Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi
Download 17.79 Kb.
|
Taqriz boburnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’ychiyev Shaxzod Islom oglining “Boburnoma” Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid muhim manba
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi PhD O.Bobur
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi” kafedrasi 4-kurs kechki yo‘nalish talabasi To’ychiyev Shaxzod Islom o'g'lining “Boburnoma” Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid muhim manba sifatida mavzusidagi kurs ishiga TAQRIZ Bobur va uning “Boburnoma” tarixiy asariga doir tadqiqotlar har doim muhim sanalgan. Talaba To’ychiyev Shaxzod Islom o'g'lining “Boburnoma” Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid muhim manba mavzusidagi kurs ishi muhim mavzularidan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu mavzu doirasida ko‘plab ilmiy risola va adabiyotlar, elektron kutubxonalarda katta ma’lumotlar bazasi mavjud bo‘lib, talaba ular asosida mavzuni yoritib berishga intilgan. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishining birinchi bobi Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarining yaratilish tarixi deb nomlanib, ushbu bobda Z. M. Bobur va “Boburnoma” asarining vujudga kelishi tarixi va bu voqealarning manbalarda va ilmiy adabiyotlarda yozib qoldirilgan ma’lumotlar tahlil etilgan, yoritib berilgan. Kurs ishining ikkinchi bobi “Boburnoma” asari Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid muhim manba deb nomlanadi. Ushbu bobda Markaziy Osiyo xalqlarining XV asr oxiri va XVI asrda ro’y bergan voqea-hodislar tafsiloti, etnografik va boshqa muhim tarixiy ma’lumotlarning mohiyati yoritib berilgan. Ushbu ishni o‘qish jarayonida Bobur va uning “Boburnoma” asarida yoritilgan Temuriylar davri va Shayboniylar o’rtasidagi ziddiyat va nizolar, ularning oqibatlari kabi holatlar o‘rganib chiqilgan. Talaba eng muhim manbalar va ko‘p jildli kitoblardan foydanalib ishning sifatini oshirgan. Temuriylar va Boburning Boburiylar davlati va sulolasi va madanyati tarixiga doir muhim ma’lumotlar o‘rganib chiqilganligi haqida xulosaga ega bo‘lishimiz mumkin. Talaba ushbu mavzu yuzasidan tarixiy asarlardan tashqari ko‘plab adabiyotlarni o‘qish orqali ushbu davr haqida umumiy ma’lumot bera olgan. Kurs ishi doirasida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga ilmiy asoslangan tarzda yondoshgan va reja asosida mavzuni yoritib bergan. Dars ishlanmasini ilova qilgan. Kurs ishida ma’lum bir kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi: Kurs ishida imloviy va uslubiy xatolar mavjud; Kurs ishida adabiyotlar, iqtiboslarni rasmiylashtirishda xatolar mavjud. Xulosa qismi nisbatan kamroq yozilgan, to‘ldirish tavsiya etiladi. Biroq bu kamchiliklar ishning umumiy mazmuniga ta’sir etmaydi. Umuman olganda, ushbu kurs ishi adabiyotlardan unumli foydalanilgan holda yozilgan bo‘lib, uni himoyaga tavsiya etish mumkin. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi PhD O.Bobur Download 17.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling