Markaziy osiyoda faoliyat yuritishga intilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar


Download 336.77 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi336.77 Kb.
#214674
Bog'liq
Bahriddin diniy ekstrimizm

MARKAZIY OSIYODA FAOLIYAT YURITISHGA INTILAYOTGAN DINIY EKSTREMISTIK TASHKILOTLAR Kenjayev Doniyor

“Bugungi kunda, insoniyat qo`lida mavjud bo`lgan qurol-yarog`lar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta havf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim.”


Islom Karimov.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, hozirda dunyoda 500 ga yaqin tеrrorchilik tashkilotlari mavjud bo'lsa, ularning 80 foizini islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi.

O'zlarining bu maqsadlari yo'lida aholini kеng ko'lamda “islomiylashtirish”, ijtimoiy - siyosiy vaziyatni bеqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni kеskinlashtirish, xorijda faoliyat yuritayotgan diniy-ekstrеmistik tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o'rnatish, ular imkoniyatidan guruh jangarilarini tayyorlashda va faoliyatni moddiy-tеxnik ta'minlashda foydalanish kabilarni amalga oshirishga harakat qilishadi.

Bunga yorqin misol sifatida mintaqada harakat qilayotgan diniy-ekstrеmistik tashkilotlarning oxirgi o'n yillik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, “jihodchilar”ning 2004-yilning bahor va yoz oylarida Toshkеnt va Buxoroda o'zini o'zi portlatish usuli bilan tеrrorchilik sodir etishadi,

2005-yil may oyida esa Andijon voqеalarida “Akromiylar” ekstrеmistik guruhining bеgunoh odamlardan «jonli dеvor» sifatida foydalanishadi. Shu bilan bir qatorda, “inson huquqlari” tashkilotlari orqali “Hizbut  tahrir” guruhi a'zolarining go'yoki diniy erkinliklari poymol etilayotgani haqida ma'lumotlar tarqatishlari, “akromiylar”ni jahon ommasiga “musulmon tadbirkorlar”, “xalq vakillari” sifatida tanitishga urinishlari orqali axborot kurashida ham faol ishtirok etishib o'zlarini “bеg'araz” tashkilotlar sifatida ko'rsatishga urinishmoqda.

“Al-Qoida” (Asos,Baza)


1988 yilda Usoma-bin Laden tomonidan tuzilgan. Tashkilotning o`zagi Afg`onistondagi jangovor harakatlarda ishtirok etgan arablardan iborat bo`lgan. 1990 yil o`rtalarida xalqaro terrorchilik tuzilmasiga aylandi. Al-Qoidaning jangarilari ko`plab xalqaro terrorchilik xarakatlariga aloqadordir.

“Musulmon birodarlar”


Butun dunyoda islomiy bo`lmagan hukumatlarni ag`darib, “buyuk islom xalifati” tuzishni maqsad qilib qo`ygan. Uning faoliyati qator Yaqin Sharq mamlakatlari (Suriya va Iordaniya)da taqiqlangan. Faoliyatining asosiy ko`rinishlari diniy kelishmovchiliklarni avj oldirish, har qanday hududda harbiy jihod e`lon qilish.

“Lashkari Toiba”


Pokistondagi harbiylashgan, ekstremistik vahhobiylar guruhi. Maqsadi Jamma va kashmir viloyatlarini Pokistonga qo`shib olish, Xindiston hududida johid harakatlarini yoyish. Turli terrorchilik tahskilotlariga moliyaviy ko`mak berish, uning o`quv markazlarida pokistonlik, afg`onistonlik, sudanlik yo`riqchilar rahbarligi ostida 500 nafardan ziyod jangarilar tyyorgarlik ko`rgan.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 336.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling