Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari…………………….......…………………


Download 0.9 Mb.
bet3/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari…………………….......………………….............

319




Glossariy....................................................................................................................

321




Ilovalar.......................................................................................................................

325

FAN DASTURIGA MUVOFIQ MA’RUZA MATNI.


1-mavzu. RОSSIYADА 1917 YIL FЕVRАL INQILОBI VА O‘RTА ОSIYO HАMDА QОZОG‘ISTОNDАGI SIYOSIY VАZIYAT. QO‘QОN MUХTОRIYATI VА АLАSH O‘RDА HUKUMАTLАRINING TUGАTILISHI BОLSHЕVIK RЕJIMINING O‘RNАTILISHI.




Reja:
1. Rossiyada 1917 yil Fevral inqilobi va Turkiston o‘lkasida jadidlar harakati.
2. Qo‘qon muxtoriyati va Alash O‘rda hukumatlarining tugatilishi.
3. O‘lkada bolsheviklar rejimining o‘rnatilishi.


Tayanch so‘z va iboralar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar, «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo», «Turon», Turkiston Muxtoriyati hukumati, Rossiyada 1917 yil Fevral inqilobi, jadidlar harakati, Qo‘qon muxtoriyati, Alash O‘rda, Bolsheviklar rejimi.


S Rossiyada 1917 yil Fevral inqilobi va Turkiston o‘lkasida jadidlar harakati.
J 1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilob amalga oshib, Rossiyada podsho hokimiyati ag‘darildi. Rossiyada qo‘shhokimiyat – ikki diktatura: Muvaqqat hukumat siymosida demokratik diktatura va sovetlar siymosida proletariat va dehqonlarning inqilobiy-demokratik diktaturasining o‘ziga xos qo‘shiluvi yuzaga keldi.
Turkistonda Fevral inqilobining dastlabki kunlaridanoq tartibsiz ommaviy tus olgan mahalliy hokimiyat organlarini tuzish jarayonida Rossiya markaziga o‘xshash qo‘sh hokimiyatning tarkib topish tamoyili yaqqol ko‘zga tashlana boshladi.
1917 yil ko‘klami Turkiston o‘lkasining musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda, avj olayotgan demokratik jarayonlarga boshchilik qilish muddaosi bo‘lgan yangi kuchlarning siyosiy maydonga chiqishida burilish nuqtasi bo‘ldi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy-demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi. Ular o‘lka tub xalqlarining taraqqiyoti va mustaqilligi to‘g‘risidagi o‘z ideallarini o‘lkadagi demokratik inqilob bilan bog‘lab, o‘zlari e'lon qilgan tamoyillarni amalga oshirishga faol kirishdilar. Bu vaqtda o‘lka mahalliy aholisi ham qisman siyosiy kurashlar jarayoniga tortilgan edi. 1917 yil 14 martda Toshkentda “Sho‘roi Islomiya” (“Islom kengashi”) tashkiloti tuzildi. Shu kuni, ya'ni 14 martda uning 15 kishidan iborat rayosati tuzilib, uning hay'atiga Munavvarqoridan tashqari A.Fitrat, U.Xo‘jaev va boshqalar kirdi. “Sho‘roi islomiya”ning maqsadi Turkiston musulmonlarini birlashtirish, Ta'sis majlisiga tayyorgarlik ko‘rish, Turkistonga milliy-diniy muxtoriyat berilishiga erishish, xususiy mulk egaligini saqlab qolish kabilardan iborat edi. Tezda o‘lkaning boshqa viloyatlarida ham “Sho‘roi Islomiya” shu'balari tuzildi.
1917 yil 7 aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumatning qarori bilan kadet N.Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti tashkil qilindi. Komitet tarkibiga 9 kishi kirgan bo‘lib, ularning to‘rttasi turkiy xalqlar vakillari edi.
1917 yil 16 aprelda “Sho‘roi Islomiya” tashabbusi bilan Toshkentda Butun Turkiston musulmonlarining 1- qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiston o‘lkasi musulmonlari soveti (O‘lka mussoveti) tuzildi.
Shunday qilib, 1917 yil 1 (14) noyabrga qadar o‘lkadagi siyosiy vaziyatni 3 ta asosiy kuch belgilar edi. Ular Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasi, O‘lka mussoveti, O‘lka ishchi va soldat deputatlari sovetidan iborat edilar.
Turkistonda 1917 yil kuzida Sovetlar hokimiyatni qo‘lga olish masalasini ilgari surdilar. Oktyabrning 2-yarmida Toshkentda norozilik yig‘ilishlari va mitinglar avj oldi.
Bolsheviklar boshchiligida Toshkent soveti ishchi va soldatlarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga da'vat qildi. General Korovichenkoga sodiq qismlar qarshilik ko‘rsatdilar. 1917 yil 28 oktyabrda Toshkentda qurolli to‘qnashuv avj oldi. 1 noyabrda Toshkent harbiy qal'asi taslim bo‘ldi, shu kuni qurolli qo‘zg‘olon g‘alaba qozondi, deb e'lon qilindi.
1917 yil 15 noyabrda ish boshlagan o‘lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining 3-qurultoyida hukumat - Turkiston Xalq Komissarlari Sovetini tuzilganligi e'lon qilinishi bilan sovet hukumati qaror topdi.
Turkiston XKS raisi lavozimini chizmachi bolshevik F.Kolesov egalladi, harbiy komissar - izvoshchi Perfilev, boshqa komissarlik lavozimlariga o‘rtamiyona yuristlar tayinlandilar. Tub aholi vakillari bu hukumat tarkibiga kiritilmadi. Bu hukumat mohiyatan Rossiya podsholigining mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi. Asosiy inqilobiy kuch proletariat va kambag‘al dehqonlar; boshqa qatlamlar ekspluatator deb e'lon qilindi. «Ijtimoiy adolat»ni o‘rnatish, «odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga barham berish» uchun boyliklarni egalaridan tortib olishga kirishildi. 1917 yil kuzida o‘lkadagi so‘l-bolsheviklar tuzgan hukumat, 1 tomondan kolonial-shovinistik, 2-tomondan inqilobiy sinfiylik siyosatini boshladi.
1917 yil boshlarida Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlandi, deb aytib o‘tgan edik. Bu davrga kelib O‘lka muxtoriyati masalasi jadid taraqqiyparvarlari faoliyatining asosiy mazmuniga aylandi. Jadidchilik 1917 yilga kelib ma'rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga ko‘tarildi. 1917 yil 4 marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o‘tkazildi.
1917 yil 16-23-aprelda Toshkentda bo‘lgan 1 qurultoyda Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g‘oyasi olg‘a surildi. Bu Turkistonning o‘z milliy davlatchiligini tiklash yo‘lidagi dastlabki qadami edi. Butunturkiston musulmonlar 1-qurultoyining so‘nggi majlisida Markaziy rahbar organ - Turkiston o‘lka musulmonlari kengashi (O‘lkamussovet) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad tarqoq, bir-biri bilan mustahkam aloqada bo‘lmagan jamiyat, qo‘mita va ittifoqlarni birlashtirish edi. Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashiga Mustafo Cho‘qaev rais, Zaki Validiy bosh kotib, Munavvar Qori, Behbudiy, O.Mahmudov, U.Xo‘jaev, T.Norbo‘tabekov, Islom Shoahmedovlar a'zo qilib saylandi. Munavvar Qori va Sadriddinxon afandi boshchiligida Toshkent qo‘mitasi tuzildi. Behbudiy rahbarligida Samarqand va Nosirxon To‘ra yetakchiligida Farg‘ona bo‘limi ham tashkil topdi. Markaziy Sho‘ro organi sifatida «Najot» (muharriri Munavvar Qori), keyinchalik “Kengash” (muharriri -Validiy va Munavvar Qori) gazetalari chiqdi. 1917 yil bahorida Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda muxtoriyat tomon qat'iy intilishi, o‘z an'analari, urf-odatlarini izchil himoya qilishi aytildi. Milliy Markaz - Turkiston musulmonlari Markazi Kengashi tashkil etildi. Jadid-qadim nizolari sababli bu harakat ichida parchalanish yuz berdi. 1917 yil 14 martda Toshkentda «Sho‘roi Islomiya» tashkil topdi. Aksariyati jadidlardan iborat bu tashkilot a'zolari Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. 1917 yil iyun oyida Munavvar Qori boshchiligidagi «Sho‘roi Islomiya»dan «Sho‘roi Ulamo» ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent shu'basiga asos soldi. Qo‘qon shahrida ham «Sho‘roi Ulamo» jamiyati tuzildi. Biroq bu ikki jamiyat bir-biri bilan kelisha olmasdilar. «Sho‘roi Ulamo» jamiyati o‘z dasturida islom dinining an'anaviy asoslari bo‘yicha ish ko‘rishini ma'lum qilsa-da, aslida Lapin boshchiligidagi Toshkent ulamochilari avval rus monarxiyasi, so‘ngra bolshevizm bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishga urindi, «Sho‘roi Ulamo» jamiyati “Al-Izoh” jurnalini chiqara boshladi (muharriri-Abdumalik hoji Nabiev). M.Cho‘qaev shunday xotirlaydi: «Ulamo Jamiyati» va «Sho‘roi Islomiya» o‘rtasidagi kelishmovchilik bizning umumiy kurashimizni zaiflashtirmoqda va ishlarimizni chuvalashtirmoqda edi. 2- tarafdan, «Ulamo Jamiyati»ning siyosiy programmasi milliy harakatmizning ochiq dushmanlariga bizga qarshi qurol bermoqda edi». 1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlari 2 qurultoyi ochildi. «Sho‘roi Islomiya» tashabbusi bilan chaqirilgan qurultoy hokimiyatni Sovetlarga berishga qarshi chiqdi. Bu qurultoyda milliy demokratiya o‘zi tutadigan yo‘lning muhim asoslarini 1 marta qat'iy aytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo‘lsa, shundagina musulmonlar bu hukumatda ishtirok etadilar. 2- kurultoyda faqat Milliy Markaz Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin, degan fikri qo‘yildi. 1917 yil 17-20 sentyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyida «ulamochilar» bilan «sho‘roi islomchilar» kelishish va murosa yo‘lini topdi. Qurultoyda «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo», «Turon»ni birlashtirish yo‘li bilan butun Turkiston uchun umumiy «Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyasini tuzishga qaror qilindi.
Qurultoydagi asosiy masala - Turkistonning bo‘lajak siyosiy tuzumini belgilash. Toshkentdagi «Ulug‘ Turkiston» gazetasi: «Qurultoy Mulla Muhammadxo‘ja eshon va Mulla Siddiqxo‘ja eshonlarning boshqaruv shakli haqidagi nutqlarini tinglab, duo-yu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi». Qurultoy muxtoriyatni «Turkiston Federativ Respublikasi» nomlab, parlament respublikasi asosida tuzilajak davlat tuzumining bosh tamoyilini belgiladi. 1917 yil oktyabr-noyabrda Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqyealar milliy-ozodlik harakatini butunlay boshqa yo‘nalishdan ketishga majbur qildi. 1917 yil 26-28-noyabrda (yangi hisob bilan 9-11 dekabrda) Qo‘qonda Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda 4 qurultoyi bo‘ldi. Behbudiy o‘z ma'ruzasida: «Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakilari ham ishtirok etmoqdalar», dedi. Turkistonni boshqarish shakli qurultoy diqqat markazida turdi. Qurultoyda 1917 yil 27 noyabr (yangi hisob bilan 10 dekabr) da qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis majlisiga: havola etadi". Qurultoy Turkistondagi milliy ozchilik huquqlari himoya qilishini e'lon qildi. 28-noyabr (11 dekabr) da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi Turkiston Muxtoriyati deb ataldi. Qurultoy Butunrossiya Ta'sis majlisi chaqirilguncha hokimiyat Turkiston Muvaqqat Keigashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo‘lida bo‘lishi kerak, deb qaror qabul qildi. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a'zolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi.
Muhammadjon Tinishpaev - Bosh vazir va ichki ishlar vaziri etib saylandi.
Islom Sulton o‘g‘li Shoahmedov - Bosh vazir o‘rinbosari,
Mustafo Cho‘qaev - tashqi ishlar vaziri,
Ubaydulla Xo‘jaev - harbiy vazir,
Hidoyatbek Yurg‘uli Agaev - yer va suv boyliklari vaziri,
Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri,
Abdurahmon O‘rozaev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari,
Solomon Abramovich Gersfeld - moliya vaziri lavozimlarini egallashdi.
Keyinchalik Mustafo Cho‘qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o‘rtacha malakali huquqshunos edi. Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e'lon qilindi. Bu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e'tiqodlaridan qat'iy nazar, hamjihatlikka da'vat etilgan edi. Ko‘p o‘tmay Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e'lon qilindi, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun huquqshunoslarni jalb qildi. 1917 yil 26 dekabrda Turkiston Milliy bayrog‘i qabul qilindi. «El bayrog‘i», «Birlik tug‘i», «Svobodniy Turkestan», «Izvestiya vremennogo...» kabi hukumat gazetalari o‘zbek, qozoq va rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avval chiqayotgan «Ulug‘ Turkiston» gazetasi ham o‘z sahifalarida Muxtoriyat hukumati faoliyatiga o‘rin bera boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O. Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o‘tdi. Muxtoriyat hukumati milliy qo‘shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 yil boshida bu qo‘shin saflarida bir mingdan ortiq askar bo‘lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo‘jaev ishtirokida o‘tkazilgan ko‘rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari Qo‘qonda shuncha mirshablar bor edi.
Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Chunki gazetalar, muxtoriyat qo‘shinlarining ta'minoti va hukumatning ichki xarajatlari uchun mablag‘ zarur edi. Hukumat Turkistonga Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi. Turkiston Muxtoriyati qisqa vaqtda xalq o‘rtasida katta e'tibor qozondi. Fitrat, Cho‘lpon, Hamza Muxtoriyatni sharaflab she'rlar bitishdi. Fitrat Muxtoriyat e'lon qilingan 27-noyabr (10 dekabr) tunini «Milliy Laylatulqadrimiz» dedi.
1918 yil 19-26 yanvar (8-fevral)da Toshkentda bo‘lgan Turkiston ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda 4 qurultoyida muxtoriyat masalasi asosiy o‘rinda turdi. Qurultoyda bolsheviklar fraksiyasi tomonidan so‘zga chiqqan Toshkent sovetining raisi I.Tobolin shunday dedi: «Muxtoriyatni hayotga tatbiq etish uchun hali vaqt erta. Chunki biz bu ishni amalga oshirsak, muxtoriyatning 1- sharti sifatida rus ko‘shinlari o‘lkadan chiqib ketishi kerak bo‘ladi». Qurultoy Turkiston Muxtoriyati va uning a'zolarini qonundan tashqari holatda deb, hukumat a'zolarini qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqardi. 3 kun o‘tgach, 30 yanvar (12-fevral)da Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Armanlarning «Dashnoqsutyun» partiyasidan tuzilgan qurolli to‘dalardan foydalanildi. 30 yanvar kechqurun Skobelev (hozirgi Farg‘ona) shahridan Qo‘qonga K.Osipov komandirligida dastlabki qizil askar otryadlari keldi. 31 yanvar (13-fevral) ertalab Andijondan va keyinroq Perovskdan qizil askarlar keldilar. «Ulug‘ Turkiston» gazetasida yozilishicha, 31- yanvar tushdan keyin jang harakatlari boshlandi. 15- fevral (eski hisob bilan 2-fevral)da esa shaharda yong‘inlar bo‘ldi. Asosan bolta, cho‘kich, tayoq ko‘targan xaloyiq soni 100000 kishiga yetdi. Ular Qo‘qonni 3 kun mudofaa qildilar. Muxtoriyatda ham ziddiyatlar kuchaydi. Hukumat a'zolarining bir qismi Qo‘qon yangi shahar bolsheviklari yuborgan ultimatum asosida muzokarani davom ettirishni yoqlab chiqdi. Muzokaralar 30 yanvar (12 fevral)da boshlangan bo‘lib, muxtoriyatchilar bolsheviklarga o‘z talablarini bayon qilishgan edi. Qo‘qon revkomi qonuniy hukumatning qal'ani bo‘shatish haqidagi talabiga rozi bo‘lmagach, u o‘z-o‘zidan to‘xtab qoldi. 17-fevralda bolsheviklar qayta muzokara boshlashni taklif qildilar. Muxtoriyat rahbarlarini sovetlarga topshirish talabini Muxtoriyat rad qildi.
18-fevralda bolsheviklar Muxtoriyat hukumati sovet hokimiyatini tan olishi va unga bo‘ysunishi, milliy qo‘shinni tarqatib yuborishi kerak, degan yangi talablar qo‘ydilar.
18-fevralda M.Cho‘qaev hukumati ulamochilar tazyiqi bilan iste'foga chiqdi. Vazirlarning ba'zilari Qo‘qonni tark etdi. Hukumatning boshqa a'zolari bolsheviklar tomonidan keyin qo‘lga olindi. Qo‘qon shahar mirshablari boshlig‘i Kichik Ergash 18 fevraldan boshlab amalda Muxtoriyat hukumatining rahbariga aylandi.
Turkiston harbiy komissari ye. Perfilev boshchiligida 11 eshelon Qo‘qonga keldi. Qizil askarlar 3 kun to‘plardan yondiruvchi snaryadlar otdi. Muxtoriyat qo‘shinining tirik qolgan qismi shahardan chiqib ketdi. Turkiston Muxtoriyati ag‘darildi. Faqat Qo‘qonning o‘zida uch kun davomida 10 ming kishi o‘ldirildi. Qo‘qon shahri butkul vayronaga aylantirildi. «Ulug‘ Turkiston» gazetasi, «20 (7)- fevral Ho‘qand (Qo‘qon) tarixining eng dahshatli kuni edi. Armanlar ayricha faoliyat ko‘rsatganlar...».deb maqola e'lon qilingan edi. Bu maqola «Xo‘qand hozir o‘liklar shahri» degan ibora bilan tugaydi.
1918 yil 22(9)- fevralda Qo‘qon shahridagi Rus-Osiyo bank binosida «tinchlik shartnomasi» imzolandi. Uning 2- moddasida: «Aholi o‘lka Xalq Komissarlari Soveti hokimiyatini va barcha mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi», deb yozildi.
Turkiston Muxtoriyati 72 kun umr ko‘rdi. 1918 yil bahorida avval Farg‘ona vodiysida, so‘ngra butun Turkistonda Sovetlarga qarshi qurolli harakat boshlandi.
Jadidlarning boy tarixiy merosida milliy g‘oya va milliy mafkura alohida o‘rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo‘lib qolmasdan, u avvalo siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o‘z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo‘lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.
Jadidlarning milliy g‘oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib qo‘yilgan edi: a) xalqimizni dunyoning ma'rifatli millatlari darajasiga ko‘tarish; b) Turkistonda milliy-demokratik davlat qurish.
Jadidlarning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan.Chunki millat ma'rifatli bo‘lishi uchun o‘z yo‘li bilan o‘zgalarga tobe bo‘lmay rivojlanishi lozim. Buning uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm-ma'rifatni puxta egallashi kerak edi. Jadidlar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Bu kurash jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qiladi. Ota yurt — Turkistonga nisbatan cheksiz mehr muhabbat tuyg‘usi, uning kelajagi haqida o‘ylar, Vatanning taraqqiyot yo‘llari rejasini tuzish, Sharq an'analarini birlashtirish jadidlarni bu yo‘lga undagan muhim omillar hisoblanadi. Turkistondagi milliy harakatning asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy «Oyna» jurnalida quyidagicha yozgan edi: «Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmay turg‘onlarni «qul-marquq» derlar». Bu so‘z keyinchalik mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov tomonidan «manqurt» nomi bilan qayta kashf etildi. Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar ziyolilarning asarlarida milliy g‘oyaning asosiy bo‘g‘mi — Turkistondagi barcha mahalliy xalqlarni birlashtirish g‘oyasi qizil ip bo‘lib o‘tganligini ko‘ramiz. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko‘rsatgan edi: «Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga qadam qo‘ysak, ziyoh va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamolarimiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo‘lmaymiz».
Milliy taraqqiyparvarlar g‘oyasining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri tarixiy ongni rivojlantirish, tarixdan saboq chiqarish bo‘lgan. Abdurauf Fitrat 1917 yilda bu haqda shunday yozgan edi: «Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir».
Jadidlar faoliyatidagi bu o‘ziga xos milliy g‘oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy ozodlik kuchlari yo‘lboshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi. Biroq 1917-yildagi voqyealar jarayoni, «Rusiyada bosh ko‘targan yangi bir balo — bolshevik balosi» kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib yubordi. Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan «Haq olinur, berilmas!» shiori butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o‘rnatish uchun parlament yo‘li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimi qaror topdi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling