Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari
Download 0.55 Mb.
|
1.Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari
Avtomobillarni joriy ta’mirlash. ATK da ishlab chiqarish texnik hizmatlarining eng asosiy vazifasi harakatdagi qismni JT ish hajmini kamaytirish, ishlab chiqarish va materiallar sarf harajatlarini kamaytirishdan iboratdir. Avtomobillarni JT deb, ekspluatatsiya jarayonida paydo bo’lgan ishdan chiqish va nosozliklarni bartaraf etishga aytiladi. Ishdan chiqqan qismlar, agregat va mexanizmlarni tiklash yoki almashtirish, o’z navbatida tekshiruv nazorat qilish, ajratish-yig’ish, sozlash va ustaxonalarda bajariladi.
Avtomobillarni JT ning eng asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - uning ishonchliligini oshirish; - JT tannarxini kamaytirish, ya’ni JT dagi va ishdan majburan qaytib kelishdagi harajatlarni kamaytirishdan iborat. Avtomobillarni JT, ishlab chiqarish, KT va TXK sifatiga bog’liqdir. JT dagi harajatlar, ish hajmiga va ish xarakteriga, diagnostika sifatiga, ta’minotga, ishlash sharoitiga, avtomobil yoshiga, ishlab chiqarish usuli va shakliga, qo’llaniladigan jihozlarga va ish haqini belgilash tizimiga bog’liqdir. Avtomobillarni joriy ta’mirlashning quyidagi turlari mavjud - avtomobillarni ishlash davrida JT - ishdan qaytgan avtomobillarni JT - xaydovchi buyurtmasiga asosan JT - TXK davrida JT TXK ritmini buzmasdan turib JT ishlari kerak bo’lgan hollarda yoki TXK davrida, hamda diagnostikalash natijalariga ko’ra bajariladi Avtomobillarni JT ni avvaldan rejalab bo’lmaydi, bu ehtimoliy bo’lib, uning ish hajmi solishtirma me’yoriy ish hajmi bo’yicha aniqlanadi. Ishlash sharoiti, iqlim sharoiti, avtomobil turi, yoshi va soni ish hajmiga ta’sir etishini hisobga olgan holda solishtirma ish hajmi korrektirovka qilinadi. Bajarilish joyi va ish xarakteri bo’yicha JT ikki qismga bo’linadi: - postlarda bajariladigan ishlar - ustaxonalarda bajariladigan ishlar Postda bajariladigan ishlarga: tekshiruv nazorat, sozlash, qotirish, ajratish-yig’ish kabi ishlar kiradi. Ustaxonada bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat: Agregat ishlari - avtomobillardan yechilgan agregatlarni (dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalari qutisi, rul boshqarmasi, yetaklovchi ko’prik va h.k.) yuvish, ajratish-yig’ish va tashxislashdan iboratdir. Elektrotexnik ishlar - bu ishlar TXK da, JT postlarida va ustaxonada bajariladi. Ustaxonalarda avtomobilni yechilgan va uning o’zida yoki TXK da to’g’rilab bo’lmagan ishlar bajariladi. Elektrotexnik ishlarga: qisqa tutashishlarni to’g’rilash, sim chulg’amlarini qayta o’rash, generator va starter yakorlarini silliqlash kabi ishlar kiradi. Akkumulyator ishlari - ularga batareyalarni zaryadlash va ta’mirlash ishlari kiradi. Bu ishlarni bajarish uchun ayniqsa texnik xavfsizlik va mehnat muhofazasi keng e’tibor berish kerak. Ta’minot tizimi bo’yicha - tekshiruv-nazorat, sozlash va ta’mirlash ishlari bajariladi. Ta’mirlash po’kaklarni germetikligini, ularning oo’irligini aniqlash, diafragmalarni almashtirish, yonilg’i baklarini kavshanlash yoki yelimlash ishlarini o’z ichiga oladi. SHinomontaj ishlari - shinalarni ajratish va yig’ish, disklarni ta’-mirlash, kameralarni yamash, g’ildiraklarni muvozanatlash ishlaridan iborat. Temirchilik ishlari - detallarni qizdirish yo’li bilan tayyorlash, ta’mirlash, ressorlarni qizdirish, puxtaligini oshirib ta’mirlash. Payvandlash ishlari - detallarni payvandlash, teshiklarni yo’qotish, kuzovdan ajralib ketgan qismlarni payvandlashni o’z ichiga oladi. Misgarlik ishlari - radiator, yonilg’i baki va yonilg’i trubkalarini ta’mirlashdan iborat. CHilangar-mexanik ishlari - qotirish detallarini tayyorlash (bolt, gayka, shpilka, shayba va hakazo), payvandlash va kavshanlashdan so’ng ishlov berish, tormoz barabanlarini tekslash, vtulkalar yasash, tsilindrlar blogi va kallagiga ishlov berish kabilardir. Kuzov ishlari - o’z ichiga yog’ochsozlik, armatura, qoplamachilik, tunukasozlik va bo’yoqchilik ishlarini oladi. Avtomobillarni jt tasnifi va ish hajmiga ta’sir etuvchi omillar. JT xarakteriga, harajatiga va ish hajmiga, avtomobillarni ishlash sharoiti, yoshi, haydovchilar va ishchilar malakasi, ATKni texnik qurol-langanligi, bundan tashqari TXK sifati, avtomobillarni saqlash sharoiti, zuriqib ishlashi, ta’mirlashga moyilligi va boshїa omillar ta’sir etadi. JT ishlari sonini va hajmini kamayishi haydovchilarni professional-mahorati bilan chambarchas boo’liїdir. Avtomobillarni yoshi JT ish xajmi va sonini oshishiga bog’liq bo’lib, yurgan yo’li ko’payishi bilan ularning qiymati oshib boradi. TX sifatini oshishi JT ishlarini 2 barobar kamayishiga, sovuq sharoitda avtomobillarni usti yopiq joyda saqlash JT ishlarini 15-40 % kamayishiga imkon yaratadi. O’z vaqtida tashxislash, mayda buzuqliklarni o’z vaqtida bartaraf etish, katta hajmdagi JT ishlarini kamaytiradi. Ishlab chiqarish tnxnik ba’zasi (ICHTB) ning ahamiyati va tutgan o’rni. Avtomobillarga TXK va JT ishlarini o’z vaqtida olib borish, hamda ularni texnik tayyor holda ushlab turishda ATKlar va ularning ishlab chiqarish texnik bazalari katta ahamiyatga egadir. Avtomobillarni tayyor texnik holda ushlab turish, uning puxtaligini oshirish va ishlash qobiliyatini saqlab turish uchun maxsus korxonalar tashkil qilish kerak. Ular avtomobillarni saqlash, ularga TXK, T va ekspluatatsion materiallar bilan ta’minlab turish uchun xizmat qilishi kerak. Bu vazifalarni bajarish va asosiy ishlab chiqarish fandlaridan unumli foydalanish maqsadida ATKlar tashkil qilinadi. ATKlarda harakatdagi qismni texnik tayyor holda ushlab turuvchi va yuqori ishlab chiqarishni ta’minlovchi ICHTB hisoblanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling