayotda qanchadan qancha oilalar shu farzand degan mo`jizaga, tirmoqqa zor, kecha-yu kunduz Ollohdan iltijo qilib kutayotganlar oz emas. Bir kam dunyo, “kimdir farzandga, yana kimdir ota-onaga zor, kimlardir esa ularni qiladi hor”. Farzand ota-onani tanlashga qodir emas, bu haqida o`ylashning o’zi azmi gunohdir. Ba’zilar ulardan uyalishadi, or qilishadi. Qaytar dunyo, bu hayotda hech bir gunoh jazosiz qolmaydi. Aziz suhbatdosh, bu mavzuda yana soatlab, hatto yillab suhbat qurish mumkin, lekin “So`zingni ayt uqganga”, deganlaridek bundan o’zingizga yetarlicha xulosa chiqarmasandiz, bundan foyda yo`q. Ota-onangiz hali hayotligida ularga mehr ko`rsating, duosini oling, yonlarida ko`proq bo`lishga harakat qiling, ahir ular ham hayotda g`animat. Keyin holasangiz ham ularni topa olmaysiz. Izlariga hatto, sizga tanbeh berganida yoqmagan so`zlariga ham zor bo`lasiz. Shunday ekan, biz – farzandlar ana shunday saxovatga fidoiylik bilan javob bermog`imiz ham farz, ham qarzdiz. Mening bobom, buvim –mahallamiz faxri Reja: 1.Keksalarni e’zozlash-burchimiz. 2.Mahallamiz faxri. 3.Qari bilganni pari bilmas. 4.Bobom ,buvim duosidan kuch olib ulg`ayaman. Qarisi bor uyning farishtasi bor. (Maqol) Yurtboshimizning qaroriga binoan 2015-yil –“Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi barchamizga ma’lum. Shu boisdan yurtimizda “Keksalarni e’zozlash yili “ Davlat dasturiga muvofiq keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur dastur keksalarning hayotini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab quvvatlash yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi hamda mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, iqtisodiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni tizimli asosda tashkillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu dasturning amaliy ifodasi hamma joyda o’z natijasini bermoqda. Ayniqsa, ma’naviyat o’chog’I bo’lmish mahallalarda olib borilayotgan ishlar barchani quvontiradi. Bizning mahallamizda ham ko`zga ko`rinarli islohotlar olib borilmoqda. Bundan mening bobojonim va buvijonim ham juda xursand. Ular mahallamizdagi eng nuroniy keksalardan. Shuning uchun ularni hamma hurmat qiladi, ardoqlaydi , duolarini olishga harakat qilishadi. Men esa bundan juda ham mamnunman. Chunki xonadonimiz farishtasi bo`lgan bobojon-u buvijonimning mehr bulog`idan nafaqat men, balki butun mahalla-ko`y bahramand bo`lyapti. Ko`pni ko`rgan, o’z boshidan qanchadan qancha yaxshi va yomon kunlarni o`tkazgan keksalarimiz duosidan butun mahalla obod. Negaki, ular har gal duoga qo`l ocharkanlar, yurtimiz tinch, oilamiz xotirjam, dastuxonimiz to`kin -sochin bo`lsin deya ezgu niyat qilishadi. Shunday ekan, nuroniy otaxon-u onaxonlarni mahalla faxri, deb atasak yanglishmagan bo`lamiz. Ularning orasida mening bobojonim va buvijonimning borligi esa yuragimni faxr-u iftixor tuyg`ulariga to`ldiradi. Xalqimizda:”Qari bilganni pari bilmas” degan naql bor. Haqiqatan ham dono keksalarimiz beradigan maslahatlar oltindan ham azizroq. Nuroniylarimizni kitobga qiyos etsak bo’ladi, chunki kitob bilim bersa, keksalar hayotdan saboq beradi. Buvijonim ham biz nabiralarni yonlariga olib, qiz bolaning husni uning odobi, xush xulqida, deya har doimgidek uqtiradilar. Avvalo, kattalarga tavoze bilan salom berish, birov chaqirganda “labbay” deya javob berish, ish buyurishsa “xo’p bo’ladi” deyishni, “rahmat”, “marhamat” so’zlarini ham o’z o’rnida ishlatishni ta’kidlaydilar. “Tozalik, poklik bor joyda baraka bo’ladi”, “Erta turganning nasibasi butun bo’ladi”, degan o’gitlari bilan bizga saboq berishdan charchamaydilar. Bobojonim bo’lsalar inson yoshligidanoq ilm-hunar o’rganishi kerakligini, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lishlikni, yomon so’zlab, birovning dilini og’ritmaslikni, tabiat bilan hamnafas bo’lib, uni asrash lozimligini bot-bot uqtiradilar. Bobojonim va buvijonimning dono o’gitlari-yu purma’no pand-nasihatlarini tinglash menga juda ham yoqadi. Ularning kelgusi hayotimda asqotishiga ishonaman. Keksalarni qadrlashimiz, ularga g’amxo’rlik qilishimiz lozim. Bu haqida ulug’ mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy shunday satrlarni qoldirgan: Qarilar xotiri nozikdur, ey tifl , Shikastidin qilib vahm o’lma gustox. Unuttungmuki atfol o’ynag’anda , Sinar oz mayl ko’rgandin quruq shox. Ha, dilga nur, qalbga orom beruvchi tinchlik, xotirjamlik hukm surayotgan bugungi dorilomon kunlarda umrguzaronlik qilayotgan, jamiyatimizdagi ahillik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga hissa qo’shayotgan, sog’lom va barkamol unib o’sayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan, duoga qo’l ochib bizlarning baxt-iqbolimizni, saodatimizni tilayotgan buvijon-bobojonlarimizni hurmat qilish, ularga ko’proq e’tibor qaratish barchamizning farzandlik burchimiz ! Oqil, dono keksalarning Duosini olaylik. Biz ham elga xizmat qilib O’shalarday bo’laylik. “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” Reja: Diniy ekstremizm va terrorizm insoniyat dushmanidir. Har qanday jaholatni ma’rifat mag‘lub etadi. Ne’matlar ichida eng ulug‘i – tinchlikdir. Baqo ayvoni ko‘p oliy emastur, Havodisdin jahon xoli emastur. (A.Navoiy.) Dunyo yaralibdiki, insoniyat go‘zallikka intilib yashaydi, bir siqim tuproqdan ham butun bir go‘zallikni yarata oladi, ariq qazib suv chiqaradi, nihol ekib hosil oladi, mehnat qilib rohatda yashashga harakat qiladi. Inson butun bir koinot sirlarini o‘rganishga kirishdi va qaysidir ma’noda o‘rgana oldi ham. O‘zining ong-u tafakkuri bilan yaratiqlar ichidagi eng oliy mahluqot ekanligini isbotlashga intildi. Mamlakatimiz mustaqillik bayrog‘ini qo‘liga olgach, qisqa muddat ichida quloch yozib, rivojlana boshladi. Mamlakatimiz yigirma besh yil davomida har tomonlama yuksaldi. O‘zining azal-azaldan mavjud bo‘lgan qadriyatlarini, o‘lmas an’analarini, millat sifatidagi nomini hamda ilm-u tafakkuri bilan dunyoga nom taratgan buyuk ajdodlarining nomini tikladi va abadiyatga muhrladi. Mustaqillik sharofati bilan muqaddas dinimizga alohida e’tibor berildi. Dindorlarimizga shart-sharoitlar yaratildi. Yoshlarimiz ilm-u hunarni ixtiyoriy tanlab Vatan taraqqiyoti, uning ravnaqi va baxt-u iqboli uchun xizmat qilishga bel bog‘ladi. Biroq oramizda shunday insonlar paydo bo‘ldiki, ular na iymonni, na vijdonni, na onani va na Vatanni biladi. Ular so‘zsiz gumrohlardir. Shukrona aytib yashaydigan bu zamonda ochiq ko‘zlari bilan ko‘rib turib o‘z yaqinlari hamda vatandoshlari hayotiga bolta uradigan bunday nokaslar borligi, shubhasiz, insonda nafrat uyg‘otadi. Barcha inson ham onadan yalang‘och tug‘ilib, yalang‘och bo‘lib bu dunyoni tark etishi isbot talab qilmaydigan haqiqat-ku! Dinni niqob qilib, o‘zini-o‘zi portlatish, oq sut bergan munis onaning siynasiga hanjar urish, o‘zini shaytonning manfaati uchun qurbon qilish terrorizm emasmi?! Joynamoz ustiga oyoq bilan chiqib bosh urib namoz o‘qish, aroqqa to‘yib olib Qur’onni tilovat qilish, birovlarning qonini to‘kib lazzatlanish, yoshlarga dinni o‘rgatish vajida o‘zlarini jihodchilar deb, Islom uchun jang qilish kerak deya onasidan bolasigacha, qarisidan yoshigacha qilichdan o‘tkazish, qilmishlari qon to‘kish va zo‘ravonlik bo‘lgan bu kimsalarning qilmishlari diniy ekstremizm va terrorizm bo‘lmay nima?! Urushlar barcha zamonlarda bo‘lgani kabi bugungi kunda ham davom etmoqda, faqat bu urushlarning shakli va mohiyati o‘zgargan xolos. Bugungi kunda muqaddas dinimizga qiziqish ortib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri dinimizning haqqoniyligi va ezgulikka yo‘g‘rilganligidir. Ammo dinimizni niqob qilgan “al-Qoida”, “Musulmon birodarlar”, “Hizbut-tahrir” singari tashkilotlar borki, ularning vakillari Islomdan yiroq, Alloh la’natlagan “mo‘min”lardir. Yurtboshimiz aytganidek, jamiyatning qayeridadir bo‘shliq bo‘lsa, uni to‘ldirishga harakat qiladigan kuchlarning paydo bo‘lishi hech kimga sir emas. Hazrat Ali o‘z bashoratlaridan birida shunday deydi: “Qachon qora bayroqlarni ko‘rsangiz, uyingizdan jilmang. Qo‘llaringiz va oyoqlaringizni qimirlatmang. So‘ng zaif bir qavm chiqadi. Ular e’tiborga sazovor emaslar. Ularning qalblari temirning zangiga o‘xshaydi. Ular mol-mulk sohiblaridir. Ahdga ham, va’daga ham vafo qilmaslar. Haqqa chaqirurlar, lekin o‘zlari haq ahlidin emaslar. Ismlari laqablardan iborat. Nisbatlari esa qishloq va shaharlargadir. Sochlari ayollarning sochiga o‘xshab osilib turadi. Ular oxiri borib o‘zaro ixtilof qiladilar va haqiqat qaror topadi”. Ushbu bashorat xuddi bugungi terrorchi guruhlardan biri ISHID ga nisbatan aytilgandek. To‘g‘ri, bu terrorchi guruhlar qachondir tugashi aniq. Biroq oramizdan ketgan qanchadan qancha begunoh insonlarni endi qaytarishning iloji yo‘q. Vayronakor g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan bu kuchlarni o‘zimizdan uzoqlashtirmog‘imiz uchun ma’naviyatimizni shakllantirmog‘imiz shartdir. Ma’naviyat shunday kuchga egaki, u insonni ruhan poklanish, qalban uyg‘onishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me’zonidir. Muqaddas dinimizning har bir farzini bajarish har bir muslum va muslimaning burchidir. Ammo unutmaslik kerakki, Alloh qalbimizda, yuragimizdadir. Har qanday jaholat zulmatini, ma’rifat chirog‘i yorita oladi. Zero, har qanday jinoyat jazoga mahkumdir. Axir hech qaysi muqaddas dinda qon to‘kish degan tushuncha bo‘lmasa kerak, albatta. Lekin inson bo‘la turib, insonning qiylu-qonini elaydigan insonlar ham yo‘q emas. Chunki ular qalb Allooh mulki ekanligini bilishmaydi. Dunyoni go‘zallik va ma’rifat qutqaradi. Bular esa qayerda tinchlik bo‘lsa, o‘sha joyda mavjuddir. Alisher Navoiy o‘z hikmatlaridan birida shunday deydi: “Inson shunchalik sharafliki, agar u o‘zining yomon odatlaridan qutilib, Fir’avn kabi zulm-u sitamga berilmasa, Muso Allayhissalom kabi ezgu sifatlarga oshno bo‘ladi”. Yurtboshimiz o‘z ma’ruzalaridan birida shunday deydi: “Agar bizning xalqimizdan sizlarga nima kerak deb so‘rashsa, shubhasiz, tinchlik deb javob berishiga ishonaman”. Dinning otashi yuzini kuydirishidan qo‘rqmaydigan, insof haqida gapirsa Allohni tilidan qo‘ymaydigan, so‘zi yaltiroq, ichi qaltiroq qo‘shtirnoq ichidagi imomlar jismi bor-u joni yo‘q yog‘och kabidir. Shu narsaga ishonchim komilki, suvga suyangan bu kimsalar, albatta, cho‘kadi. Diniy ekstremizm va terrorizm deb atalmish insoniyat ajalini ilm-u tafakkurimiz, ma’rifatimiz, sabr-u qanoatimiz bilan mag‘lub etamiz. Ey Vatan farzandi, mo‘min yurtdoshim, aslo yurgan yo‘lingdan adashma. Ko‘nglingga va yo‘lingga Alloh nuri yog‘ilsin, zulm-u zalolatdan tamoman yiroq bo‘l. Agar sen o‘zingni musulmonman, mo‘minman desang, o‘zingni faqat ezgu ishlarga chog‘la.
Qarshi DU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi Saidova Sadoqat
“BIZ YOSHLAR TERRORIZMGA QARSHIMIZ” Download 121.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling