Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari


Download 0.55 Mb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1389588
  1   2   3   4
Bog'liq
1.Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari

Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari


Reja:

  1. Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari

  2. MTXKBda bajariladigan ishlar tarkibi va hajmi

3. TXKvaTning rejali-ogohlantiruvchi tizimi vazifalari va asoslari.
4. Mamlakatimizdagi "Avtomobillarga TXK va T xaqida nizom".
5. Xulosa
6. Foydalangan adabiyotlar


Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari
Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalari (MTXKB) har xil ATK, ishlab chiqarish avtotransport birlashmalari va boshqa muassasalar avtomobillariga xizmat ko’rsatadi. Ular mustaqil xo’jalik hisobida bo’lishi yoki birlashma, uyushma, kontsern tarkibida bo’lishi mumkin.
Markazlashgan texnik xizmat ko’rsatish bazalarida bajariladigan ishlar tarkibi va hajmi ATKlarning jihozlanganligiga, ishlash sharoitiga, yaqin o’rnashishiga, avtomobil parki tarkibiga va boshqa omillarga bog’liq.
MTXKB ning texnologik hisobida unga qarashli avtotransport korxonalarining faqat markazlashgan xizmat ko’rsatish turlari hisobga olinadi.
Masalan, 1200 ta Yuk avtomobiliga mo’ljallangan MTXKB andazaviy loyihasida markazlashgan holda 40% – TXK-1, 100 % – TXK-2, 77 % – JT ishlarini bajarish ko’zda tutilgan. KXK va TXK-1 hamda JT ning qolgan ishlari ATKlarning o’zlarida bajariladi.
MTXKB ishlab chiqarish dasturi har qaysi kooperatsiyalash ATKlari dasturidan bir necha marta ortiq bo’lgani uchun TXK va JT da ilg’or texnologik usullar va zamonaviy jihozlarni qo’llash imkoniyati tug’iladi.
MTXKB larida TXK va tashxis ishlari oqim qatorlarida, JT ishlari universal postlarda bajariladi.
Bu korxonaning ish tartibi 2...3 almashinuvga mo’ljallangan bo’lishi lozim. MTXKB tarkibida avtomobilni kutayotgan haydovchilar dam olishi uchun xona, topshirilayotgan va qaytarilayotgan hamda shaxsiy avtomobillar uchun turar joy ko’zda tutilishi lozim.
Ishlab chiqarishning markazlashtirish va kooperatsiyalash tamoyillariga javob beradigan bu korxona ma’lum sharoitda o’zining rivojini topishi mumkin.
Respublikamizda «Toshshaxartransxizmat» uyushmasi tomonidan «Mercedes-Benz», «Isuzu» «Daewoo» transport vositalari uchun tashkil etilgan servis markazlari yuqoridagi MTXKBsining bir ko’rinishidir.
Avtobuslarning ekspluatatsiya boshidan beri yurgan yo’llari taqsimoti tahlili ko’rsatishicha, 98% O405 avtobuslari bir million km dan ortiq, O345 avtobuslarining 78% 500-850 ming km, Connecto Low Floor avtobuslarining 80% 0-250 ming km yurgan.
Mercedes-Benz avtobuslarining servis xizmati ko’rsatish me’yorlari ishlab chiqaruvchi yo’riqnomasi va muayyan sharoit uchun maxsus tadqiqotlar natijasida tezkor to’g’rilash usuli bilan aniqlangan.



Avtotransportchiarning asosiy vazifalari avtomobillarni ishga yaroqli holda ushlab turish, ishdan chiqishini oldini olish va yuzaga kelgan nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf etishdan iboratdir. Bunda TXK ning asosiy vazifasi avtomobillarni ishdan chiqishini oldini olish bo’lsa, JT ning vazifasi ish davrida kelib chiqqan nosozliklarni bartaraf etishdir. MDX da ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarga TXK va ularni JT reja asosida bajarilib kelgan va bajariladi, bu o’z navbatida TXK va JT tizimini tashkil etgan holda, bir-biriga bog’liq bo’lgan Nizom va me’yorlar, hamda TXK va JT ishlarining tartibini aniqlab beradi.


Avtomobillar soniga karab avtoekspulatatsion korxonalar kuyidagilarga bulinadi:
■ avtotransport korxonalari (tarkibida 100-500 avtomobillar);
■ avtokombinatlar (tarkibida 800-1500
avtomobillar);
■ ishlab chikarish avtotransport birlashmalari (sha^ar va viloyatlarda 600 dan 3000 gacha avtomobillar).
Avtomobillar bosh korxona (kompleks) va shu’balardan tashkil topadi. SHu’balarda TX-2 va katta hajmdagi JT ishlari utkazilmaydi. Ular bosh korxonalarda bajariladi.
Korxonalar uz navbatida avtomobil turiga karab kuyidagilarga bulinadi.
1.Yuk.
2. Avtobus.
3. yengil
4. Aralash
5. Maxsus 


Aksariyat mamlakatlardagi kabi respublikamizda ham avtomobil transportiga TXK va JT ning rejaviy-ogohlantiruvchi tizimi qabul qilingan bo’lib, unga quyidagi talablar qo’yiladi:


a) moddiy va ishlash harajatlarini kam sarflagan holda avtomobillarni ekspluatatsion xususiyatlarini saqlab turish;
b) TX va JTni rejalay va tashkil eta oluvchi rejaviy-me’yoriy tasnifga ega bo’lishi;
v) barcha avtomobil ekspluatatsiyasi korxonalari uchun majburiyligi;
g) barcha muxandis-texnik xodimlar uchun konkret va anglash mumkinligi;
d) ishlash sharoitiga qarab konkret me’yorlarni bir maromdaligi va egiluvchanligi;
ye) avtomobillarni har xil sharoitda ekspluatatsiyasini hisobga oluvchanligi.
TX va JT ishlarini tashkil etish va uning me’yoriy asoslari Respublikada "Avtomobil transporti harakatdagi qismiga TXK va JT Nizomi" bo’yicha bajariladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling