Markaziy osiyoning umumiy tavsifi turkiston, O`rta osiyo, markaziy osiyo haqida tushuncha


Download 33.74 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2023
Hajmi33.74 Kb.
#1656952
  1   2
Bog'liq
MARKAZIY OSIYONING UMUMIY TAVSIFI TURKISTON


MARKAZIY OSIYONING UMUMIY TAVSIFI TURKISTON, O`RTA OSIYO, MARKAZIY OSIYO HAQIDA TUSHUNCHA


REJA:
1. Turkiston, Turon , O`rta Osiyo atamalariga ta`rif.
2. Markaziy Osiyo tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.
3.Markaziy Osiyo hududidagi Mustaqil davlatlarning maydoni , aholisining umumiy soni va chegaralari haqida.
4. Markaziy Osiyoning geografik o`rni haqida.

Turon, Turkiston, Turkiston gubernatorligi O`rta Osiyo , Markaziy Osiyo kabi atamalarni uchratamiz. Bunday nomlanishlar tarixiy yillar davomida o`z mazmunini topgan bo’lib, ularning birligi tabiiy – geografik o`lka sifatida qo`llanilsa, boshqa birlari siyosiy – ma`muriy atama hisoblanadi. Haqiqatdan ham o`rganilayotgan makon o’z tarixiga ega. Chunki, bu hududda- Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Murg`ob daryolari vodiylarida bizning asrimizgacha va keyingi davrlarda bir necha buyuk davlatlar bo`lgan. Jumladan , Baktriya, Marg`iyona, Xorazm, Sug`diyona, Buyuk Amir Temur imperiyasi, Xiva, Qo`qon xonliklari, Buxoro amirligi va boshqalar, shuningdek , ХVI-ХVII asr boshlarigacha bu hudud bo`ylab Osiyoni Evropa bilan tutashtirib turuvchi “Buyuk ipak yo`li” o`tgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab (dengiz yo`llarining ochiloishi va taraqqiy etishi bilan) “Buyuk ipak yo`li”ning mavqeyi sustlashib ketdi. Natijada bu hududda joylashgan davlatlar dunyo bozoridan asta – sekin uzilib qoldi. Keyinchalik yana bu o`lkaning boy tabiiy resurslari, ma`daniyati xorijiy davlatlarni o`ziga jalb etdi.


Tarixda Amir Temurning “Mulki Turon, millati turk” degan iborasi bor. Bu iborada haqiqat bor, chunki turkiy tillarda so`zlashuvchi xalqlar Evrosiyoning juda katta qismida yashashgan. Shu bilan birga boshqa tilda gaplashuvchi xalqlar bilan birga, doimo aloqada va munosabatda bo`lib kelishgan. Albatta bu ibora o`z davriga xos voqea va mezon hamda mazmunga ega bo`lgan.
Hozirgi kunda Turon bu past tekislikning nomi bo`lib, O`rta Osiyoning shimoliy – g`arbiy va Qozog`istonning janubiy g`arbidagi tekislikdir. Shimoliy -g`arbda Kasbiy bo`yi botig`i, shimolda Ural oldi bukilmasi va Ural bilan chegaradosh, uni G`arbiy Sibir tekisligidan Kustanay soyligi ajratib turadi.
Sharqda markaziy Qozog`iston va Tiyanshanning shimoliy va janubiy etaklari, Pomir tog`lari, janubda Kopetdog` oldi bukilmasi, g`arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Maydoni 1.5 mln km 2.
Turkiston Turonning kunchiqar va kunbotar kengligi bo`yicha chamalanganda naq markazidir. Beruniy Qoshg`ariy, Yassaviylar zamonidayoq Ulug`bek va Boburlar davrida ham Turon so`zi bilan birga Turonzamin va Turkiston iboralari ishlatilgan. Ko`pincha Turkiston deganda butun Turonni, Turon deganda esa butun Turkistonni anglashilgan. Birinchi marta “Turkiston” atamasi mamlakat ma`nosida 539- yili arab xalifaligi vakillari bu hududga kelmasdanoq fors mandalarida uchray boshlagan. Ungacha yurtimiz Turon deb atalgan.
Turkiston- XIX asr va XX asr boshlarida sobiq O`rta Osiyo va Qozog`istonni shuningdek Markaziy Osiyoning Turkiy xalqlar yashovchi qismini o`z ichiga olgan tarixiy geografik oblast bo`lgan. Turkiston shartli ravishda G`arbiy yoki rus Turkistoni (Qozog`istonning janubiy qismi va O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shilib olingan qismi), sharqiy yoki Xitoy Turkistoni (Xitoydagi Sin`szan provinsiyasi tarkibiga kirgan) hamda Afg`on Turkistonni (Afg`onstonning shimoliy qismi)ga bo`lingan. 1867 yili Rossiya imperiyasiga qo`shib olingan G`arbiy Turkiston xududida Turkiston geniral gubernatorligini tashkil qilingan.
1886 yildan rasman Turkiston o`lkasi deb atala boshlagan. Inqilobdan so`ng 1918 yil aprelda g`arbiy Turkiston hududida Turkiston Avtonom Sovet Sosialistik Respublikasi tuzilgan. O`rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishining o`tkazilishi natijasida Turkiston nomi iste`moldan chiqib, O`rta Osiyo termini bilan almashtirilgan.
O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lka. O`rta Osiyo berk havza bo`lib, Yevrosiyo materigining deyarli qoq o`rtasida joylashgan. O`lkaning chegarasi juda murakkab. Shuning uchun ham turli tadqiqotchilar uning chegaralari va umumiy maydonini turlicha belgilaydilar. Jumladan N.L. Korjenevskiy bo`yicha O`rta Osiyoning maydoni 2mln, 213 ming km2 bo`lsa, I.S.Shukenda 2mln 400ming km2 , A.I.Kaminskiyda 2mln 500 ming km2 M.V.Qoriyev bo`yicha 2 mln 687 ming km2 dir. Bu albatta olimlarning o`lkaning shimoliy , janubiy , sharqiy va g`arbiy chekka nuqtalarini qayerdan olishliklari bilan bog`liqdir. Ba`zi bir olimlar O`rta Osiyoning geografik o`rnini belgilashda 4 ta sobiq Ittifoqdosh Respublika;larning hududini e`tirof etishadilar.
Hozirgi kunda O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasining chegaralari ko`pchilik tomoniodan ma`qullangan va o`quv adabiyotlarida aniq berilgan. O`lkaning eng shimoliy nuqtasi 38,8 gradus shimoliy kenglikda , Ayritov yaqinida, bo`lgan Safedkux tog` tizmasi bilan Nishopur tog`lari tutashgan joyda – Xarerud vodiysida (340 shimoliy kenglik) g`arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang`ishloq yarim orolidagi Tupqarag`ay burnida (50,3 sharqiy uzunlik) va sharqiy nuqatasi Savir tog`larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85,6 sharqiy uzunlik) jopylashgan. Shimoldan janubga 2200 km va sharqdan g`arbga 2750 km ga yaqin masofaga cho`zilgan. Uning umumiy maydoni 3300000 kv. km atrofida (I.A.Hasanov, P.N.G`ulomov, T-2002).
Agarda O`rta Osiyoning tabiiy geografik o`lka sifatida olinsa, uning hududida 4 ta Respublika (O`zbekiston ,Turkmaniston, Qirg`iziston, Tojikiston) to`liq joylashgan. Qozog`iston Respublikasining ma`lum qismi shu tabiiy – geografik o`lkadir. Iqtisodiy geografik nuqtai nazardan 5 ta Respublikani umumiy holda O`rta osiyo mamlakatlari deb bo`lmaydi, shuning uchun ham Sobiq Ittifoq davrida O`rta Osiyo va Qozog`iston Respublikalari deb nomlanar edi.
Istiqlol sharofati bilan Mustaqil Respublikalar tarixiy aloqalarni qayta tiklashga o`tdilar. Ona zaminni, tabiiy sharoiti, uzoq tarixi, kelib chiqishi, dini, urf- odatlari , an`analari, maqsadlari rivojlanish imkoniyatlari, muommolari bir bo`lgan qozoq, o`zbek, qirg`iz, tojik, turkman, qaraqalpoq va boshqa halqlar yangi hayot qurishda va o`zaro hamkorlik qilishga kirishdilar.
Respublika raxbarlarining 1993 yil Toshkent va Ashqabotda bo`lib o`tgan yig`ilishida Prezidentimiz I.A.Karimov Respublika nomlarini e`tirof etgan holda ularni umumlashtirib, “Markaziy Osiyo Davlatlari” deb yurutilishini taklif etdi va bunga barcha raxbarlar rozilik bildirdilar. Haqiqatdan ham ushbu zamindagi davlatlarni Markaziy Osiyo davlatlari deb nomlanishi ham iqtisodiy va ijtimoiy, ham tarixiy va siyosiy -ma`muriy jihatdan to`g`ri va asoslidir.
(Biroq Markaziy Osiyo deganda Osiyodagi tabiiy- geografik o`lkani tushunmaslik kerak). Shu jihatdan olgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari atamasi hozirgi kunga kelib ko`pchilik tomonidan qo`llab quvvatlandi va ushbu nom ham fanga va siyosatga kirib bormoqda. Shuni e`tiborga olganda o`quv rejasiga kiritilgan . O`rta Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy geografiyasi kursining nomini “Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy va siyosiy geografiyasi” deb atalishini maqsadga muvofiq va asosli deb o`ylaymiz.
Markaziy Osiyo hududida 5 ta Mustaqil Respublikalar joylashgan bo’lib, ular quyidagiolardir:
Qozog`iston Respublikasi Respublika Markaziy Osiyoning shimolida joylashgan bo’lib, shimolda Rossiya Federasiyasi, janub va janubi –g`arbdan Qirg`iziston , O`zbekiston Respublikalari va Turkmaniston bilan sharq va janubi- sharqda Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Uning maydoni 2,7 mln.kv.km, aholisi 16,5 mln kishi. U maydoni va aholisining umumiy soni bo`yicha MDH davlatlari orasida 2 va 4, hamda MO mamlakatlari orasida 1 va 2- o`rinda turadi.
Tojikiston Respublikasi Mamlakat Markaziy Osiyoning janubi- sharqida joylashgan bo`lib, u shimol va g`arbda O`zbekiston, shimol va shimoli- sharqda Qirg`iziston, sharqda Xitoy, janubda Afg`oniston bilan chegaradosh. Maydoni 143,1 ming kv,km, aholisi 6,0 mln kishi. MO davlatlari orasida maydoni bo`yicha 5-, aholisi bo`yicha 3- o`rinda turadi.
Turkmaniston. U Markaziy Osiyoning janubi, janubi- g`arbida joylashgan.Mamlakat shimol, shimoli sharq va sharqdan O`zbekiston, shimoldan Qozog`iston, janubdan Afg`oniston va Eron bilan chegaradosh. Turkmanistonning g`arbiy chegarasi Kaspiy dengizi bilan tutash. Xududining maydoni 488,1 ming kv,km, aholisi 4,8 mln kishi. (1997) Markaziy Osiyo Respublikalari ichida maydoni bo`yicha 2- , aholisi bo`yicha 4- o`rinda turadi.
Qirg`iziston Respublikasi. Resppublika MO ning sharqida (o`rta qismida) joylashgan bo`lib u shimol va shimoli-g`arbdan Qozog`iston, g`arb va janubiy g`arbdan O`zbekiston, janubdan Tojikiston, sharqdan- Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 198,5 ming kv.km, aholisi 4,6 mln kishi (1997_. Markaziy Osiyo Respubliklalari orasida maydoni jihatdan 4-, aholi soni jihatdan 5- o`rinda turadi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning Markaziy qismida, Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oralig`ida (katta qismi) joylashgan bo`lib, shimoli va shimoli- g`arbda Qozog`iston, sharq va janubi- sharqda Qirg`iziston va Tojikiston, janubi va janubi- g`arbda Afg`oniston va Turkmaniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 448,9 ming kv.km, aholisi 25,1 mln kishi (1 yanvar 2002). Markaziy Osiyo davlatlari ichida maydoni va aholisining soni bo`yicha 3 va 1- o`rinda turadi.
Milliy istiqlol sharofati bilan bu davlatlar o`z Mustaqilligini qo`lga kiritishda va ushbu Mustaqillikni mustahkamlash va bozor iqtisodiyotiga o`tishda o`ziga xos tamoyil va yo`nalishlarini tanlab ish tutmoqdalar.

A D A B I Y O T L A R R O` Y X A T I



  1. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXІ asr bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlariva taraqqiyot kafolotlari” T., “O`zbekiston” 1997.

  2. I.A.Karimov. “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, T., “O`zbekiston” 1998.

  3. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999.

  4. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov. “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. T., “O`qituvchi” 1994.

  5. Z.M.Akramov., A.A.Rafiqov. “Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря”. T., “Mehnat” 1990.

  6. T.J.Jumaboyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Ma’ruzalar matni). Samarqand – 2001.

  7. G`.R.Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg`ulotlar). Angren – 2003.

  8. A.N.Ro`ziyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Termiz – 2000.

  9. A.Soliyev., L.Qarshiboyeva. “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari”. T., 1999.

  10. A.S.Soliyev., E.A.Ahmedov., R.Y. Mahamadaliyev. “Mintaqaviy iqtisodiyot”. T., “Universitet”. 2003.

  11. “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” T., 1998.

  12. I.A.Hasanov., P.N.G`ulomov. “O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi”. T., 2002.

  13. Kalonov B.H. O`RTA OSIYO IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI» FANIDAN MA’RUZALAR MATN

  14. www. Ziyonet.uz


  15. Download 33.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling