Markaziy osiyolik diniy mutafakkirlarining ma`naviy merosi


Download 159.29 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2023
Hajmi159.29 Kb.
#1094861
1   2
Hakim Termiziy IX asrda yashab faoliyat ko’rsatgan. Tarix, Islom falsafasi, fiqh va tasavvuf sohasida bir qancha asarlar yozib qoldirgan mashur olim, Hakimiya nomli darvishlik tashviqotining asoschisi. 1’’Kitob an-nahj’’ (yo’l-yo’riq kitobi), “Kitob al-furuq ” (Kattiq qo’rquvchi uchun kitob yoki farqlar kitobi) 3.”Xatm al-viloyat” (valiylik xatmi-muhri), 4.”navro’znomai” asarlarida muchal yili hisobi bilan dehqonchilik ziyorat ishlari, tabiiy ofatlar, ob-havo sharoitlari, farovonchilik masalalari, tug’ilish va vafot etish masalalarini yoritgan.
Al-Matrudiy - Islom dinining nazoriy(usul ad-din), fiqh asoslari va manbalarini o’rganadigan (ilm usul- al-fiqh) sohasi bo’yicha hanafiya mazhabining yirik faqihi(qonunshunosi), kalom ilmida yangi bir yo’nalish – maktab yaratgan yirik alloma. Samarqand yaqinidagi Moturid mahallasida 870 yilda tug’ilgan. Samarqandda hanafiya mazhabi qonunshunoslaridan fiqh ilmini o’rgandi. Matrudiy Qur’on tafsiri, kalom, fiqh ilmi usullari sohasida bir qancha kitoblar yozib qoldirgan. Ulardan: “Kitob al-usul”(fiqh asoslari kitobi), “Kitob ta’vilot al-Qur’on”(Qur’on tafsiri), “Sharh Fikh al-Akbar”, “at-Tavhid”(xudoning yagonaligi haqida), “Kitob al-maqolat”(maqolalar kitobi), “Ma’kuz ash-shari’” (qonunshunoslikdagi yetishmovchilik) asarlarini yozgan.  
Matrudiy kalom sohasida ixtiro etgan ta’limoti keyinchalik “Matrudiya” nomi bilan shuxrat topgan va Mavorounnahrda keng tarqalgan, uning asarlarida qarmotiylar, ravofiziylar, mu’taziliylar ta’limotlari rad etilgan.
2. Islom dini O’rta Osiyoga keng tarqalgandan keyin ilm fan tarraqqiyotiga ijobiy ta’sir etgan va ko’plab jahonga mashhur aniq fanlar olimlari, tarixchilar, tilshunoslar, adib va shoirlar yetishib chiqqani va bular jahon fani va madaniyatiga ulkan hissa qo’shganlarini yuqorida aytib o’tdik. Markaziy Osiyolik din olimlari Islom dinini o’rganish, Qur’on va hadislarini ta’lqin qilish va ommaga yetkazib berish sohasida arablar qila olmagan ishlarni bajardilar va Islom olamini hayratga qoldirdilar. Bu haqda yuqorida aytib o’tdik.
 
Islom dini Markaziy Osiyoga tez tarqalib, xalq hayotining hamma sohalariga keskin ta’sir eta boshladi. Ibodat qiluvchilar soni kundan-kun ko’payishi va Islomni o’rganish uchun qiziqish ortib bo’rishi bu yerda masjid va madrasalar qurilishini rivojlantirib yubordi. Islom yo’lida jonbozlik qilgan va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan muhaddis, mufassillar va ayrim hukmron shaxslar qabriga maqbaralar qurish avj olib ketdi. Xalq me’morlari va ustalari IX asrdan boshlab yaratgan buyuk me’morchilik va san’at obidalari hozirgacha faqat bizni emas, balki minglab horijdan keladigan mehmonlarni ham o’ziga jalb qilmoqda.
Markaziy Osiyoda bunyod etilgan butun arxitektura va san’at obidalari Islom dini tufayligina bunyod etilgan, Rossiya va Yevropa mamlakatlarida esa xristianlik dini tufayli cherkovlar vujudga kelgan.
Orta Osiyodagi Islom bilan bog’liq bo’lgan arxitektura va san’at obidalari XX asrgacha bunyod etildi va xalq ularni imkon boricha avaylab, ilm dargohi, ziyoratgoh, muqaddas joy deb saqlab keldi. Masjidlarga ibodat qilingan bo’lsa, madrasalarda bir yo’la uch tildan (arabcha, forsiy va o’zbek) ta’lim olib, zamonasining ilg’or ziyolilari bo’lib yetishdilar.
Masjid – arabcha “Sajada” egilish, itoat etish, sajda qilib yuzini yerga tegizish. Ya’ni ibodat qilinadigan joy ma’nosini bildiradi. Mahallalardagi masjidlar shu yer aholisi kundalik namoz o’qish uchun, jamoa masjidlari esa kundalik namoz bilan birga juma va hayit namozlari uchun mo’ljallangan va ularga shaharni markazidan eng yaxshi joylar ajratib berilgan. Ba’zi masjidlar qoshida boshlang’ich maktab bo’lib, bolalar o’qitilgan. Masjidlar diniy targ’ibot vazifasini o’tagan bo’lsa ham, ularda turli masalalar ham hal etilgan.
Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, Islom mamlakatlarida juda katta, hashamatli masjidlar qurilgan, ular minng yillar davomida saqlanib kelmoqda: Makkadagi Masjid ul-haram, Baytul muqaddas (Ierusalim)dagi masjid ul-aqsoq, Madinadagi Payg’ambar masjidi eng yirik masjidlardir.
Yirik, hashamatli masjidlar Bog’dod, Damashq, istambul, Qohira, Isfahon, Tehron, Buxoro, Samarqand, Xiva va Toshkent kabi shaharlarda ko’plab qurilgan. Masjidlar yonida baland minoralar bittadan to’rttagacha qurilgan. Bular ko’proq masjidning bezagi uchun bunyod etilgan.
Madrasa – “darasa” (arabcha )so’zidan olingan bo’lib, joy nomi, ya’ni dars oladigan, o’qiladigan joy. Madrasalar musulmonlarning o’rta va oily o’quv yurti. Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida hozirgi vaqtda madrasalarda davlat muassasalari hodimlari ham tayyorlanadigan bo’ib ketdi.
Madrasalar dastlab VII-VIII asrlardan islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida paydo bo’ldi. Keyinchalik masjidlar qoshida ilohiyot markazlari tashkil topdi, madrasa deb atala boshladi. IX-XIII asrlarda madrasalar Islom dini tarqalgan mamalakatlarda, jumladan, Markaziy O’siyoda paydo bo’lib, madrasa uchun maxsus binolar qurila boshladi.
Markaziy Osiyo madrasalarida arab va fors tilida yozilgan diniy kitoblar o’rgatilgan. Dastlab fors tilida yozilgan “Avval ilm” kitobi, keyinchalik arab grammatikasi chuqur o’rgatilagan (“Bidon”, “Kofiya” kitoblari asosida) undan keyin “Hidoya”, “Fiqh Kaydoniy”, “Muxtasar viqoya”, “Shahri viqoya” kabi kitoblar asosida shariat aqidalari o’qitilgan.
Madrasalar o’z davridan fan va madaniyat markazi hisoblangan. Ular diniy ta’lim berish bilan birga, dunyoviy bilimlar berilgan asosiy o’quv yurtlari vazifasini o’tagan.
Madrasalar musulmon olamida dininy inshootlar sifatida X-XI asrlarda paydo bo’lgan.
Oktyabr to’ntarilishidan keyin Markaziy Osiyoda masjid, madrasa, maqbara IX-XIX asrlarda qurilgan. Bulardan eng mashhurlari 90ga yaqin bo’lib Markaziy Osiyoda Islom dini ma’naviy me’rosidan darak berib turadi.
Download 159.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling