Markaziy Osiyoda evolutsion g'oyalarning paydo bo'lishi Charlz Darvinning hayoti va ijodi


Evolutsiyaning sintetik nazariyasi


Download 27.68 Kb.
bet4/4
Sana10.02.2023
Hajmi27.68 Kb.
#1186341
1   2   3   4
Bog'liq
Evolutsion ta`limot

Evolutsiyaning sintetik nazariyasi

XX asrga kelib, irsiyat va o'zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizm­lar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o'rganila boshlandi.
Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi sohaiari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo'shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Evolutsiyaning boshlang'ich materiali — mutatsion va kombinativ, rekombina-tiv o'zgaruvchanlik.
2. Evolutsiyaning boshlang'ich hodisasi — mutatsion jarayon.
3. Evolutsiyaning boshlang'ich birligi — populyatsiya.
4. Evolutsiyaning boshlang'ich omillari — populyatsiya to'lqini, genetiko-avto-matik jarayonlar, alohidalanish.
5. Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan.
6. Tur — morfologik, biokimyoviy, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuv-chi jinsiy jihatdan alohidalashgan organizmlardan iborat.
7. Turlar tarkibida kenja turlar, populyatsiyalar uchraydi.
8. Evolutsiya divergent, ya'ni bir ajdod turdan bir nechta yangi turlar kelib chiqishi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan yagona yangi tur paydo bo'lishi mumkin.
9. Evolutsiya asta-sekin uzoq muddatli jarayon bo'lib, bunda turlarning kelib chi­qishi bir populyatsiyaning boshqa yangi populyatsiya bilan almashinishi bilan tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi.
10. Turning asosiy mezoni jinsiy alohidalanish ekanligi e'tiborga olinsa, mazkur mezonni jinsi yaxshi ifodalanmagan organizmlarga nisbatan tatbiq etib bo'lmaydi.
Mikroevolutsiya tur doirasidagi evolutsion jarayondir. Bu haqda so'z yuritilar ekan, awalo evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'lgan populyatsiyani yoritish joizdir.
Populyatsiya — evolutsiyaning boshlang'ich birligi. Har bir turga kiruvchi organizmlar areal doirasida bir xil tarqalmagan. Arealning ba'zi joylarida siyrak, boshqa joylarida esa ular zich joylashgan. Masalan, qayin G'arbiy Sibiming o'rmon-dashtida kichik-kichik daraxtzor holida uchraydi. Bir turga kiruvchi individlaming arealda bir xil tarqalmasligi turli yerlarida hayot sharoitining har xil bo'lishi bilan ifodalanadi.
Populyatsiya deganda, bir tur tarqalgan arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo'lgan, erkin chatisha oladigan, ayrim belgi-xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan individlar yig'indisi tushuniladi.
Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi deyilishiga sabab shuki, u tur doirasidagi mustaqil evolutsion rivojlanish mumkin bo’lgan organizmlarning kichik yig'indisidir. Tur doirasida organizmlar oila, gala, poda bo'lib yashaydilar. Lekin ular uzoq muddat shunday holatda boimay, tezda tarqalib ketishlari mumkin. Shunga binoan ular evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'la olmaydi.
Turning arealda egalla-gan joyiga qarab, unda populyatsiyalar soni har xil boiadi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populyatsiyalar soni ko*p bo'lib, tor arealda tarqalgan turlarda populyatsiyalar soni kam boiadi. Har xil turga kiruvchi populyatsiyalar bir-biridan awalo egallagan areal hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o'simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog'liq.
Chunonchi, tok shilliqqurtining harakatlanishi bir necha o'n metr radiusga, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho'ziladi.
Populyatsiyadagi organizmlar soni ham har xil turlarda turlicha boiadi. Ochiq yer-larga tarqalgan hasharotlar, o'simliklarning ba'zi populyatsiyalarida individlar soni juda oz boiadi. Masalan, uzoq Sharqda tarqalgan yoibars, O'zbekistonda ilvris populyat-siyasi hozirgi vaqtda 300—400 individdan iborat, xolos.

Xulosa
Darvin organik olamning evalyusiyasi tо‘g‘risidagi ta’limotni yaratishda tabiatshunoslikning turli sohalari (sistematika, qiyosiy anotomiya, embriologiya, biogeografiya, paleontologiya va boshqa fanlar) da tо‘plangan ma’lumotlarga, yangi zot va navlar chiqarish sohasidagi kо‘p asrlik seliksiya yutuqlariga hamda о‘zi olib borgan kuzatish, tajriba natijalariga, ilmiy xulosalarga tayandi. U juda kо‘p dalillarga asoslanib, organik olamning evolyutsiyasi hech qanday ilohiy kuch ishtirokisiz amalga oshishi, bu jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar-omillar о‘zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlanish ekanligini kо‘rsatib berdi. Darvinning evolyusion ta’limoti fan tarixida birinchi bо‘lib, biologiya sohasidagi idealistik va metofizik dunyo qarashga qahshatgich zarba berdi va biologiya fani kelgusida ilmiy asosda rivojlanishida zamin yaratdi.
Darvinizm organik olamning tarixiy rivojlanishini va uni idora etishning umumiy qonuniyatlarini о‘rgatuvchi fandir. Darvinizm haqiqiy evolyusion ta’limotidir.
Evolyusiya tabiatdagi turli narsa hodisalarga mansub. Masalan astronomiyada sayyoralarva yulduzlar evolyusiyasi, geologiyada Yer evolyusiyasi, biologiyada esa organik olam evalyusiyasi tо‘g‘risida fikr yuritiladi. Ma’lumki, Yerda hayot azaldan bо‘lmay, bunday 2-3 milliard yil muqaddam, jonsiz materiyadan vujudga kelgan. Biologik evolyusiyani sodir bо‘lish jarayoni va natijasi xilma-xildir. Biologiya evolyusiyasi natijasida populyatsiyalarining genetik tarkibi, moslanishlarning shakllanishi, turlar vujudga kelishi va nobud bо‘lishi, biogeotsenoz hamda biosferaning bir butun holda о‘zgarishi rо‘y beradi. Binobarin, hozirgi zamon darvinizm fani turli darajadagi biologik sistemalarning evolyusiyasi jarayonini о‘rganadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.

  2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991

  3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil

  4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001

  5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.

  6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 g.

Download 27.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling